7.5. Donning shaffofligi.
Bu ko`rsatkich don endospermi mikrotuzilishining xususiyatlarini ko`rsatadi, u bug’doy, sholi, arpa, javdar va tritikali donlari uchun hisobga olinadi.
SHaffofsimon dondan un tortilganda endosperm oson ajratib olinadi, un esa yuqori nonbop qimmatga ega bo`ladi. SHaffofsimon arpa donidan olingan dursimon va maydalangan yorma tez pishadi, bo`tqasi esa uvalanib ketadigan bo`ladi, yormaning o`zi esa ko`rkam tovar ko`rinishiga ega bo`ladi. Xuddi shu ko`rinish sholi doni uchun ham xos.
Un ishlab chiqarish amaliyotida bug’doy doni uchun shaffoflikning uchta guruhi o`rnatilgan: 40 % gacha, 40 dan 60 % gacha va 60 % dan yuqori. Un tortish uchun tayyorlanadigan aralashmani tuzishda shaffoflikni 50-60 % darajasida ushlab turish tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |