Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni
Download 55.76 Kb.
|
Un tortish zavodlarida ishlab chiqarish jarayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. CHiqindilarni nazorat qilish.
- Foydalanilayotgan adabiyotlar
CHiqindilarning tasnifi.
Donlarni har xil uskunalar yordamida tozalanganda turli xil chiqindilar ajratib olinadi: separatorning g’alvirlaridagi qoldiq - yirik chiqindi; g’alviridan o`tgan mayda chiqindi; trierlardan uzun va kalta chiqindi; toshtozalagichdan mineral chiqindilar. Bundan tashqari aspiratsion changlar, donni yuvganda hosil bo`ladigan chiqindilar va magnit separatorlarida ajratib olinadigan metal chiqindilar ajratib olinadi. CHiqindilar tarkibida yaroqli don miqdoriga qarab asosan besh toifaga bo`linadi: - toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 50 % dan yuqori; - toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 30...50 % gacha; - toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 10...30 % gacha; - toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 2...10 % gacha; - toifa - tarkibida yaroqli don miqdori 2 % dan kam. CHiqindilarning V - toifasidan tashqari barcha chiqindi omuxta em ishlab chiqarish sanoatida ishlatilmaydi. 10. CHiqindilarni nazorat qilish. Donni tayyorlash bo`limida olingan chiqindilar buratlarda, trierlarda, aspiratorlarda nazorat qilinadi va ularning tarkibidan maksimal miqdorda yaroqli donlar ajratib olinadi. Donni tozalash bo`limida olingan chiqindilar ikki oqimda nazorat qilishga yuboriladi. Birinchi separatordan olingan chiqindilar, hamda jaydari un tortishda birinchi urib tozalovchi mashinalardan olingan chiqindilar (III - kategoriyali) N1 buratga yuboriladi. N2 buratda donni oxirgi tozalovchi mashinalardan olingan chiqindilarga ishlov beriladi. N1 buratni 1,6 nomerli metal simli g’alviridan o`tgan elanma mayda mineral changlar va qumlar, qisman organiq bo`lakchalar alohida sig’imga yuboriladi. N2 buratning birinchi 1,6 nomerli metal simli g’alviridan o`tgan elanma organiq bo`lakchalardan tashkil topgan, ularni III kategoriyali chiqindilarga yuboriladi. Ikkala buratdagi N5 g’alvirdan o`tgan elanma ham ozuqa ishlab chiqarish uchun qo`llaniladi, chunki tarkibida maydalangan donlar va ifloslantiruvchi aralashmalarning urug`’lari bo`ladi. N5 g’alvirning qoldig’i bilan olingan don tarkibidan yengil aralashmalar havo separatorida ajratib olingandan keyin umumiy don oqimiga qaytarib yuboriladi. Trierlarda dondan ajratib olingan kukol alohida bunkerga yuboriladi va keyin yo`q qilinishi shart. Uzunligi bo`yicha farq qiladigan uzun chiqindilar (suli, yovvoyi suli, arpa) II-III kategoriyali chiqindilarga yuboriladi. Hamma I-IV kategoriyali chiqindilar bolg’ali maydalagichda maydalanadi, chunki ifloslantiruvchi chiqindilarning urug`’lari, ayniqsa yovvoyi sulining urug`’i hayvonlarning hazm qilish organlaridan o`tgandan keyin ham unib chiqish xususiyatini saqlab qoladi. Hamma chiqindilar avtomatik tarozida o`lchanadi. Foydalanilayotgan adabiyotlar Egorov G.A., Mel’nikov E.M., Maksimchuk B.M. Texnologiya muki, krupi, kombikormov. M. Kolos, 1984 g. Egorov G.A., Martinenko YA.F., Petrenko T.P. Texnologiya i oborudovanie mukomol’noy, krupyanoy i kombikormovoy promishlennosti. M, MGAPP. 1996 g. Butkovskiy V.A. Texnologiya mukomol’nogo, krupyanogo i kombikormovogo proizvodstva. M. Agropromizdat, 1989 g. Merko I.T. Texnologiya mukomol’no-krupyanogo proizvodstva. M. Agropromizdat 1985 g. Download 55.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling