«Zoologiya va anatomiya»


Download 393.88 Kb.
bet18/19
Sana16.06.2023
Hajmi393.88 Kb.
#1515324
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Kurs ishi

UMUMIY XULOSA


Xalqimizning salomatligini yaxshilash, dasturxonini baliq mahsulotlari bilan to’ldirish borasida Prezidentimizning 1998-yil 18-martdagi PF-1978-sonli Farmonida chorvachilikni rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari belgilanib, baliq yetishtirishni 2,9 martaga oshirish zarurligi ko’rsatilgan. Agrar, suv xo’jaligi masalalari va ekologiya qo’mitasi tomonidan 2008-yil 29-sentabrdagi «Mamlakat baliqchiligi: muammolar va ularni hal etish yo’llari» Respublika konferensiyasining rezolutsiyasi hamda BMTning FAO loyihasi doirasida milliy va xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan
«O’zbekiston 2008—2016-yillarda akvakultura va baliq ovlashni rivojlantirish konsepsiyasi va strategiyasi» me’yoriy hujjatlari asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-martdagi 03-35-12-sonli bayoni bilan tasdiqlangan 2011-yilda baliqchilik tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha amalga oshiriladigan choratadbirlar dasturiga ko’ra tarmoqni rivojlantirish dasturi doirasida qator amaliy tadbirlar o’tkazildi. Hozirgi kunda respublikada605,4 ming gektar suv havzalaridan baliq yetishtirishda foydalanib kelinmoqda. Ularda jami 985 ta baliqchilik fermer xo’jaliklari mavjud bo’lib, joriy yilda 398 ta suv havzalarida baliq yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari tashkil etildi va ularga tegishli bo’lgan suv havzalariga 12 mln 535 ming dona bir yillik baliqchalar tashlandi. Joriy yilda baliq chavoqlari o’stirishni ta’minlash maqsadida mavjud barcha xo’jaliklardagi 4700 dona ona baliqlar to’dasi bonitirovkadan o’tkaziladi, mavsumda inkubatsiya sexlarida 205 mln dona lichinkalar olindi. O’zbekiston hududidan Sirdaryo, Amudaryo vaZarafshon daryolari oqib o’tib, 300000 gektar maydonga tabiiy ko’llar barpo qilgan. Shularning eng kattasi Arnasoy suv havzasi bo’lib, Chordara suv omboridan suv oqizilishi natijasida paydo bo’lgan va shartli ravishda uch qismga: Haydar ko’l (130000 ga), Tuzqon ko’l (40000 ga) va Arnasoy ko’l (10000 ga) ga bo’linadi. Har bir ko’lning joylashish hududi, chuqurligi, eni va uzunligiga qarab ularning gidrokimyoviy va gidrologik rejimlari har xildir. Baliq o’stirish uchun qulay sharoit Arnasoy ko’lining suvida mavjud bo’lib, zog’ora (sazan), laqqa, peshanado’ng, jerex va boshqa baliqlarning urchish makoni hisoblanadi. Hozirgi paytda respublikamiz bozorlarida sotilayotgan baliqlarning 30 % ni shu ko’llardan ovlangan baliqlar tashkil etadi. Respublikamiz hududida 20 dan ortiq suv omborlari mavjud bo’lib, ushbu suvlarda
baliq urchitish va ovlashni xo’jalik asosida yo’lga qo’yish baliqchilikni rivojlantirishning qo’shimcha imkoniyatlari hisoblanadi. Baliqchilikni rivojlantirishning intensiv usullari, seleksiya ishlari, zotli baliq turlarini o’rganish va ko’paytirish, oziqlantirishni takomillashtirish va turli xil kasalliklarning oldini olish maqsadida Respublika Baliqchilik ilmiy-amaliy markazi faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Download 393.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling