183. Suyak-tog‘ayli baliqlarning tuzilishi va hayot kechirishini tushuntiring.
Tog’ay-suyakli baliqlar kenja sinfi o’z ichiga faqat osyotrsimonlar turkumini oladi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra osyotrsimon baliqlar akulalarga ancha o’xshab ketadi. Boshining uchida (rostrumi) bor, uning tagida og’iz teshigi ko’ndalang b’lib joylashadi. Dum suzgich qanoti geterotserkal tipda. Juft suzgich qanotlari tanaga nisbatan gorizontal joylashadi. Tangachalari o’ziga xos bo’lib, katta-katta suyak bo’rtmalaridan iborat. Bu bo’rtmalar gavdasi bo’ylab 5 qator bo’lib joylashadi. Skeletining asosini biriktiruvchi to’qima pardasi bilan o’ralgan xorda hamda ustki va ostki umurtqa yoylari tashkil qiladi. Miya qutisi asosan tog’aydan tashkil topgan, lekin uning qopqog’i, bosh skeletining yon tomonlari va tagi qoplovchi suyaklardan iborat. Ichagida spiral klapani, yuragida arterial konusi bor.
184. Karpsimonlar turkumiga va ularning O‘zbckiston suv havzalariga tarqalgan turlariga tavsif bering.
Karpsimonlar , zogʻorabaliqsimonlar (Cyprinidae) — karpsimonlar turkumiga mansub baliqlar oilasi. Tanasi (uzunligi 2 sm dan 1,5 metrgacha) sikloid tangachalar bilan qoplangan yoki yalangʻoch. Jagʻlarida tishlari boʻlmaydi, ozigʻi halqumidagi yutinish tishlari yordamida maydalanadi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy va Markaziy Amerikaning chuchuk va kam shoʻrlangan suvlarida tarqalgan; Karpsimonlar 200 ga yaqin urugʻ, 1500 ga yaqin tur kiradi. Oʻzbekistonda 17 oilaga mansub 19 turi tarqalgan. Turli xil suv havzalari: togʻ vohalaridagi daryolar, koʻllar va suv omborlarida yashaydi. Plankton va bentossagi mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi; ayrim turlari (amur xumboshi, oq amur, qizil qanot), asosan, oʻsimliklar bilan oziqlanadi; oddiy oqqayroq — yirtqich. Karpsimonlar, odatda, bahorda urchiydi, uvildiriq tashlash davri 1—3 oy davom etadi. Uvildiriqlarini (bir necha yuzdan 1 mln. gacha va undan optiq) suvdagi oʻsimliklar, toshlar va qumga qoʻyadi yoki bevosita suvning oʻziga tashlaydi. Karpsimonlarning juda koʻp turlari, shu jumladan, Oʻzbekiston suv havzalaridan zogʻora baliq, moybaliq, tovonbaliq, qorabaliq, oqcha, oq amur, amur xumboshi va boshqalar ovlanadi. Bir qancha turlari (karp, tovonbaliq, oq amur, amur xumboshi) suv havzalarida boqiladi, Oq amur, amur xumboshi Amur (daryo)Amur]] havzasidan keltirilib, Oʻzbekiston suv havzalarida iqlimlashtirilgan.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |