«Zoologiya va anatomiya»


Download 393.88 Kb.
bet1/19
Sana16.06.2023
Hajmi393.88 Kb.
#1515324
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI


«Zoologiya va anatomiya» kafedrasi

“Himoyaga ruxsat etildi” Tabiiyfanlar fakulteti dekani


b.f.d. prof. K. Saparov
2023 yil

60110900-Biologiya o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 2- kurs 204-guruh talabasi Hasanova Elmiraning


Zoologiya fanidan
"O’zbekiston suv xavzalarining noyob va yo’qolib borayotgan baliqlari”
mavzusidagi


KURS ISHI

"Tasdiqlayman"
Zoologiya va anatomiya kafedrasi mudiri G. A. Shaxmurova



Ilmiy rahbar: Zoologiya va anatomiya kafedrasi v. b. dotsenti, PhD
M. I. Xamdamova



Toshkent 2023



MUNDARIJA:






Kirish…………………………………………………………………..

3

I Bob

Baliqlarning kelib chiqishi…………………………………………...

6

1.1

Baliqlar paydo bo’lishidan oldingi hayot……………………………...

7

1.2

Baliqlarning hayotiga ta’sir etuvchi omillar…………………………...

7




Birinchi bob bo’yicha xulosalar……………………………………..

8

II Bob

Baliq turlari…………………………………………………………..

9

2.1

Respublikamiz suv havzalaridagi keng tarqalgan baliq turlari………..

10

2.1.1

O’zbekiston suv havzalari baliqlarining oilalari………………………

10

2.1.2

Asosiy baliq turlari…………………………………………………….

14

2.1.3

Qo’shimcha baliq turlari………………………………………………

20

2.2

Qizil kitobga kiritilgan baliq turlari…………………………………...

34




Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar……………………………………..

36




Umumiy xulosalar…………………………………………………….

36




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………

38

KIRISH
Respublikada baliqchilik tarmog’ini jadal rivojlantirish, baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion uslublarini joriy etgan holda hajmlarini oshirish, sohani tartibga solish bo’yicha bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning ijrosini sifatli va puxta ta’minlash choralari ko’rilmoqda. Shu bois sohani tubdan texnologik modernizatsiya qilish, ya’ni intensiv baliq yetishtirish usuliga o’tish maqsadida 2018 yil
6 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4005 sonli Qarori qabul qilindi. Qarorga ko’ra, Respublikamizda baliqchilik tarmog’ini ilmiy yondashuv asosida intensiv usulda jadal rivojlantirish, sohaga baliq mahsulotlari ishlab chiqarishning zamonaviy va innovatsion usullarini joriy etgan holda samaradorlikni oshirish belgilab olindi. Bizlar ham shu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda baliqchilikka katta iqtisodiy zarar yetkazib kelayotgan kasalliklarni o’rganib, aholiga sifatli baliq mahsulotlarini yetkazib berishga o’z hissamizni qo’shib kelmoqdamiz.
Yaqin o’tmishda Markaziy Osiyoning asosiy havzasi bo’lgan Orol dengizi yaqin o’tmishda kattaligi bo’yicha jahonda to’rtinchi o’rinda turar edi. Orol dengizini ikkita katta daryo – Amudaryo va Sirdaryo suvga to’yintiradi. Bu daryolar esa baland chekka shimol bilan iqlimi o’xshash bo’lgan tog’larning asriy muzliklaridan boshlanib, yirik sahrolar – Qizilqum va Qoraqum orqali oqib o’tadi. Bu daryolar doimo o’zining asovligi bilan ajralib turadigan tez-tez o’zanini o’zgartirib turishi mumkin bo’lgan Yer sharidagi eng loyqa daryolardan sanalishgan. O’tgan asrning 70- yillaridan keyin ko’plab gidroinshootlar – suv ombolari va kanallar qurildi. Natijada hududdagi barcha suv havzalar gidrologik tartibi istisnosiz tarzda bo’zilib ketdi. Inson ongli ravishda havzadagi barcha suvni suv omborlarida to’plab sunʼiy tartibda ular oqimini boshqara boshladi. Bu holat sanoat va qishloq xo’jaligining rivojlanishiga olib kelgan bo’lsada, Orol dengiziga suv kelishi deyarli to’xtadi.
Dengizga kelayotgan suvdan bug’lanayotgan suvlar hajmining ortishi natijasida dengiz quriy boshladi, suvning sho’rlanishi ortib dengiz maydoni kichraya bordi. Hozirgi kunda dengiz suvining sho’rlik darajasi shu darajaga yetganki, u yerda baliqlar yashashiga sharoit yo’q. Agar 60- yillarda Orol dengizining maydoni 68,9 km2 bo’lgan bo’lsa, 2015
yilda 8,3 km2 ni tashkil etdi. Hozirgi paytda undan ham kam, tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ko’ra shu kecha-kunduzda 2 km2 ni tashkil qiladi. Daryolar tartibi o’zgardi, demak baliqlar yashash sharoiti ham o’zgardi. Inson xo’jalik faoliyatining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun ko’p va xo’p ishlarni amalga oshirish kerak bo’ladi.

Download 393.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling