165.Nematodalar sinfi, tashqi tuzilishi va teri-muskul xaltasi.
NEMATODALAR (Meloidogyne) — oʻsimliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar oilasi. Erkagi ipsimon, uz. 1,2—1,9 mm, urgʻochisi noksimon, uz. 0,8–1 mm. Turli oʻsimliklarning yer ostki qismida parazitlik qilib, shish (boʻrtma) paydo qiladi. Poliz (qovun, qovoq, tarvuz), sabzavot (kartoshka, bodring, pomidor, sabzi), texnika ekinlari (kanop, ayrim joylarda gʻoʻza)ni ayniqsa kuchli zararlaydi. Urgʻochi nematodalar maxsus tuxum xaltasi (ooteka)ga yil davomida bir necha yuztadan 2000 gacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan lichinkalar tuproqqa chiqib, yosh ildizlarga kirib oladi. Boʻrtma nematodalar taʼsirida oʻsimlikning nematodalar bilan zararlangan joyida diametri 4 mm dan bir necha sm (baʼzan 25—30 sm) gacha boʻlgan boʻrtmalar paydo boʻladi. Zararlangan oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishi sekinlashadi, issiq yoz paytlari soʻlinqirab turadi yoki butunlay qurib qoladi. Boʻrtma nematodalar ning Yer yuzida 60 dan ortiq turi, shu jumladan Oʻzbekistonda 5 turi (janub, yavan, arahis, gʻoʻza, shimol Boʻrtma nematodalar ) ekinlarga ziyon keltiradi. Kurash choralari: tuproqni haydab oftob taftida quritish, Boʻrtma nematodalar ga chidamli ekin navlarini ekish, almashlab ekish, tuproqni oftob taftida quritish, issiqxonalarda tuproqni bugʻlash.
166.Odam va hayvonlarning parazit nematodlalari.
Nematodozlar — odam va hayvonlarda yumaloq gijjalar — nematodalar qoʻzgʻatadigan invazion kasalliklar (gelmintozlar). Parazitlar barcha turdagi umurtqalilar organizmining koʻpgina aʼzo va toʻqimalarini (aksariyat ovqat hazm qilish aʼzolarini) shikastlaydi. Hayvonlar nobud boʻladi yoki mahsuldorligi kamayadi, bu bilan N. chorvachilikka katta ziyon keltiradi. Qulay iqlim sharoiti (harorat, namlik, oraliq xoʻjayin boʻlishi, chorva mollarini saqlash qoidalariga rioya etmaslik, shuningdek, ularni davolash va profilaktika qilish tuzuk yoʻlga qoʻyilmaganligi) N. rivojlanishiga imkon beradi. Kattalarga nisbatan bolalar koʻproq kasallanadi va ularda kasallik ogʻir kechadi. Odam, parazitning yetuk tuxumlari meʼda-ichak yoʻliga yoki lichinkalari teriga tushganda zararlanadi. N.ning quyidagi turlari farqlanadi: askaridoz, ankilostomidoz, enterobioz, trixotsefalyoz, trixinellyoz va boshqa
Boshqa gelmintozlarga oʻxshash N. ham, asosan, ozodalikka eʼtibor bermaslik oqibatida kelib chiqadi
Do'stlaringiz bilan baham: |