Xom ashyoni joylashtirish. Zavodda mavjud bo`lgan omborlarga xom ashyoni to`g`ri joylashtirish uchun, ya`ni ishlab chiqarishga xom ashyoning barcha turlarini uzatish imkonini yaratish, shuningdek uni saqlashni ta`minlash maqsadida xom ashyoni joylashtirishning oylik operativ rejasi tuziladi. Bu rejani korxonaning direktor urinbosari, omixta yem va tashuvchi-ombor tsexi boshliklari, ishlab chiqarish texnik laboratoriya, hamda xom ashyo omborlari mudirlari bilan birgalikda tuzadi va uni korxona direktori tasdiklaydi. Reja zaruriyat tugilganida, uzgartirilishi okibatida, masalan, etkazib beriladigan xom ashyoning sifati va muddati uzgarganda aniqlik kiritiladi. Xom ashyoni joylashtirish sxyemasi tugilganda mavjud omborlar sigimidan ratsional foydalanish zaruriyati, xom ashyoning sifatini (masalan, ho`l proteinning turlicha miqdoriga ega bo`lgan baliq uni partiyalari aloxida shtabellarga joylashtiriladi). e`tiborga olgan holda joylashtirish, saqlash jarayonida xom ashyoni minimal darajada tashish zaruriyati e`tiborga olinadi. Xom ashyoni joylashtirish rejasini tuzishda ombor maydonining 10 foizi, omborchi ishlarini o`tkazish uchun rezervlanadi, elevatorlarda esa har bir silos osti konveyeri uchun bitta silos zaxira uchun saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |