Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari


Dengiz tipritikanlari (Echinoidea) sinfining ichki tuzilishi


Download 464.85 Kb.
bet63/87
Sana19.06.2023
Hajmi464.85 Kb.
#1608881
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87
Bog'liq
Zoologiya fanidan savollar

115. Dengiz tipritikanlari (Echinoidea) sinfining ichki tuzilishi.
Dengiz tipratikanlari (Echinoidea) — ninaterililar sinfi. Tanasi sharsimon, disksimon yoki yuraksimon, sirtdan juda koʻp nina va peditsellariyalarga ega boʻlgan sovut bilan qoplangan. Ayrim jinsli, tuxumini suvga tashlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi — exinopluteus erkin suzib yuradi. Ayrim turlari tirik tugʻadi. Koʻpchilik toʻgʻri D. t. (ogiz teshigi tanasining ostki tomoni oʻrtasida joylashgan) maxsus chay nov apparati — aristotel fonari tishchalari yordamida toshlarga yopishgan suv oʻtlarini qirib olib oziklanadi. Notoʻgʻri D. t.da (ogʻiz teshigi tanasining ostki yuzasi oldingi qismida joylashgan) aristotel fonari boʻlmaydi, suvdagi detrit bilan oziklanadi.
116. Bir hvjayralilar filogeniyasi.
Bir hujayrali hayvonlar haqiqiy ixtisoslashgan organoidlar va yadroga ega bo’lgan eukariot organizmlar. Bu jihatdan ular prokariotlardan farq qiladi. Shuning uchun ularni hujayrani paydo bo’lishiga qadar uzoq davom etgan organik olam evolyutsiyasi natijasida kelib chiqqan.
Hayvonat dunyosi evolyutsiyasida bir hujayrali hayvonlar eng avval paydo bo’lgan tuban tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida bu hayvonlarning tuzilishi tobora murakkablasha borgan. Xilma-xil yashash muhitiga mislanish natijasida turlar soni ham orta borgan. Bir hujayralilarning (masalan, infuzoriyalarning) progressiv rivojlanishi hozir ham davom etmoqda.
A.I Oparinning yerda hayotnnng paydo bolishi haqidagi gipotezasida organik moddalar tirik organizmlar paydo bo’lishidan oldin nobiologik yo’l bilan sintez bo’lganin ta’kidlagan. Dastlabki organizmlar atrof-muhitdagi organik moddalarni diffuziya yo’li bilan qabul qilib oziqlangan bo’lishi kerak. Shunga binoan xivchinlilar va sarkodalilar juda sodda tuzilgan, hozirgacha saqlanib qolmagan eng tuban tuzilishga ega bo’lgan geterotrof eukariot organizmlardan kelib chiqqan.
117. Parazit nematodalar eng muhim vakillarining ekologiyasi
Qiyshiqbosh yoki egribosh nematoda (Ancylostoma duodenale) odamlarning 12 barmoqli ichagida parazitlik qilib yashaydi. Parazitning bosh qismi egilgan, qiyshiq bo’lib, unda rivojlangan og’iz kapsulasi joylashgan. Og’iz bo’shlig’ida o’tkir plastinka yoki juda kichik ilmoqchalarga o’xshash "tish"lari bo’lib, ular yordamida parazit o’z xo’jayini ichagi shilliq pardasiga yopishib qon so’rib oziqlanadi. Qon so’rgani uchun ham parazitning rangi qizg’ish bo’ladi. Ular ayrim jinslidir. Urg’ochisining tana uzunligi 10-18mm, erkaklariniki esa 8-10 mm atrofida bo’ladi. Erkagining orqa uchida bursa va spikula joylashgan. Qiyshiqbosh nematoda geogelmintdir.
Umuman, egribosh nematoda tug’diradigan kasallik ankilostomoz deb atalib, rasmiy ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida bu kasallik bilan 500 mln.ga yaqin odam kasallangan. Bu kasallik MDH mamlakatlarida Kavkaz ortida, Qozog’iston va O’rta Osiyo respublikalarida yashovchi aholi o’rtasida ham uchraydi. O’zbekistonda esa Toshkent, Sirdaryo, Andijon, Farg’ona, Buxoro viloyatlarida uchraydi. Egribosh nematodalar odam ichagida 2 yildan 5-8 yilgacha yashashi mumkin. Bu kasallikning oldini olish uchun avvalo, egribosh nematodalar uchraydigan joylarda oyoq yalang yurmaslik, yerda va o’t ustida yotmaslik, nematoda lichinkalarini ichadigan suvga va ovqatga tushishiga yo’l qo’ymaslik, ankilostomoz tarqalgan tumanlarda aholi o’rtasida muntazam ravishda degelmintizasiya o’tkazish, odam axlatining tashqi muhitda tarqalishiga yo’l qo’ymaslik, iste’mol qiladigan sabzavot va ko’katlarni qaynoq suvda yuvish, hovuzdagi suvlarni qaynatib ichish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.
Qilbosh nematodaning tuzulishi va rivojlanishini o’rganish. Trichocephalus trichiurusning bosh tomoni uzun qilga o’xshash ingichka bo’ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo’g’onlashib boradi. Q. N.lar asosan, odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Ular ayrim jinsli, erkagining uzunligi 30-40 mm bo’lib, orqa uchi spiral kabi buralgan bo’ladi. Urg’ochisining uzunligi 30-50 mm keladi. Q. N.ning oldingi uchida og’iz bo’shlig’i va qizilo’ngach joylashgan. Tananing kengaygan orqa qismida esa o’rta va orqa ichaklar, orqa chiqaruv teshigi va jinsiy organlar sistemasi joylashgan. Q.n.lar bosh qismini o’z xo’jayini ichak devorining shilimshiq qavatiga sanchgan holda qon bilan oziqlanib yashaydi. N.ning urug’langan tuxumlari xo’jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum yetarli namlik va harorat bo’lgan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta urg’ochi qilbosh nematoda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo’yadi. Qulay sharoitda tuxum 20-30 kunda yuqumli holatga keladi.



Download 464.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling