Zoologiya fanidan savollar: Zoologiya fanini tekshiradigan ob’ektlari
Gidraning tuzilishi, hujayra elementlari va ularning funksiyasi
Download 464.85 Kb.
|
Zoologiya fanidan savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 160.Sifoid meduzalar sinfi, tuzilishininig asosiy xususiyatlari.
159Gidraning tuzilishi, hujayra elementlari va ularning funksiyasi.
Gidralar (Hydrida) — boʻshliqichlilar tipiga mansub umurtqasiz hayvonlar turkumi. Koʻpincha yakka, baʼzan vaqtincha koloniya hosil qilib yashaydi. Skeleti yoʻq. Tanasi xaltaga oʻxshash, ichi kovak. Uzunligi 3 sm gacha. Tanasining ostki yassi tovonga oʻxshash tomoni bilan suvdagi narsalar (toshlar, usimliklar, mollyuskalar chigʻanogʻi va b.)ga yopishib oladi, tovoni urtasida torgina teshik bor. Tanasining yuqori uchida joylashadi ogʻiz teshigi paypaslagichlar (4-20 ta) bilan oʻralgan. Tana devori tashqi — ektoderma va ichki — endodermadan iborat. Bu ikki qavatni yupqa tayanch plastinka (mezogleya) parda ajratib turadi. Ektodermada, ayniqsa paypaslagichlarda kuydirish xususiyatiga ega boʻlgan juda kup otuvchi hujayralar buladi. Ular yordamida gidralar dushmandan himoyalanadi yoki siklop va boshqa mayda jonivorlarni tutib oladi. Gidralar yil fasllariga qarab jinssiz (kurtaklanib) yoki jinsiy usulda koʻpayadi. Ular meduza hosil qilmaydi. Ayrim jinsli yoki germafrodit. Germafrodit gidralarda erkaklik va urgʻochilik jinsiy bezlari tanasining turli qismlarida hosil buladi. Gonadasida faqat bitta tuxum hujayra yetiladi. Tuxum hujayra tanasida urugʻlanadi. Urugʻlangan tuxum hujayra oʻz atrofiga qalin pust ishlab chiqarib sistaga aylanadi va qishlab qoladi. Qishda ona gidralar nobud boʻladi. Bahorda esa zigotadan yosh gidralar rivojlanadi. Gidralarning 10 dan ortiq turi chuchuk suvlarda yashaydi. Chuchuk suv havzalarida asosan oddiy, yaʼni poyachasiz gidra (Hydra vulgaris), poyachali, yaʼni qoʻngʻir gidra (Pelmatohydra oligactis), qorongʻi joyda yashay olmaydigan yashil gidra (Chlorohydra viridisisima) va boshqalar uchraydi. 160.Sifoid meduzalar sinfi, tuzilishininig asosiy xususiyatlari. Ssifomeduzalar (Scyphozoa) -boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlar sinfi. Tanasi birmuncha tiniq shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga oʻxshash, erkin, yakka yashaydi. Ogʻiz teshigi soyabonining ostki tomoni markazida joylashgan. Oshqozoni chala toʻsiqlar yordamida toʻrtta kameraga boʻlingan. Ogʻiz teshigi atrofida va soyaboni chetida juda kup paypaslagichlari bor. Meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzadi. S. yirtqich, qar xil plankton organizmlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlari ayrim jinsli. Hayot siklida jinsiy meduza va jinssiz polip davri gallanib turadi. Jinsiy bezlar oshqozon kameralari devorida joylashgan. Yetilgan tuxumlar va spermatozoidlar ogiz teshigi orqali suvga chiqadi. Tuxum hujayralari suvda urustanadi. Uruglangan tuxumdan erkin suzuvchi kiprikli planula lichinka chiqadi. Lichinka substratga yopishib, mayda polip ssifistomni hosil qiladi. Ssifistom koʻndalang kurtaklanib efiralarga, efiralar esa yosh meduzalarga aylanadi. S. ning hayoti, asosan, meduza davrida oʻtadi. Polip davri juda kiska. S. meduzasi yirik (soyabonining diametri 1 sm dan 2 m gacha), poliplari mayda (balandligi 1–3 mm). 200 ga yaqin turi 5 ta turkum (koronatalar, diskomeduzalar, kubomeduzalar, stavromeduzalar, ildizogʻiz meduzalar)ga boʻlinadi. Deyarli barcha dengizlarda aureliya meduzasi, yaʼni dengiz likopchasi uchraydi. Ayrim S. (mas, iddizogʻiz meduza, xrizopsalmus, qutb meduzasi) paypaslagichlarida joylashgan otuvchi hujayralari suyuqligi zaharli boʻlib, "kuydirish" xususiyatiga ega. Avstraliya qirgʻoqlari yaqinida uchraydigan xrizopsalmus meduzasi odam uchun ayniqsa xavfli. Download 464.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling