4. Javdar donidan bir navli elanma un tortishning texnologik jarayonlari.
Javdar donidan chiqishi 63 % bo`lgan elanma uni tortiladi. elanma uniga yuqori talablar qo`yiladi, shuning uchun un tortishning rivojlangan sxemasi qo`llaniladi. Yormalash sistemasida donni pachoqlash sistemasi qo`shimcha o`rnatiladi. YAnchish jarayoni 6...7 sistemaga oshadi.
Yormalash sistemasida donni pachoqlash vaqtida 1 % gacha kuldorligi yuqori (3,5...4,0 %) bo`lgan ozuqa uni ajratib olinadi, natijada elanma unining sifati yaxshilanadi va chiqishi ko`payadi.
Un hamma sistemalardan ajratib olinadi. I...III Yormalash sistemalaridan boshlab Yorma va dunstlar yanchish sistemalarida yanchish uchun ajratib olinadi. Birinchi Yormalash sistemasida mahsulot ajratib olish (N 08 elakdan o`tgan elanma) 35...40 % ni, ikkinchi Yormalash sistemasida 45...55 % ni tashkil qiladi. Har qaysi yanchish sistemasida unning chiqishi 30...40 % ni tashkil qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |