Ularni tozalash usullari


Download 26.28 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi26.28 Kb.
#1053843
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOYLI URUG‘LARDAGI ARALASHMALAR VA


MOYLI URUG‘LARDAGI ARALASHMALAR VA
ULARNI TOZALASH USULLARI

MUNDARIJA

I.Kirish………………………………………………………………………..
II.Asosiy qism…………………………………………………………………
1. Iflos aralashmalar (mineral va organik)………………………………….
2. Moyli aralashmalar……………………………………………………….
3. Metal aralashmalar………………………………………………………..
III.Xulosa……………………………………………………………………….
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………..

Mineral aralashmalar: tuproq, qum, tosh va xakazolar kiradi. Organik aralashmalarni barglar, xazon, urug‘ po‘chog‘i, poyasi va hokazo.


Moyli aralashmalar: butunlay yoki qisman maydalanib ketgan asosiy madaniy o‘simliklar urug‘lari, zararkunandalar tomonidan yemirilgan, ezilgan, o‘z - o‘zidan qizib ketishi natijasida buzilgan, mog‘orlagan, kuyish natijasida mag‘iz rangi o‘zgargan (sariq rangli to‘q jigar ranggacha), pishmagan, (rivojlanmagan, muzlagan, qirqilganda yashil rangli urug‘ pallasi bo‘lgan) – ezilgan chaqilgan urug‘ yoki mag‘iz, xom mag‘iz va hokazolar. Urug‘larning protsentlarda ifodalangan tozalik darajasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin.

X=100 – (A+B/2)


Bu yerda, A – iflos aralashmalar miqdori, %

B – moyli aralashmalar miqdori, %

Tozalik darajasiga ko‘ra moyli urug‘lar uch kategoriyaga bo‘linadi: toza, o‘rtacha tozalikdagi va ifloslangan. Urug‘lar tozalanmasdan saqlangan hollarda, ulardagi aralashmalar omborxonalarning foydali hajmining ko‘p qismini ishg‘ol qiladi, bu urug‘larni saqlashni qimmatlashtiradi. Tozalanmagan urug‘lar bir joydan boshqa joyga uzatilganda juda ko‘p chang chiqadi va mehnat sharoitlari yomonlashadi.


Mineral aralashmalar tufayli urug‘larda zambrug‘ va mog‘or mikroorganizmlari tarqaladi, urug‘larning o‘z-o‘zidan qizib ketishi sodir bo‘ladi. Urug‘lar quritilganda aralashmalar quritgichlarda tiqilib qolib yong‘inga olib kelishi mumkin.
Urug‘larning iflosligi har tomonlama yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ya’ni undan olinayotgan moyning sifati yomon bo‘ladi, chiqayotgan moy miqdori kamayib ketadi va texnikalarni befoyda ishlashga ta’sir ko‘rsatadi.

Mineral aralashmalar uskunalarning yeyilishini tezlashtiradi, kunjaradagi, shrotdagi oqsil miqdorini kamaytiradi, kulning miqdorini oshiradi, shrotdagi moy miqdorini kamayishiga olib keladi, moyni ta’mini buzadi va uning taxrlanishiga olib keladi.


Organik arolashmalar, qobiq xujayrasi (kletchatka) – kunjara va shrotning oziqa sifatini yomonlashtiradi, moyning yo‘qolishini oshiradi.

Moyli aralashmalar tayyor mahsulotning sifatini yomonlashtiradi. Bu aralashmalarning ko‘p miqdorda bo‘lishi, moyni iste’mol qilib bo‘lmaslik darajasigacha olib keladi, chunki moyning kislota soni ko‘payib ketadi.


Metall aralashmalar – mashinalarning yemirilishini va sinishini oshiradi, kunjara va shrotning oziqa sifatini yomonlashtiradi.
Ushbu salbiy ta’sirlar bo‘lmasligi uchun moyli urug‘lar qayta ishlanishdan olin ikki davrda tozalash jarayonidan o‘tadi:
birinchi xom ashyoni saqlashdan olin tozalash;

ikkinchi qayta ishlashdan oldin tozalash yoki sanoat uchun tozalash.


Xom ashyoni tozalash usullari va prinsiplari quyidagicha:
Xom ashyolarni aralashmadan ularning shakli va o‘lchamlariga asosalangan, elakli yuzalarda tozalash usuli;

  1. Xom ashyoni aralashmalardan ularning aerodinamik xususiyatlaridan farqlanashiga asoslanib tozalash usuli;

  2. Urug‘lik va aralashmalarning metallomagnit xususiyatlarning farqlanishiga asoslanib tozalash usuli;

  3. Moyli urug‘larni aralashmalardan suv yoki biror bir eritma yordamida yuvib tozalash.

5. Moyli urug‘larni aralashmalardan mexanik ta’sir yoki ishqalash yo‘li bilan ajratish bu usul quruq holatda yuvish usuli.


Download 26.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling