Yormalash va saralash jarayonlari.
Boyitish va silliqlash jarayonlari.
Yanchish jarayoni.
Tayanch iboralari.
Oddiy un tortish. Murakkab un tortish: Yormachalarni boyitmasdan un tortish; Yormachalarni qisqartirilgan jarayoni bilan un tortish; Yormachalarni rivojlangan boyitish jarayoni bilan un tortish.
1. Bug’doy donidan oddiy un tortish.
Bug’doy donidan oddiy un tortish guruhiga 96 % li jaydari un tortish kiradi. Bunda un tortishga elevatordan kelgan donning massasiga nisbatan bug’doy unining chiqishi 96 % bo`lishi kerak, chiqindilar miqdori 1 % ni tashkil qiladi. Unning yirikligi quyidagi talablarga javob berishi shart: N 067 metalmatoli elakda qolgan mahsulot 2 % dan ko`p bo`lmasligi, N 38 kapron elakdan o`tgan elanma 30% dan kam bo`lmasligi kerak. Unni N 067 metalmatoli elakdan o`tgan yirik bo`lakchalardan shakllantiriladi.
Oddiy takrorlanadigan un tortish jarayoni uchta yoki to`rtta texnologik sistemadan iborat bo`ladi. Har qaysi sistemada mahsulot valli dastgohlarda maydalanadi va elakdonlarda un ajratib olinadi.
Oddiy takrorlanadigan un tortishda maydalash sistemalarining texnik tavsifi 15-jadvalda keltirilgan.
15-jadval Oddiy un tortishda maydalash sistemalarining texnik tavsifi
Do'stlaringiz bilan baham: |