Ularni tozalash usullari


Moyli urug‘larni quritishning asosiy turlari va usullari


Download 26.28 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi26.28 Kb.
#1053843
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MOYLI URUG‘LARDAGI ARALASHMALAR VA

Moyli urug‘larni quritishning asosiy turlari va usullari. Xom ashyoni qabul qilishdagi quritish. Bundan asosiy maqsad qabul qilingan xom ashyoning namligini saqlash uchun kerak bo‘lgan optimal namlikkacha tushirishdan iboratdir, ya’ni quritilgandan so‘ng xom ashyoning namligi uni kritik namligidan past bo‘lish kerak.

Moyli urug‘larni qayta ishlashdan oldin sanoat miqyosida quritish. Bu quritish turini qo‘llashdan maqsad xom ashyoning namligini bo‘lajak texnologik jarayonlarga kerak bo‘lgan namlikkacha yetkazib olishdan iborat.

Davlat standartlari tomonidan turli moyli urug‘larning namligi ularning kimyoviy tarkibi va saqlash chidamliligiga qarab belgilangan.

Moyli urug‘larning namligi bo‘yicha klassifikatsiyasi 4-jadvalda berilgan.



4-jadval


Moyli xom ashyolar


Urug‘ namligi, %


Kuruq xolati, ortiq emas


O‘rtacha quruq xolati


Nam holati


O‘ta nam, yuqorigi


yuqorigi

ortiq emas

yuqorigi

ortiq emas

1

Kungaboqar

8

8

10

10

13

13

2

Kleshivina

7

7

9

9

11

11

3

Soya

12

12

14

14

16

16

4

yer yong‘oq

8

8

11

11

13

13

5

Moyli len

8

8

10

10

13

13

6

Gorchitsa

10

10

12

12

14

14

7

Konop

11

11

12

12

14

14


























Chigit — gʻoʻza urugʻi; terib olingan paxtani qayta ishlab (toladan ajratib) olinadi. Terilgan paxta vaznining 55—60% Ch. hissasiga toʻgʻri keladi. Shakli tuxumsimon yoki noksimon, choʻzinchoq yoki kalta, boʻyi 1,5–15 mm, eni (diametri) 1–8 mm, ogʻirligi 70– 160 mg , 1000 donasining oʻrtacha vazni 120—140 g; qoʻngʻirjigarrang , qattiq qobiq va magʻiz (yadro)dan iborat. Ustki qavati (poʻsti)dan tola va momiq (lint) ajratib olinadi (qarang Paxta tolasi). Tola va tuklari koʻp keng qismi (toʻmtoq tomoni) xalaza, uch qismi mikropile (chang yoʻli) deyiladi. Ch. murtagi 2 ta urugʻpalla, urugʻpalla ostki boʻgʻin, iddiz qinidan iborat. Foydalanish maqsadlariga koʻra urugʻlik va sanoatda qayta ishlanadigan texnik Ch.larga boʻlinadi. Bir necha oydan bir ikki yilgacha yaxshi saqlangan Ch. fiziologik pishib yetilgan, sogʻlom va unuvchan boʻladi. Bexato va sogʻlom unib chiqishi uchun ivitiladi. Ch.ning muhim xususiyati uning epidermis hujayralarida bir hujayrali 20 mm dan 42–44 mm va undan ortiq boʻlgan tolalarning hosil boʻlishidir. Ch. magʻzi tarkibida 24 dan 29% ga qadar moy bor (qarang Paxta moyi). Oʻzbekiston yogʻmoy sanoati korxonalarida har yili 1,5— 2 mln. t texnik chigit qayta ishlanib paxta yogʻi, shulxa (Ch. poʻchogʻi), kunjara olinadi. Ch. chiqindilarini qayta ishlab, ulardan sellyuloza, spirt, lok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.


Download 26.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling