Зоология ва экология


Suv – makaron mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy xom ashyosi


Download 1.35 Mb.
bet136/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Suv – makaron mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy xom ashyosi.

Makaron xamiri tayyorlash uchun GOST 2874 talablariga javob beradigan: shaffof, rangsiz, begona hid va ta’msiz, organik aralashmalarga va muallaq zarrachalarga ega bo’lmagan ichimlik suvidan foydalaniladi.

Mineral tuzlari, asosan kalsiy va magniyning uglerodli va sulfidli tuzlari miqdoriga qarab, suv qattiqligi bo’yicha juda yumshoq, yumshoq, kam miqdorda qattiq, qattiq va juda qattiq turlarga bo’linadi. Ammo makaron sanoatida istalgan qattiqlikdagi suvdan foydalanish mumkin, chunki suvning qattiqligi texnologik jarayonning borishiga ham, tayyor mahsulotlarning sifatiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.

Katta shaharlarda joylashgan makaron ishlab chiqarish korxonalari shahar ichimlik suvi tarmog’idan suv bilan ta’minlanadi. Artezian quduqlari va boshqa suv manbalaridan foydalanilganda ular har tomonlama tekshiriladi va shahar sanitarik nazoratining ruxsati bilangina makaron ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Suvning sifati O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi sanitarik nazorat xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Suv sifatining yomonlashgani haqida taxminlar paydo bo’lganida korxona sanitarik nazorat xodimlariga xabar beradi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling