«Zoologiya va anatomiya»


Download 393.88 Kb.
bet13/19
Sana16.06.2023
Hajmi393.88 Kb.
#1515324
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi

Gulmohi (xonbaliq), kumja — sulaymonbaliqlar oilasining bir turi, asl lososlar urug’iga mansub. Yevropa atrofidagi dengizlar va ularning havzalarida, shuningdek, Kaspiy va Orol dengizlarida keng tarqalgan. Eng kattasining bo’yi 1 metr, og’irligi 13 kilogrammgacha, maydaroqlari 1—5 kilogramm keladi. Bo’yi va og’irligidagi katta tafovutning sababi kenja turning ko’pligidadir. O’zbekistonda Orol gulmohi (Salmo trutta aralensis) va Amudaryo gulmohi (Salmo trutta oxianus) nomli ikkita kenja tur uchraydi. Bulardan tashqari, Qora dengiz lososi (Salmo trutta labrax), Kaspiy lososi (Salmo trutta caspius) nomli kenja turlar ham bor. Dengiz va katta ko’llarda tarqalgan kenja turlar yirik bo’ladi va kumja deb ataladi. Jilg’a va soylarda yashaydigan kenja turlar esa mayda gulmohi deb nomlanadi. Gulmohining bo’yi cho’zinchoq, tanasi kichik tangachalar va yoppasiga mayda qora xollar bilan qoplangan, usti kumushrang, qorni tomoni
sarg’ishroq. Kumja ko’proq chuchuk suvda yashaydi, o’tkinchilar bo’lganidek, ko’l va daryoda doimiy yashaydigan o’troqlari ham bor.
2.10-rasm. Kumja
Mayda baliqlar va qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Uvuldiriq tashlash uchun daryoga kirganida syomga kabi butunlay ovqatdan qolmay, oz bo’lsa ham ovqatlanib turadi. Chavog’i syomganing ola chavog’iga juda o’xshab ketadi. Kumja chuchuk suvda 3—7 yilcha yashaydi. Lososga o’xshab uning ham kuzgi va bahorgilari bor, u ham iqtisodiy ahamiyati katta bo’lgan qimmatbaho baliqlardan hisoblanadi.
Patma chaboq (abramis brama) — O’rta Osiyo baliqlarining bir turi, karpsimonlar oilasiga mansub. Yevropaning kattagina qismida, O’rta Osiyoda esa Orol dengizi, Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon daryosida tarqalgan, Issiqko’l, Balxash ko’li va suv omborlarida ko’paytirilgan. Bu baliq tinch oqadigan vaoqmaydigan suvlarda yashaydi, sho’r suvga chidamli. Shuning uchun sho’r suvli Kaspiy va Orol dengizlarida, chuchuk suvli daryo va ko’llarda ham yashayveradi. Dengiz va katta ko’llarda bu baliq qirg’oqdan uzoqda ham ko’p uchraydi. Qirg’oqda yashaydiganlari mayda, ingichka va rangi biroz qoramtir, ochiq suvda yashaydiganlari esa ularga nisbatan katta va yo’g’on bo’ladi. Bu baliqning tanasi yapaloq, kichkina, yelkasi bukri, qornidagi pushtagi tangachasiz. Dumosti suzgichi ancha uzun, tanasi katta va zich o’rnashgan tangachalar bilan qoplangan. Orqasi qoramtir, yon tomonning ustki qismi sarg’ish, pastki qismi va qorni kumush rangda. Qisqichbaqa, chuvalchang, molluskalar kabi turli umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi.

2.11-rasm. Patma chaboq


Patma chaboq 4 yoshida voyaga yetadi. Uvuldirig’ini may oyida, suv isigan paytda tashlaydi. Urchish vaqtida ertalab suv yuzida qornini tepaga qilib, suvni sekin chapillatib yuradi. Serpusht baliq — 400 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. Tuxumdan lichinkasi 3—4 kunda chiqadi. Yevropaning ba’zi bir ko’llarida uzunligi 50 santimetr. Og’irligi 6 kilogrammgacha bo’lganlari uchraydi. O’rta Osiyoda yashaydiganlarining eng kattasi 40 santimetr, og’irligi 1,5 kilogrammcha bo’ladi, xolos. Azaldan ko’p ovlanadigan baliq hisoblanadi. U qirg’oqqa yaqinlashib kelayotgan vaqtda to’r bilan tutiladi. Ayniqsa, dudlangan go’shti juda mazali, har yili Orol dengizida bir necha o’n minglab sentner ovlanadi.

Download 393.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling