«Zoologiya va anatomiya»


BALIQLARNING HAYOTIGA TA’SIR ETUVCHI ABIOTIK OMILLAR


Download 393.88 Kb.
bet4/19
Sana16.06.2023
Hajmi393.88 Kb.
#1515324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi

BALIQLARNING HAYOTIGA TA’SIR ETUVCHI ABIOTIK OMILLAR


Suvning xossalari: Suv biosferada hayot uchun eng zarur bo’lgan omillardan biridir. Suvning ta’siri natijasida yer yuzida turli-tuman manzaralar yuzaga keladi: masalan, suv ko’pligidan botqoqlik, qamishzor, o’rmonlar, suv kamligidan esa cho’l-biyobonlar paydo bo’ladi. Shuning uchun ham suvni va uning barcha ekologik omillarini hayot manbayi deb aytiladi. Insoniyat va hayvonot olamining hayoti suv bilan bog’liq: na mikrob, na o’simlik, na odam suvsiz yashay oladi. Binobarin, «suv yo’q yerda hayot ham yo’q» degan iborani barcha xalqlarda uchratish mumkinligi bejiz emas. Yer yuzidagi jamiki mavjudot qadim zamonlardan beri suv va havo muhitida yashab kelmoqda. Yerda hayot uchun zarur ana shu ikki ekologik omil paydo bo’lgandan so’ng dastlab suvda shaklsiz tirik oqsil vujudga kelgan uning tadrijiy taraqqiyoti natijasida dunyoda turli-tuman hayvonlar paydo bo’lgan. Jonli mavjudot ekologik sharoitning o’zgarishiga qarab, rivojlanish jarayonida goh atrof-muhit sharoitiga moslashuvi, goh boshqa jonivorlar bilan o’rin almashinuvi, ba’zi turlari qirilib ketishi, boshqa turlar vujudga kelishi natijasida hozirgi zamondagi hayvonot dunyosi, jumladan, odam vujudga kelgan. Xullas, suv barcha jonli mavjudot uchun hayot manbayidir. Ammo tabiatda shunday jonivor ham borki, suvsiz yashay olmaydi. Bu jonivor — baliqdir. Zotan, suv bo’lak hech bir jonzotning hayotida baliqning hayotidagi kabi muhim rol o’ynamaydi. Quruqlikda yashovchi hayvonlar uchun havo qanchalik kerak bo’lsa, baliqqa suv shunchalik zarur. Zarurgina emas, balki baliqning yashash muhiti, uning hayotini suvsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. «Baliqning tirikligi suv bilan» deydi xalqimiz, bu bejiz emas, albatta.
Ana shular sababli baliq hayoti haqida mufassalroq tasavvur berish maqsadida suvning fizik va kimyoviy xossalari hamda ular baliq ekologiyasiga qaysi jihatlardan ta’sir qilishini qisqacha ko’rib o’tamiz.
Тuzning baliqlarga ta’siri: Suvda gazlardan tashqari erigan tuzlar ham bor. Xususan, dengiz suvi tarkibida turli xil tuzlar borligi bilan xarakterlidir. Ayni vaqtda tuzning tarkibi turli dengizlarda turlicha bo’ladi. Chunonchi, qizil dengizning 1000 hissa suvida 45 hissa tuz bo’lganidan unda hayotning turli shakllari mavjud. Eng oz tuzli suv Botnik qo’ltig’iniki — uning 1000 hissa suvida uch hissa tuz bor, xolos. Kaspiy dengizining Qorabo’g’ozgo’l qo’ltig’ida 1000 hissa suvda 200 hissa tuz bo’lgani sababli uning tubida
hech qanday hayot yo’q. Umuman, baliq chuchuk suvdan tortib to 1000 hissa suvga 70 hissa va undan ham ko’proq tuz to’g’ri keladigan suvda yashay oladi. Ba’zi baliqlar tuz miqdorining o’zgarishiga juda sezgir bo’ladi. Chunonchi, Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan qilquyruq va felbo’yin chuchuk suvli daryolarda yashashga moslashgan, ular suvda ozgina tuz sezilsa ham halok bo’ladilar. Ba’zi baliqlar esa tuzga nihoyatda chidamli, masalan, buqabaliq 0,27 foizdan to 38 foizgacha sho’r bo’lgan suvda yashayveradi.

Download 393.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling