Зоология ва экология


Xom ashyoni qayta ishlashga uzatish


Download 1.35 Mb.
bet185/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Xom ashyoni qayta ishlashga uzatish. Zaruriyat bo`yicha omborda saqlanadigan xom ashyo qayta ishlashga beriladi. Bu maqsad uchun asosan zanjirli konveyer ishlatiladi. Xom ashyo silosdan bevosita zanjirli konveyerga tushadi, polli omborlarda esa uni elektrbushatgichlar bilan tarasizlantiruvchi shkafga olib kelinadi. Bur va tuzni ishlab chiqarishga uzatish sezilarli kul mexnati harajatlarini talab qiladi. Ba`zi bir korxnalarda poyali omborlarda bnker sigimlari zavodining taxminan bir kunlik ishiga teng qilib tayyorlanadi. Xom ashyo idishsizlantirish mashinalariga bukish jarayonida idishsizlantirish mashinalariga tukish jarayonida idishsizlantiriladi, sungra bunkerga yunaltiriladi. Bu holda xom ashyoni ishlab chiqarishga uzatish soddalashadi.

Omixta yem zavodlari bilan bir katorda rezinakordli konteynerlarni achitqilar, pichan uni, bur va poyali ombordagi xom ashyolar bilan tuldirish uchun mexanizatsiyalashgan nuktalar tashkil qilinadi. Rezinakordli konteynerlar ombor bo`yicha monorel’slarda elektryuklagichlar yoki elektrtel’fera yordamida harakatlanadi. Konteynerlarni omborlarda ikki yarusga joylashtirish mumkin.

Melassa, gidrol ozuqabop hayvon yogi, xolinxlorid, fosfatidan kontsentrat maxsus jixozlangan sigimlarda, shuningdek idishlarda saqlanadi va korxonaga shunday kelib tushadi.

SHuni e`tiborga olish kerakki, xom ashyoni qabul qilish va un ishlab chiqarishga uzatish operatsiyalari omixta yem ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida mexnat talab bo`lib, ularni mexanizatsiyalashtirish bo`yicha barcha chora-tadbirlarni qo`llash zarur.

Asosan shrot va boshqa xom ashyoni chiqarishda pnevmatik trasportlardan foydlanish istiqbolli hisoblanadi.

Donli va asosan unli xom ashyolarni vagonlardan bushatishda yuqori chang hosil bo`lish kuzatiladi, shuning uchun aspiratsiyalar ishga uzgacha e`tiborni karatish kerak.

2. Omixta yem zavodlarida xom ashyoni ajratish.

Omixta yem zavodlariga kelib tushadigan omixta yemning ko`p sonli komponentlari, asosiy turdagi xom ashyo bilan bir katorda sezilarli darajada aralashmalarga ham ega. Bu turli xildagi xom ashyoni ishlab chiqarish tavsifi bilan bog`liq. Bir moddaning ikkinchisidan ayrilishi - ajratishdir. Omixta yem sanoatida bu jarayon keng qo`llaniladi va turli texnologik vazifalarni bajarishni donli, unli xom ashyoni va suyuk komponentlarni tozalashda aralashmalar ajralishini, yirikligi bo`yicha saralashni, maydalangan komponetlarni fraktsiyalarga ajratishni, sochiluvchan va donador tayyor mahsulotni va boshqalarni nazorat qilishni ta`minlaydi.

Don massasining ifloslanishi xattoki yuqori agrotexnikada ham unga mansubdir. Don massasida, asosiy ekin turi (bugdoy, makkajuzori, arpa, suli va b.) dan tashqari organiq va mineral kelib chiqishli, shuningdek metallomagnit aralashmalar ham mavjud. Aralashmalar asosiy ekin turi donidan (yoki boshqa komponentlardan) bitta xossasi bilan yoki ularning yigindisidan: morfologiyasi, yuza holati, rangi, shakli, zichligi, aerodinamik xossalari va boshqalar bilan farq qiladi.

Donni aralashmalardan tozalash uchun texnologik uskunalar qo`llaniladi, qaysiki ularning ishi asosan don ekinlari va ularni ifloslantiruvchi aralashmalarning turli xossalaridan foydalanishga asoslangan.




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling