Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni reja
Download 37,91 Kb.
|
Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Un tortishning turlari.
xmlns:w="urn:schemas-microsoft-com:office:word" xmlns="http://www.w3.org/TR/REC-html40"> Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni UN TORTISH ZAVODLARIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONI Reja:
Un tortish deb donni qayta ishlab un olish texnologik operatsiyalarining bir butunligiga aytiladi. Dondan qayta ishlab olinadigan un standart talablariga javob berishi va yuqori iste`molboplik xossalariga ega bo`lishi kerak. Unning navi va chiqishiga qo`yilgan talablarga qarab, texnologik operatsiyalarning soni, ularning o`zaro aloqadorligi va ketma ketligi turlicha bo`lishi mumkin. Jaydari un ishlab chiqarishda asosiy e`tibor donni anatomik qismlarga ajratmasdan ma`lum yiriklikgacha maydalash asosiy vazifa qilib qo`yiladi. Texnikaning zamonaviy rivojlangan darajasida bu muammoni hal qilish qiyin emas. SHuning uchun yanchish jarayoni donni un holigacha jadal maydalaydigan bitta bosqichdan iborat bo`ladi. Navli un tortishda don endospermining kraxmalli qismi mayin qilib yanchiladi, qobiq, aleyron qatlam va murtak kepak ko`rinishida alohida ajratib olinadi. Donni maydalashga qaratilgan murakkab vazifa texnologik jarayonni murakkablashtirishni talab etadi. Bunda donni fiziko-kimyoviy, strukturali-mexaniq xossalariga asosan va donni sifatiga qarab maydalash mahsulotlarini ajratishni ta`minlaydigan qo`shimcha operatsiyalarni kiritish zarurati hosil bo`ladi.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling