Ularni tozalash usullari
Moyli urug‘larni aralashmalardan ularning magnit xususiyatlariga
Download 26.28 Kb.
|
MOYLI URUG‘LARDAGI ARALASHMALAR VA
Moyli urug‘larni aralashmalardan ularning magnit xususiyatlariga
qarab va suv yoki eritmada yuvib tozalash usuli. Ma’lumki, moyli urug‘lar va ularning tarkibidagi mineral hamda organik birikmalar va ba’zi bir rangli metallar qoldiqlari magnit maydonda qutublarga tortilmaydi. Shuning uchun xomashyo tarkibidagi magnit maydon ta’sir qiluvchi aralashmalarni doimiy magnit, elektro-magnit yoki elektro-magnit separatorlari yordamida ajratib olinadi. Doimiy magnit ishlatilgan paytda bir necha takasimon magnit birlashtirilib, mahsulot o‘tayotgan lenta yoki nov, atrofiga qo‘yiladi. Faqat doimiy magnit quvvati kam bo‘lgani uchun va magnit \quvvati sekin-asta kamayib borganligi uchun xozirgi paytda kuproq doimiy elektr oqimi yordamida xosil qilinuvchi elektromagnit ishlatiladi. Elektromagnit xarakatdagi ma’sulotning tepa tomoniga osib quyiladi. Mahsulotdagi metall aralashmalari tortib olinadi. Bu xususda ayniqsa elektromagnitlarga nisbatan elektromagnit separatorlari ko‘proq effekt beradi. Sanoatda eng ko‘p tarqalgan elektromagnit separatorlari: DLS; SKET – GDR da; SE MDH da Yuqorida izohlangan uchala usul bilan ba’zi bir aralashmalarni ajratib bo‘lmagan holda mahsulotni «quruq» yuvish usuli qo‘llaniladi. Ma’lumki, ko‘z paytida yig‘ilgan moyli urug‘lar ustiga loy yoki loy bilan aralash ba’zi bir iflosliklar urug‘ ustiga qattiq yopishib qolgan holda bo‘lishi mumkin. Bunday paytda xom ashyoni qarama - qarshi yoki paralel yo‘nalishda xarakatlanayotgan lentalar yoki shyotkalar orasidan o‘tkazish mumkin. Lenta yoki shyotkalarning ishqalanish natijasida urug‘lar yuzasidan yopishib qolgan ifloslik ajratib olinadi, ya’ni xom ashyoni «quruq» yuvish sodir bo‘ladi. B
URUG‘LARNI NAMLIGIGA KO‘RA KONDENSATSIYALASH JARAYONI Moyli urug‘larni quritish va namlash nazariyasining asoslar. Quritish jarayonida urug‘larni biokimyoviy-fiziologik xususiyatlarining o‘zgarishi. Quritish jarayoning olinayotgan moy sifatiga ta’siri.
Professor P.A.Rebinder klassifikatsiyasi bo‘yicha moddalar tarkibidagi suv 3 xil turda bog‘langan holda bo‘ladi: ximiyaviy, fizik-ximiyaviy va mexanik. Kimyoviy yoki stexiometrik bog‘langan suv. Bu turdagi bog‘langan suv mahsulot bilan kimyoviy bog‘ orqali bog‘langan bo‘lib, suvni mahsulot tarkibidan siqib yoki bug‘latib chiqarish nihoyatda katta issiqlik energiyasi talab qiladi. Sanoat doirasida quritilayotgan xom ashyodan bunday turdagi suvni oddiy quritish yo‘li bilan uchirish mumkin emas. Moyli urug‘lar tarkibida kimyoviy bog‘langan suv nihoyatda kam bo‘lib, faqat mahsulotning tarkibidagi mineral moddalar bilan birikkan bo‘ladi. Masalan: Ca SO4 . 5H2O; CuSO4 . H2O Fizik-kimyoviy bog‘langan suv. Bu turdagi suv qattiq mahsulot tarkibida adsorbsiyalangan holda, osmotik ravishda yutilgan holatda, hamda strukturali suv holatida bo‘ladi. Quritish davrida birinchi navbatda strukturali, keyinchalik osmotik yutilgan va oxirida adsorbsiyalangan suv uchib chiqadi. Mexanik bog‘langan suv. Bu turdagi suv asosan xom ashyo tarkibidagi makro va mikro kapilyarlar ichidagi suvdan iborat. Bu kapillyar ichidagi suv kapillyar yuzasi tortilish kuchi va bosim ta’sirida ushlanib turiladi. Quritish paytida birchi galda mahsulotni pishirish uchun sarf bo‘lgan suv uchib ketadi, keyinchalik esa kapillyar bog‘langan suv uchadi. Mexanik bog‘langan suvni uchirish uchun esa issiqlik energiya sarflanadi. Yuqoridagi suvning bog‘lanish turlariga qarab, sanoatda bir necha turdagi quritish usullari qo‘llaniladi. Download 26.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling