Зоология ва экология


Yormalash va saralash jarayonlari


Download 1.35 Mb.
bet146/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

8. Yormalash va saralash jarayonlari.

Don va mahsulotlarni maydalash to`rtta yormalash sistemasida bajariladi. Uchinchi va to`rtinchi yormalash sistemalari (III yo.s. va IV yo.s.) yirik va mayda mahsulotlarni maydalash uchun ikkiga bo`linadi. Hammasi bo`lib oltita maydalash sistemasi qo`llaniladi.

Ikkinchi yormalash sistemasidan keyin mahsulotlarni yirik va mayda fraktsiyalarga bo`lishdan maqsad - yirik fraktsiyada endosperm miqdori kam bo`ladi. SHuning uchun III yirik yormalash sistemasining qoldiq mahsuloti sidiruvchi mashinaga yuboriladi.

Birinchi uchta yormalash sistemalaridan endosperm massasining asosiy qismi kam kuldorli mahsulot sifatida ajratib olinadi. Bu mahsulotlarni ajratib olish miqdori 78...80 % dan kam bo`lmasligi kerak. SHundan yirik yormachaning miqdori 18...20 %, o`rtacha yormachaning miqdori 22...24 %, mayda yormachaning miqdori 13...15 %, dunstlar miqdori 12...14% va unning miqdori 13...15% ni tashkil qiladi. SHunday qilib, tayyorlov bo`limidan kelgan don massasidan ajratib olingan Yormacha va dunstlarning miqdori 65 % ni tashkil qilishi kerak.

Bu mahsulotlar asosiy qimmatga egadirlar. Dunstlar va qisman mayda yormachalar yanchish jarayoniga yuboriladi, yirik va o`rtacha yormachalar alohida yiriklik fraktsiyasi bo`yicha havoli-g’alvirli mashinalarda boyitiladi.



  1. Download 1.35 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling