181.Tog‘ayli baliqlarning tuzilishi va hayot kechirishiga tavsif bering.
Togʻayli baliqlar (Chondrichthyes) — umurtqalilar sinfi. Uz. 6 sm dan 20 m gacha. Skeleti togʻay, terisi plakoid tangachalar bilan qoplangan yoki tangachalar boʻlmaydi. Jabra yoriqlari 5—7, baʼzan 4 juft, tashqariga ochiladi: jabra qopqoqlari boʻlmaydi. Suzgich pufagi yoʻq. Ichagida spiral klapan, yuragida arterial konus bor. Anal va siydik chiqarish teshigi qorin suzgichlari asosida. Ichki urugʻlanadi. Kopulyativ organlari juft, qorin suzgichlardan hosil boʻladi. Tirik tugʻadi, tuxumdan tirik tugʻadi yoki uvildiriq tashlaydi. Tana suyuqligi tashqi muhitga nisbatan gipertonik. Chuchuk suvlarda Togʻayli baliqlarning qon bosimi pasayib ketib, tezda halok boʻladi. Chuchuk suv Togʻayli baliqlari yuqori osmotik bosimni saqlash uchun juda koʻp siydik ajratib chiqaradi.
Togʻayli baliqlar plastinka jabralilar va yaxlit boshlilar kenja sinflariga boʻlinadi. 650 ga yaqin turi bor. Dengizlarda, bir necha turi chuchuk suvlarda yashaydi. Akulalar va skatlar katta turkumlari turlari keng tarqalgan; deyarli barcha dengizlarda uchraydi.
182.Suyakli baliqlarning tashqi va ichki tuzilish xususiyatlarini ko‘rsating.
Suyakli baliqlar (Osteichthyes) — umurtqali hayvonlar sinfi. Quyi devon davridan maʼlum. Uz. 0,7—1,1 sm dan 5—7 m gacha, baʼzan undan koʻproq; vazni 1,5 t gacha. Ichki skeleti birmuncha suyaklangan, baʼzi turlarida togʻaydan iborat. Tangachalari ganoid, kosmoid yoki suyakdan tuzilgan. Dum boʻlaklarini togʻay yoki suyak nurlar ushlab turadi. Jabralari toʻsiq bilan boʻlinmagan, jabra teshiklari jabra qopqoqlari bilan yopilgan. Ayrim turlarining suzgich pufagi ikkilamchi tarzda yoʻqolib ketgan. Urugʻlanishi, odatda, tashqi; ayrim turlari tirik tugʻadi. Osmoregulyasiya jabralar va teri orqali ortiqcha suvning chiqarilishi orqali amalga oshadi. Dengiz Suyakli baliqlarda bu jarayon buyrak va jabralar orqali amalga oshadi. Osmoregulyasiya jarayonining keng diapozonga ega boʻlishi tufayli Suyakli baliqlar har xil shoʻrlangan suvlarda yashay oladi. Oʻtkinchi baliqlar dengizdan chuchuk suvga, chuchuk suvdan dengizga oʻtishi mumkin.
Suyakli baliqlar parrak suzgichli va nur suzgichli kenja sinflarga boʻlinadigan 33 turkum 420 oila va 20000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Oʻzbekiston suv havzalarida Suyakli baliqlar ning 8 turkum, 14 oilaga mansub 48 turi tarqalgan. Suyakli baliqlar ning 18 turi, jumladan 3 ta Oʻrta Osiyo endemik turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |