Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni


Download 55.76 Kb.
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi55.76 Kb.
#1637987
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni


UN TORTISH ZAVODLARIDA
ISHLAB CHIQARISH JARAYONI

Reja:

    1. Un tortishning turlari.

    2. Un tortishning tasnifi.

    3. Un tortishning umumiy sxemasi.

    4. Tegirmonga keladigan donning sifat ko`rsatkichlari.

    5. Bug’doy va javdar donlarini oddiy un tortishga tayyorlashni texnologik jarayonlari.

    6. Javdar donini navli un tortishga tayyorlashni texnologik jarayoni.

    7. Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashni texnologik jarayoni.

    8. Tegirmonning yanchish bo`limiga yuboriladigan donning sifat ko`rsatkichlari.

    9. CHiqindilarning tasnifi.

    10. CHiqindilarni nazorat qilish.


        1. Un tortishning turlari.

Un tortish deb donni qayta ishlab un olish texnologik operatsiyalarining bir butunligiga aytiladi. Dondan qayta ishlab olinadigan un standart talablariga javob berishi va yuqori iste`molboplik xossalariga ega bo`lishi kerak. Unning navi va chiqishiga qo`yilgan talablarga qarab, texnologik operatsiyalarning soni, ularning o`zaro aloqadorligi va ketma ketligi turlicha bo`lishi mumkin. Jaydari un ishlab chiqarishda asosiy e`tibor donni anatomik qismlarga ajratmasdan ma`lum yiriklikgacha maydalash asosiy vazifa qilib qo`yiladi. Texnikaning zamonaviy rivojlangan darajasida bu muammoni hal qilish qiyin emas. SHuning uchun yanchish jarayoni donni un holigacha jadal maydalaydigan bitta bosqichdan iborat bo`ladi.
Navli un tortishda don endospermining kraxmalli qismi mayin qilib yanchiladi, qobiq, aleyron qatlam va murtak kepak ko`rinishida alohida ajratib olinadi. Donni maydalashga qaratilgan murakkab vazifa texnologik jarayonni murakkablashtirishni talab etadi. Bunda donni fiziko-kimyoviy, strukturali-mexaniq xossalariga asosan va donni sifatiga qarab maydalash mahsulotlarini ajratishni ta`minlaydigan qo`shimcha operatsiyalarni kiritish zarurati hosil bo`ladi.


        1. Download 55.76 Kb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling