Gijjalar (glistlar)ga qarshi guruhdagi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
Download 72.5 Kb.
|
Gijjalar (glistlar)ga qarshi guruhdagi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nematodozlarga qarshi dorilar.
- Farmakodinamikasi.
Gijjalar (glistlar)ga qarshi guruhdagi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi Ichak nematodoz (askaridoz, enterobioz, trixotsefalez, strongiloidoz, ankilostomidoz va nekatoroz)lariga, setodoz (difillobotrioz, gimenolepidoz, tenioz va teniarinxoz)larga va ichakdan tashqarida parazitlik qiluvchi trematodoz (oggastorxoz, klonorxoz, fassiolez) larga qarshi ishlatiladigan dorilar farqlanadi. Nematodozlarga qarshi dorilar. Nematod (dumaloq chuvalchanglar): askaridalar, ostritsalar, qilbosh, ichak ugritsasi, ankilostoma, nekator deb nomlangan chuvalchanglar guruhi bo‘lib, bulardan tozalanish maqsadida: levamizol (dekaris), mebendazol (vermoks), ditiazanin (telmid) va pirantela pamoat (kombantrin) nomli dorilar ishlatiladi. Farmakodinamikasi. Dumaloq gijjalarga qarshi yshlatiladygan Dorylar Sianin bo‘yoqlariga Kiruvchn moddalar bo‘lib, ular gijja tanasida to‘qima nafasini buzadi, ATF hosil bo‘lishini kamaytiradi, shu sababli gijjalar mushaklarini falajlaydi. Dumaloq gijjalar klinikasida oshqozonichak faoliyatining buzilishi, allergik reaksiyalar va kamqonlik kuzatiladi. Shu sababli dori tanlash, axlatda qaysi gijja topilishiga qarab bo‘ladi. 1) levamizol askaridozda yaxshi natija beradi. Uni ovqatdan oldin bir marta beriladi. Kerak bo‘lsa, 1 haftadan keyin davolashni qaytarish mumkin. 2) mebendazol — enterobioz va trixotsefalezda tavsiya qilinadi. Bir marta (ba’zan 2—3 kun davomida) beriladi. Davolash kursini 2 va 4 haftadan keyin takrorlash mumkin. 3) Ditiazanin strongiloidoz va trixotsefalezda yaxshi natija beradi, ovqatdan keyin 2 marta 5—10 kun davomida beriladi. 4) Pirantela pamoat — ankilostomidoz va nekatorozlarda yuqori samarali. Ovqatdan keyin bir marta 2—3 kun beriladi. Farmakokinetikasi. Yuqorida nomi keltirilgan dorilar oshqozonichak tizilmasidan amalda so‘rilmaydi. Gijjalar buzgan ichak devoridan dorilar qonga tushishi mumkin. Ditiazanin gepatoksik ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Dorilar buyraklar orqali chiqariladi, ditiazanin siydikni havo rangga bo‘yaydi, bunday hollarda dori berishni to‘xtatish kerak. Bu dori axlatni yashil havoradg yoki ko‘k rangga bo‘yaydi. Bular ishlatilganda bemor parxezga amal qilishi, surgi ichishi shart emas. Salbiy ta’sirlari. 1) dispeptik buzilishlar; 2) bosh og‘rishi; 3) bosh aylanishi, bo‘shashish, uykusirash; 4) bachadon mushaklarining tonusi kuchayishi mumkin, shu sababli bu dorilar homiladorlik davrida berilmaydi; Sestodozlarni davolash uchun ishlatilganda dorilar. Sestodlarga yassi gijjalar (keng tasmasimon, pakana tizma, cho‘chqa va ho‘kiz tizmalari) kiradi. Bulardan tozalanish uchun ko‘proq filiksan, fenasal va aminoakrixinlar ishlatiladi. Farmakodinamikasi. Bu dorilar gijjalarning so‘r g‘ychLary va yopishuvchi apparati mushaklaryni faLajlantiradi. Bu gelmintozlarning klinik belgisi (oshqozonichak tizilmasi tomonidan buzilishlar, allergik reaksiyalar, ba’zan og‘ir kamqonlik). Dorilar axlat analiziga qarab tanlanadi. 1) filiksan — sestodozlarning hamma turlarida yaxshi natija beradi. Nahorga 1 marta beriladi (gimenolepidozda esa har 7 kunda 3 marta beriladi). 2) fenasal — sestodlarning hamma turlarida yuqori samarali, epeniozlarda bolalarga berilmaydi yoki juda ehtiyotkorlik talab qiladi. Chunki dori tenitsid samara ko‘rsatadi, ovotsitlarga ta’sir qilmaydi, ya’ni ular o‘lgan gijja a’zolaridan hosil bo‘ladigan tuxumiga ta’sir qilmaydi. Natijada gijja tuxumi onkosferalarga aylanib, ular oshqozonga tushib o‘z qobig‘idan ajralib oshqozonichak devori orqali qonga tushishi mumkin. Nixoyat, miyaga va ko‘zga kirib hayot uchun xavfli sistotserkozga olib kelishi mumkin. Nahorga bir marta beriladi. 3) Aminoakrixin gimenolenidozda yuqori samara beruvchi dori. Nahorga bir marta (yoki 2 marta har 30 daqiqa ichida). Davolash kursi 3—4 sikldan iborat, siklningdavomiyligi 3 kun, 3—6 kunlik tanaffusdan keyin. Farmakokinetikasi. Yuqorida sanab o‘tilgan dorilar oz miqdorda bo‘lsa ham oshqozonichakdan qonga so‘riladi. Qonga so‘rilishini kamaytirish uchun bemor davolanish davrida yog‘li va go‘shtli ovqatlar yemasligi kerak. Bundan tashqari, dori berilgan bemorga tuz surgilari berish kerak, bu ularning so‘rilishini kamaytiradi va o‘lgan gijjalarni haydaydi. Surgi berilgach 3 soatdan keyin samara bo‘lmasa, klizma qilish tavsiya qilinadi. Axlatda gijjalar boshi topilmasa, davolashni takrorlash darkor. Salbiy ta’sirlari. Sestodozlarni haydaydigan dorilar yuqori zaxarli, shu sababli faqat statsionar sharoitida beriladi. Bular ishlatilganda quyidagilar (dispeptik hodisalar, allergiya, gipotoniya, nafas susayishi, giperkinez, psixoz, psoriaz qaytalanishi, teratogen ta’sir kuzatilishi mumkin. Trematodozlarni davolash uchun ishlatiladigan dorilar. Trematodozlarga — opistorxoz, klonorxoz, fassiolezlar kiradi. Trematodozlar ichakdan tashqarida parazitlik qiluvchi bo‘linmaydigan gijjalar turi: opistorxis (mushuk qo‘shog‘izlisi), klonorxis, fassnola (jigar qo‘shog‘izlisi). Bu gijjalardan tozalanish uchun quyidagi dorilar: xlorsil va prazikvantel ishlatiladi. Farmakodinamikasi. Bu dorilar gijjalar so‘rg‘ichlarini qaytmas falajlantiradi. Bular gijjalarning yetilmagan shakllariga ta’sir qilmaydi, shu sababli kasallikning qaytalanish xavfi bor. Trematodozlar klinik kechishida jigar va oshqozon osti bezining zararlanish belgilari allergik reaksiyalar ko‘rinishda kechishi mumkin. Dori tanlash koproovoskopik analizlarga asoslanadi. 1) Xloksil trematodozlarning hamma turlariga ta’sir qiladi. Ovqatdan keyin sutkasiga 3 marta yarim stakan sut bilan beriladi. Davolash kursi 5 kun. Kerak bo‘lsa davolash kursi 4 oydan keyin takrorlanishi mumkin. 2) Prazikvantel yuqori samarali dori, 1—2 kun davomida kuniga 3 marta beriladi. Farmakokinetikasi. Dorilar yaxshi so‘riladi, ayniqsa prazikvantel qonga yaxshi o‘tadi. Qon plazmasida uning eng yuqori miqdori 1—2 soatdan keyin kuzatiladi. Dorilar jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlar ko‘rinishida buyraklar orqali chikariladi. Bular ishlatilganda surgi berish va parhez saqlash shart emas. Salbiy ta’sirlari. Xloksil ishlatilganda jigarning kattalashuvi, jigar sohasida og‘riq, proteinuriya, yurak ritmining buzilishi, yurak sohasida og‘riq, eozinofiliya kuzatilishi mumkin. Prazikvantel samaraliroq va bemor dorini yaxshi ko‘taradi. Ba’zan ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, og‘izda metall ta’mi sezgisi, epigastral sohada ogriq (bu belgilar tezda o‘tib ketadi) kuzatiladi. Download 72.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling