Xom ashyoni qabul qilish. Omixta yemni rejalashtirilgan assortimentda ishlab chiqarish va korxona ishining uzluksizligini ta`minlash uchun xom ashyoning barcha turlari bo`yicha ma`lum zaxira tashkil qilinadi, hamda sistyematik ravishda tuldirilib boriladi. Ishlov beriladigan xom ashyoning asosiy miqdori temir yo`l transportidan va faqat katta bo`lmagan qismi avtomobil transportidan etkazib beriladi.
Xom ashyo sochma holda (don, kepak, tuz, bur va boshqalar) va idishlarda (gusht suyagi uni, baliq uni, achitki, pryemikslar, ozuqa fosfati va boshqalar) kelib tushadi.
SHunday qilib zamonaviy omixta yem zavodlarining me`yoriy harakatlanishida temir yo`l transporti va avtomobil uchun yo`llar, temir va avtomobil yo`llaridan xom ashyoni qabul qilish uchun mexanizatsiyalashgan kurilmalar va xom ashyoni sochma hamda idishlashtirilgan ko`rinishida saqlash uchun omborlar bo`lishi kerak. Bu omborlarda xom ashyoni ishlab chiqarishga uzatish uchun mexanizmlar bo`lishi kerak. Idishlardagi xom ashyo oddiy omborlarda, sochiluvchan ko`rinishli xom ashyo asosan silos tipidagi omborlarda va zaruriyat tugildangina oddiy omborlarda saqlanadi. Sun`iy yo`llarda xom ashyoni idishsiz holda etkazib berishi ortib borayapti, buning natijasida idish uchun, shuningdek ishlab chiqarish joyida xom ashyoni idishlarga joylashtirish va iste`mol joyida idishsizlantirish uchun ketadigan harajat kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |