Зоология ва экология
Makaron ishlab chiqarish uchun qo’shimcha xom ashyolar
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
Makaron ishlab chiqarish uchun qo’shimcha xom ashyolar.
Ularga makaron ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan qo’shimchalar va noan’anaviy xom ashyolar kiradi. Qo’shimchalar. Yuqorida ta’kidlanganidek, makaron mahsulotlarining bir qismi qo’shimchalar qo’shib ishlab chiqariladi. Qo’shimchalar boyituvchi va ta’m beruvchi turlarga bo’linadi. Boyituvchi qo’shimchalar mahsulotlarning oziqaviy qiymatini oshiradi. Mamlakatimizda boyituvchilar sifatida tuxum mahsulotlari (tuxum, tuxum kukuni, melanj), shuning bilan birga sut mahsulotlari (quruq sut, yog’sizlantirilgan tvorog) va ba’zi bir vitaminlardan foydalaniladi. Ta’m beruvchi qo’shimchalar makaron mahsulotlarining ta’mi va rangini o’zgartiradi. Bu qo’shimchalarga sabzavot va meva pastalari, pyurelari va kukunlari, birinchi navbatda esa tomat pastasi va kukuni kiradi. Tuxumlardan faqat tovuq tuxumidangina foydalaniladi. Tuxumni ishlab chiqarishga tayyorlashning qiyinligi sababli makaron ishlab chiqarish korxonalarida tuxum qo’shimchalari sifatida tuxum kukuni va melanjdan foydalaniladi. Makaron mahsulotlarining ayrim turlarini tayyorlashda qo’llaniladigan sut qo’shimchalari mahsulotlarning oziqaviy qiymatini oshiradi va ularga yoqimli maza beradi. Sut qo’shimchalari sifatida quritilgan sigir suti, shuning bilan birga ba’zi hollarda yog’sizlantirilgan tvorogdan foydalaniladi. Boyituvchi qo’shimchalar sifatida foydalaniladigan vitaminlar haroratga bardoshli (makaron mahsulotlarini qaynatish vaqtida parchalanmaydigan) va suvda eriydigan (xamir qorish vaqtida ularni qo’shishni osonlashtirish uchun) bo’lishi kerak. Shu sababli V guruhidagi vitaminlardan (B1, B2, PP) foydalaniladi. Novvoylik unidan makaron mahsulotlari tayyorlashda ma’lum dozadagi B2 (riboflavin) vitaminidan foydalanish mahsulotning oziqaviy qiymatini oshirish bilan birga, qattiq bug’doydan tayyorlangan mahsulotlar rangiga yaqin rangdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Mahsulotlarni qaynatish vaqtida ularga qo’shilgan vitaminlarning 50 %-i qaynatish suviga chiqqanligi sababli, sho’rvabop makaron mahsulotlarini vitaminlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tomat pastasi quruq moddalarining konsentratsiyasi 25, 30, 35 va 40 % bo’lgan holda, tomat mahsulotlaridan tayyorlangan kukunlar esa quruq moddalarining miqdori 92,5 % bo’lgan holda ishlatiladi. Noan’anaviy xom ashyolar. Makaron ishlab chiqarishda noan’anaviy xom ashyolarga asosan donlar va turli xil o’simliklar urug’larini qayta ishlash mahsulotlari (bug’doydan tashqari), ildizmevali o’simliklarning mevalari va ularni qayta ishlash mahsulotlari kiradi. Bu turli-tuman xom ashyolar ichida tritikale uni, tarkibida kraxmal mavjud bo’lgan kleykovinasiz donli, dukkakli va ildizmevali o’simliklarning uni va kraxmaliga qiziqish katta. Yuqorida sanab o’tilgan barcha mahsulotlar makaron sanoatida un va boshqa ko’rinishdagi qayta ishlangan mahsulotlar: kraxmal (birinchi navbatda makkajuxori va kartoshka kraxmali), soya shroti va oqsili sifatida qo’llaniladi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling