Mavzu №4/1 Maxsus jixozlangan o’q otish joylari. (tir) Mavzuni maqsadi


Download 81.5 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi81.5 Kb.
#1453492
  1   2
Bog'liq
Маъруза 4.1.


Mavzu №4/1 Maxsus jixozlangan o’q otish joylari. (tir)
Mavzuni maqsadi:
1.Talabalar bilan harbiy – sport qurilmalarining tuzilishini o’rganib chiqish.
2.Mashg’ulot o’tkaziladigan o’quv maydoncha va ob’ektlarga bo’lgan asosiy talablarni o’rganib chiqish.
3. Yoshlarni vatanparvarlik hissiyotiga boy tarzda ongli va jasur qilib tarbiyalashda Xarbiy sport va sport inshootlari faning ahamiyati.
4. Harbiy-sport va sport inshootlariga bo’lgan talabni xisoblashda amaliy ko’nikmalar xosil qilish, texnik xujjatlarni tanlashda amaliy ko’nikmalarni hosil kilish;
O’quv savollari
1. Tirlarning vazifasi, klassifikastiyasi va turlari. Tirlar proektining o’ziga xosligi. Kichik kalibirdagi va pnevmatik qurollardan otish tirlarini qurish asoslari.
2. O’t zonasini pardevor konstro’qstiyalariga bo’lgan talablar va xisobi. Tir qurilishida ishlatiladigan qurilish materiallari.
3. Tir va o’q otish maydonlari.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
1. Sotvoldiev A. CHaqiriqqacha harbiy ta`limni tashkil etish va uning metodikasi/ O’quv qo’llanma. – T.: “Aloqachi” nashriyoti, 2010.
2. Boshlang`ich umumqo’shin harbiy tayyorgarlik bo’yicha; O’quv qo’llanma (Tuzuvchi B.B.Gafurov); O’z R. Mudofaa vazirligi jangavor tayyorgarlik boshqarmasi. – T.: “SHarq”, 2005.
3. O.Ortiqov va boshqalar. CHaqirurga qadar boshlang`ich tayyorgarlik: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma. I–II Qism. 6-nashr. – T.: Ilm ziyo – 2013.
ADABIYOTLAR:
1. Jismoniy tarbiya qo’llanmasi 2009-y NFP,
2. O’quv uslubiy qo’llanma va Majmualar to’plami
3. O’quv ba’zasi jismoniy va NFPyoshlarni M.Voenizdat 1985y
4. Sport inshootlari Yu.A.Gagin.

A S O S I Y Q I S M
1-O’quv savoli: Tirlarning vazifasi, klassifikastiyasi va turlari. Tirlar proektining o’ziga xosligi. Kichik kalibirdagi va pnevmatik qurollardan otish tirlarini qurish asoslari.
Tir — bu maxsus nishonga qarab o’q (qabul) uzishga mo’ljallangan joy yoki inshoat bo’lib, orqada otish chizig’i, oldinda o’q qabul qiluvchi, tuproq devor, yonlaridan devor yoki tuproq tepalik bilan o’ralgan bo’ladi.
Tir ochik, yarim yopik va yopik bo’lishi mumkin. Xar bir tir o’t zonasi va o’qchi pavilondan iborat bo’ladi. O’t zonasiga o’t chizig’i bilan o’q qabul qiluvchi tuproq devor orasidagi masofa xisoblanadi.
Yopik tipdagi tirlarda to’siqlar vazifasini devor va bostirma bajaradi. Yarim yopik turdagi tirlarda bostirma bo’lmaydi, tepaga qarab uchgan o’qlarni to’tish uchun o’q o’tkazmaydigan trakeslar urnatiladi.
O’qchi pavilon turli maksadda foydalanishga mo’ljallangan xonalar kom- pleksidan iborat.
Yopik turdagi tirlarda o’qchi pavilon va o’tli zona bir butunni tashkil qilib bitta joyda bo’lish mumkin.
Yarim yopiq tirlarda o’qchi pavilon o’tli zonaga tutashgan bo’ladi. O’qchi pa- vilonning asosiy xonasi — o’q galleriyasi. O’q galleriyasi o’tli zonadan pardevor bilan ajratib quyilishi mumkin.
O’q galleriyasi o’q otish uchun ajratilgan pozistiya va xakamlar joyi, komanda a’zolari, trener va tomoshabinlar uchun ajratilgan qismlardan iborat.
Yopik tirda o’q galleriyasi o’q zonasidan odatda to’siq bilan ajratilmay, balandligi 1,1 m barer bilan ajratiladi. O’qchi pavilonda kutish zonalari, qurol tozalash, o’qchi sinf, xojatxona bo’ladi. Ularning kattaligi va soni tirning turi va katta-kichikligiga bog’lik.
Maktab tirlarini qurilishi va ishlatilishida to’liq xavfsizlik kafola- tini bera olish talablaridan kelib chiqish kerak.
- yarim yopik tir o’rab olingan bo’lishi kerak.
- yon devorlarida eshik yoki eshik o’rni, tovcha bo’lishi mumkin emas. Nishonga faqat o’q otish to’xtatilgandan keyin yaqinlashish mumkin.
Yarim yopik tirlarni janubdan shimolga qarab o’q otishni mo’ljallab ko’rish kerak. Bunday qurilgan tirlar yaxshi yoritilgan bo’lib, quyosh nurlari ko’zga urmaydi. Yopik tirning o’q galleriyasi va boshqa xonalari sun’iy yoritilishi kerak.
Tir qurishni qaror qiligan raxbar uning turi, kattaligi, konstrukstiyasi, qurilish ishlarining xajmi, ish kuchi, kerak bo’ladigan mablag’ va qurilish materiallarini xisobini olib, ob’ektlarning proektini tuzishi kerak, keyin qurilish proektiga inshoat chizmasi, moliyaviy xisob xam kiradi.
O’t zonasini qurish uchun maktab binosining fundamentiga 10,25,50 m uzunlikda tonel qaziladi. Uning chuqurligi 1,6-1,8 m bo’lib, bu chuqur ariqqa beton quvur yoki issiklik trassalarini o’tkazish uchun qo’llaniladigan beton konstruqstiyalar quyiladi. Yoki devorlari g’ishtdan terilib, tosh bilan beton plitalardan qilinadi.

Download 81.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling