Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni


Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni


Download 55.76 Kb.
bet5/7
Sana21.06.2023
Hajmi55.76 Kb.
#1637987
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni

7. Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlashning texnologik jarayoni.
Bug’doy donini navli un tortishga tayyorlash jarayoni elevatorda boshlanadi. elevatorda don chiqindilardan A1-BIS-100 separatorida, keyin A1-BSF-50 separatorida tozalanadi va 15% gacha mayda don fraktsiyasi ajratib olinadi. Tozalangan don tegirmonning tayyorlash bo`limiga yuboriladi.
Donni navli un tortishga tayyorlashning texnologik sxemasi asosida don elevatordan yig’uvchi bunkerlarga ikki oqim bilan alohida (shaffofligi yoki kleykovinasi yuqori va past bo`lgan donlar) kelib tushadi. Bunkerlardan keyin don ikki oqimda me`yorlagichlardan o`tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va avtomatik tarozida o`lchanadi. Bunda don ikki oqimda alohida mashinalarda chiqindilardan tozalanadi.
Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va yengil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16) ajratib olinadi.
Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha bo`laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi.
Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-UTO-6) ajratiladi.
Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi.
Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan R3-BGO yoki R3-BMO-6 mashinalarida bajariladi. Bunda donning kuldorligi 0,03...0,04% gacha kamaytiriladi.
Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni uch bosqichda bajariladi.
Donga asosan gidrotermik ishlov berish, ya`ni namlash A1-BSHU-1, A1BSHU-2, A1-BMSH, A1-BAZ, A1-BUZ mashinalarida bajariladi va 13jadvaldagi ko`rsatkichlarga muvofiq bunkerlarda namiqtirish uch bosqichda donning shaffofligiga qarab amalga oshiriladi.

onning tipidan bog’liq holda gidrotermik ishlov berish rejimlari



Don
Tipi

Donni shaffofligiga qarab namiqtirish vaqti, soat

I Yormalash sistema- sidan oldin donni namlash

Maydalashga jo`natiladigan donning umumiy













shaffofligi, %

Namlash miqdori
%

Namiqtiris h vaqti, minut

namligi,
%

60

60
40

40

I
II
III
IY

8-16
8-16
15-24
16-20

6-12
-
6-12
12-16

4-8
-
4-8
6-12

0,3-0,5
0,3-0,4
0,5-0,7
0,5-0,6

20-30
20-20
30-40
30-30

14,5...16.0
15,5...16,5
14,0...15,0
15,0...16,5

Donga birinchi marta gidrotermik ishlov berilgandan keyin oqimlar birlashtiriladi va ikkinchi marta gidrotermik ishlov berishga yuboriladi. Donga ikki marta gidrotermik ishlov berilgandan keyin donning yuzasiga yana bir marta RZ-BGO-8 yoki RZ-BMO-12 mashinalarida quruq ishlov beriladi. Keyin don magnit separatoridan o`tadi va R3-BEZ entoleytoriga yuboriladi. entoleytorda don urilishi natijasida strukturasi o`zgaradi, ya`ni endospermda yoriqlar soni ko`payadi. Don yengil chiqindilardan R3-BAB pnemvoseparatorida tozalanadi va birinchi yormalash sistemasidan oldin gidrotermik ishlov beriladi (0,5%gacha namlash, 20...30 minut namiqtirish).
Donni un tortishga tayyorlash texnologik sxemasiga asosan tayyorlangan donning sifat ko`rsatkichlari maydalashdan oldin 14-jadvalda keltirilgan sifat ko`rsatkichlariga muvofiq bo`lishi shart.


  1. Download 55.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling