Donning yirikligi va yirikligi bo`yicha tekislanganligi
Donlarning yirikligi geometrik o`lchamlar bilan tavsiflanadi (uzunligi, qalinligi, eni). Bu o`lchamlarning bir xilligi donlarning yiriklik bo`yicha tekisligini bildiradi.
Qaysiki o`lchamlar chegarasidagi (masalan: uzunligi bo`yicha 2,2...2,5x20 mm g’alvirda qolgan donlar) donlar miqdori 80 % dan ortiq bo`lsa, don shu o`lchamda yirikligi bo`yicha tekislangan deyiladi.
Yirik donda mag’iz ko`proq, qobiqlari yupqa va kamroq bo`ladi. Mayda donda esa, aksincha mag’iz kamroq, qobiqlar qalin va ko`proq shuning uchun mayda don tarkibidagi kletchatka, gemetsellyuloza, kuldorlik va oqsili ko`pliligi bilan farq qiladi. Oqibatda mayda dondan un kam va sifati past chiqadi. Yirik dondan qobiqlari yengil ajraladi, un va oraliq mahsulotlar ko`proq va sifatli chiqadi.
Donning uzunligi, eni va qalinligi bo`yicha tabiiy yuqori variatsiyalanishi ajratish, yanchish, qobiq ajratish, gidrotermik ishlov berish jarayonlarining eng samarali ko`rsatkichlarini bir xil tanlashga yo`l qo`ymaydi. YUqori texnologik natijalarni ta`minlash uchun qayta ishlashga yuborilayotgan don partiyalarining o`lchamlari bo`yicha tengligi katta ahamiyat kasb etadi. Don partiyalarining tengligini oshirish uchun donning mayda fraktsiyasi ajratib olinadi va partiyalar bir necha fraktsiyalarga ajratiladi.
Mexaniq ta`sir natijasida tez sinadigan, mag’zi uncha mustahkam bo`lmagan grechixa, sholi kabi donlarni qobig’ini ajratishdan oldin fraktsiyalarga ajratish juda muhim. Agar o`lchamlari turlicha bo`lgan donlar qobiq ajratishga yuborilsa, yirik donlar mag’izining sinishi yoki mayda fraktsiya donlarning qobig’i ajralmay qolishi yuz beradi.
Arpani qayta ishlashda o`rnatilgan norma bo`yicha dursimon yormaning sifati va chiqishini 2a-22x20 g’alvirining elanma miqdori 5 % dan ko`p bo`lmagan don partiyasigini ta`minlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |