«Zoologiya va anatomiya»


Download 393.88 Kb.
bet3/19
Sana16.06.2023
Hajmi393.88 Kb.
#1515324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi

Kurs ishining ahamiyati. Respublikamizda tabiiy suv xavzalarida bioxilma-xillikni asrash, baliqlar tur tarkibini aniqlash va ulardan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, jumladan bioresurslarini muhofaza qilish, yo’qolib borayotgan va yangi kirib kelgan turlarni aniqlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Noyob va yo’qolib borayotgan baliqlar katta ahamiyat kasb etib, regionga xos bo’lgan turlarni o’rganish, ayniqsa son jihatidan kamayib borayotgan va O’zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan turlarni taxlildan o’tkazish hozirgi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Dunyo miqyosida biologikxilma- xillikning muhim tarkibiy qismi sanalgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish masalasiga bugungi kunda alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kurs ishining maqsadi: O’zbekiston suv xavzalarining noyob va yo’qolib borayotgan baliqlarini o’rganish, ularning turini saqlab qolish va ko’paytirish chora-tadbirlari ishlab chiqish.

Vazifalari:


  • O’zbekiston suv xavzalaridagi noyob va yo’qolib borayotgan baliqlarning tarixini o’rganish

  • Noyob va yo’qolib borayotgan baliqlar haqida malumot to’plash

  • O’zbekiston suv xavzalaridagi baliqlarning turlarini o’rganish

  • Baliqlarning inson hayotidagi ahamiyatini o’rganish

Kurs ishining o’rganish obyekti: O’zbekiston suv xavzalaridagi noyob va yo’qolib borayotgan baliqlar
Kurs ishining o’rganish predmeti: O’zbekiston suv xavzalaridagi noyob va yo’qolib borayotgan baliqlar

Kurs ishida qo’llaniladigan metodlar:


  • kuzatish metodi.

  • taqqoslash metodi.

  • tarixiy metod.

  • Matematik modellashtirish metodi.

I BOB. BALIQLARNING KELIB CHIQISHI


1.1 baliqlar paydo bo’lishidan oldingi hayot
Baliqlar hali paydo bo’lmagan qadim zamonlarda hayot faqat suvda mavjud bo’lgan, xolos. O’shadavrda dengizlar ostida turli xil trilobitlar, molluskalar, bulutlar va chuvalchanglar kabi suv jonivorlari yashagan, quruqlikda esa hayotdan hechqandaya sar yo’q edi. Baliqlar — umurtqalilar kenja tipining jag’li bosh skeletlilariga mansub katta sinfi. Zamonaviy va qirilib ketgan baliqlarning barcha turi 25000 tacha. O’rta Osiyoda 110 tacha turi uchraydi. Baliq dastlab, silur davrida chuchuk suvlarda paydo bo’lib, keyinchalik dengizlarga tarqalgan. Baliqni ikkita mustaqil sinfga: 1) akulasimonlar (plastinka jabralilar); 2) shu’la qanotlilar sinfiga ajratish mumkin. Bundan 600 millioncha yil muqaddam, kembriy davrida umurtqasiz hayvonlar guruhiga mansub bir jonivor yashagan. U xordalilar tipining naslini boshlab bergan bo’lsa ham, lekin unda xordalilar, jumladan, baliqlarga xos belgilar hali yuzaga kelmagan. Bu jonivorning qoldiqlari yer qatlami yarim million kilometrcha keladigan Volga, Dnepr, Ob, Yenisey, Amur, Lena, Ural, Amudaryo, Sirdaryo kabi daryolar, bulardan tashqari, behisob jilg’a, soy, kanal, buloq va boshqa havzalardan iborat. Mana shu sanab o’tilgan sho’r va chuchuk suvli havzalarda baliqlarning 1000 tacha turi yashaydi. Bularning orasida 150 tadan ko’proq turining iqtisodiy ahamiyati bor bo’lib, ular ovlanadigan baliqlar hisoblanadi. Seldsimonlar boshqa mamlakatlardagi kabi MDHda ham ko’p tutiladi va mamlakatimizda ovlanadigan jami baliqlarning 20% ni tashkil etadi. Karpsimonlar oilasiga mansub bo’lgan zog’orabaliq, qizilko’z, oqcha kabi baliqlar bu jihatdan seldlardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bulardan tashqari, ovlanadigan baliqlar orasida treskasimonlar, sulaymonbaliqlar (losossimonlar), bakralar (osyotrlar), sla va xamsalarning miqdori ham ancha salmoqlidir.

Download 393.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling