«Zoologiya va anatomiya»


Qorabaliq (Schizothorax intermedius)


Download 393.88 Kb.
bet14/19
Sana16.06.2023
Hajmi393.88 Kb.
#1515324
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Kurs ishi

Qorabaliq (Schizothorax intermedius) — zardabaliq karpnamo baliqlar turkumining bir turi. O’rta Osiyo va Hindiston shimolidagi daryolarda tarqalgan. Chuchuk suvda yashovchi bu baliq O’rta Osiyoda Amudaryo va Sirdaryo manbalarida, ko’pgina suv havzalarida, jumladan, ko’l va buloqlarda yashaydi, tog’ ko’llarida ham uchrab qoladi. Odatda, suvi sovuq, toza va tez oqadigan havzalarda hayot kechiradi. Bundan 50—60 yil muqaddam Toshkentning markazidan oqib o’tadigan Chavlo arig’ida juda ko’p uchrardi, keyinchalik ariqning suvi ifloslanishi natijasida yo’qolib ketdi. Rangi yashaydigan muhitga bog’liq. Loyqa suvli daryolarda yashovchilarining orqasi och kulrang, yon tomonlari xira kumushrang. Tiniq suvda yashaydiganlarining orqasi qoramtir yoki bo’zrang, boshi ko’kimtir, yonlari esa sarg’ish bo’ladi. Og’ziboshining oldida o’rnashgan, labi qalin, og’zining burchaklarida bir juftdan mo’ylovlari bor.

2.12-rasm. Qorabaliq


Yelka qanotining birinchi shu’lasi qattiq va uchli, orqa qirrasi arra tishli. Qorabaliq kunduzi ostidagi kamarlarga kirib yotadi, tunda faol hayot kechiradi umuman, bu baliq pana yerlarga yashirinib yotishni yaxshi ko’radi. Òoshlar va qotib qolgan loylar ustiga yopishgan o’simlik va jonivorlarni shox modda bilan qoplangan o’tkir qirrali pastki jag’i yordamida qirib olib yeydi. Chavoqlari mayda planktonlar, qisqichbaqalar bilan ovqatlanadi, kattalari esa yirtqichlarcha hayot kechiradi. 3—4 yoshida voyaga yetadi, butun yoz bo’yi urchiydi. Mart va aprel oylarida, hatto sentabrda ham uvuldirig’i to’la yetilgan urg’ochilariniki urchishi mumkin. Serpushtligi yoshiga bog’liq — kattarog’i o’ng mingtacha va undan ham ko’proq uvuldiriq tashlashi mumkin. Uvuldirig’ini tagi toshloq yoki qumloq, suvi sekin oqadigan sayoz yerlarga qo’yadi. Òuxumdan yangi chiqqan chavoqlari may oyidan to avgustgacha urchib turadi. Sekin o’sadi, 20 yoshlarida eng kattasining bo’yi 60 santimetrcha keladi, bundan yirigi uchramagan.
Laqqa (Silurus glanis) — laqqasimon baliqlar oilasining bir turi. Yevropa, Kichik Osiyo suvlarida, Kaspiy havzalarida yashaydi. O’rta Osiyoda Artek daryosidan to Chu daryosiga qadar tarqalgan, lekin Tajan, Murg’ob va Talas daryolarida uchramaydi,Bilikul kabi ba’zi ko’llarda uni baliqchilarning o’zi ko’paytirgan. Daryolarning tezoqadigan joylarida va suv ostidagi tinch yerlarda yashaydi, ko’l hamda suv omborlariningchuqur joylarida bor. Uni Orol dengizi kabi sho’r suvlarda ham uchratish mumkin. O’tbosgan sayoz ko’llarda yashovchi laqqa sekin o’sadi, rangi ham qoraroq bo’ladi.

2.13-rasm. Laqqa


Baliqchilar daryoda va ko’lda yashovchi laqqalarni bir-biridan yaxshi farqlashadi. Laqqa O’rta Osiyoda yashovchi barcha baliqlardan yirik. Eng kattasining uzunligi 3 m cha, og’irligi 200 kg keladi. Boshi yassi, og’zi katta, jag’larida uchi orqaga qayrilgan bir talay mayda tishlari bor. Pastki labida ancha uzun 4 ta mo’ylovi, ustki labida yanada uzunroq
2 ta mo’ylovi bo’ladi. Bu mo’ylovlar tuyg’u organi vazifasini bajaradi. Boshining tepasida o’rnashgan ko’zlari kichkina. Umuman, laqqa va shu oilaga mansub baliqlar yirtqich bo’lganidan o’lja tutishida ko’ruv organi unchalik muhim rol o’ynamaydi, lekin ularda tuyg’u organi yaxshi taraqqiy topgan. Ko’krak va orqa suzgichlarida kuchli va silliq suyak shu’lalari bor. Dumosti suzgichi bo’yining yarmidan ham uzun. Laqqa yaxshi suza olmaydi, uzoq masofaga ko’chib yurmaydi. Bu baliqning terisi yaydoq, tangachalari yo’q. Rangi o’zgaruvchan bo’lib, muhitning rangiga moslashgan. Tiniq suvda yashaydigan yosh laqqaning tanasi tim qora. Kattalarining faqat orqa tomoni qora, yonlari esa ko’kimtir-kulrang bo’lib, bir talay qo’ng’ir xollari bor. Katta erkaklarining oppoq qornida havorang xollari bo’ladi, loyqa suvda esa tanasi kulrang bo’lib qoladi, xollari ham
«o’chib» ketadi. Uch yoshida voyaga yetadi, aprel-may oylarida urchib 500 mingtacha uvuldiriq tashlaydi. 15 yoshli laqqaning bo’yi 1,5 m, og’irligi 20 kg bo’ladi. Erkagi urg’ochisiga nisbatan tezroq o’sadi. Orol dengizidan tutilgan 30 yoshli laqqa 200kg tosh bosgan. Laqqa yirtqich, ko’pincha baliqlar hamda o’rdak kabi suvda yashovchi parrandalar bilan oziqlanadi. Ayni vaqtda suvda tushib qolgan qushlar, kemiruvchilar kabi jonivorlarni ham yeyaveradi. Yosh laqqalar hasharotlar va chavoq baliqlar bilan oziqlanadi. Aholining aytishicha, laqqa ba’zan it, qo’y singari hayvonlarga va hatto yosh bolalarga ham hujum qilar emish, biroq bu hali tasdiqlanmagan. Laqqaning iqtisodiy ahamiyati katta, u eng mazali va yog’li baliqlardan hisoblanadi.

Download 393.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling