Zoologiya faniga kirish. Reja


Zoologiya fanining ilmiy-tadqiqot usullari


Download 15.48 Kb.
bet3/6
Sana24.02.2023
Hajmi15.48 Kb.
#1226266
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zoologiya faniga kirish. Reja-fayllar.org

2.Zoologiya fanining ilmiy-tadqiqot usullari.
.Zoologiya juda keng tarmoqli kompleks fan bolib, bir qancha mustaqil fanlarni oz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning ozaro o`xshashligi yoki bir-biridan farqi asosida turli sistematik gruppalar ortasidagi ierarxiya (tobelik) munosabatlarini organadi. Sistematikaning asosiy maqsadi hayvonlarning tarixiy rivojlanishini aks ettiruvchi tabiiy sistemani ishlab chiqishdan iborat. Morfologiya hayvonlarni tashqi, anatomiya ichki tuzilishini organadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruhlarga mansub bolgan hayvonlarning tuzilishi va ularning tarixiy rivojlanish yo`lini tekshiradi. Embriologiya hayvonlarning embrional rivojlanishi filogenetika esa hayvonot dunyosining evolyusion yo`lini, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va o`zaro munosabatlarini o`rganadi. Zoologiya tekshiradigan obyektlariga koʻra bir qancha fanlarga boʻlinadi: protozologiya bir hujayrali hayvonlarni, gelmintologiya parazit chuvalchanglarni, entomologiya hasharotlarni, akarologiya kanalarni, ixtiologiya

baliqlarni, ornitologiya qushlarni, teriologiya sutemizuvchilarni oʻrganadi.

baliqlarni, ornitologiya qushlarni, teriologiya sutemizuvchilarni oʻrganadi.

Hayvonlar to`grisidagi dastlabki yozma malumotlar miloddan avval 5-4 asrga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Zoologiyaga taaluqli ilk ilmiy asarlarni miloddan 4 asr avval yashab o`tgan Arastu (Aristotel) yaratgan. Uning asarlarida 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi tushuntirib berilgan. Arastu hayvonlarni 2 ta katta guruh qonlilar va qonsizlarga ajratadi. Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqalilar va umurtqasizlarga yaqin keladi.

Qadimgi Rim tabiatshunoslari orasida Gay Pliniy (miloddan so`ng 23-79 yillar) mashhur bo`lgan. U o`zining 37 jilddan iborat «Tabiat tarixi» asarida o`sha davrda ma`lum bo`lgan barcha hayvonlarni ta`riflab bergan.


Download 15.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling