11. Mavzu. Aholi yashash joylaridagi yashash uylari va ularni joylashtirish shartlari. Reja


Download 176.54 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi176.54 Kb.
#1151259
  1   2   3   4
Bog'liq
11. Мавзу4


11. Mavzu. Aholi yashash joylaridagi yashash uylari va ularni joylashtirish shartlari.
Reja.
1. Aholi uy-joylarining turlari, ularning ijtimoiy, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, uylarni quyosh nuri tushib turishini va relefini xisobga olgan holda joylashtirish.
2. Binolarning nishabligi katta joylarda joylashtirish shartlari va usullari.
Aholi yashaydigan xududdagi uy-joy, jamoa binolari va inshootlarni,loyixaning tarkibiy qismini etiborga olgan holda joylashtiriladi. Loyixaning tarkibiy qismi deb,tashkiliy jixatdan mustaqil, funksional xizmati,umumiy tuzilishi, joylashtirilish tartibi jixatdan bir xil bo‘lib, axoli yashaydigan xududning aloxida qismlari bo‘linishiga aytiladi. Aholi yashaydigan xududning bundan qismlari loyixaning tarkibi birligi hisoblanadi.
Loyixaning tarkibi birligini tashkil qilishda axolining amaliy talablarning kondirilishi-yashash sharoiti, madaniy - maishiy xizmat kursatlishi va x.k.asos qilib olinadi.
Loyixaning tarkibiy qismlari boskimcha-boskich tizim asosida tuziladi.
1. Loyixaning birinchi tarkibiy birligi, birinchi axoli yashash tuzilmasi, xisoblanadi. Birinchi axoli yashash tuzilmasining axolisi - 200-500 kishidan iborat bo‘lb, 3 - 4 kvartallardan tashkil topadi,maydoni - 0,50-0,80 ga bo‘lib,uning 40 - 50% ko‘kalamlashtiriladi, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar va qariyalarning dam olish uchun maydonchalar joylashtiriladi. Birinchi axoli yashash tuzilmasiga tor ko‘chalar, yulaklargina xizmat qiladi va bu erdan ko‘chalar kesib o‘tmaydi. (13-rasm).
2. Bir necha birinchi aholi yashash tuzilmalari birlashib kichik mavzesi dahasini (mikrorayonni)-loyixaning ikkinchi tarkibiy birligini tashkil qiladi. Aholi soni 1,0-1,5 iming bo‘lishi mumkin. Bu erdan katta ko‘chalar kesib o‘tmaydi. Kichik mavze dahasining o‘z jamoa markazi bo‘lib, u erda har kuni xizmat kiladigan korxonalar joylashadi.
3. Bir necha kichik mavze dahalari birlashib aholi yashaydigan joyning ma’muriy daxasini tashkil etadi. Maydonini xar kuni vakti - vaktida foydalanadigan madaniy - maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining xizmat kilish radiusi bilan aniklanadi.
Bu joyda bog‘lar, istiroxat bog‘i, sport inshootlari barpo etiladi. Ma’muriy daha chegarasi, markaziy ko‘chalar, katta transport magistrallari bilan aniklanadi.
4. Bir necha ma’muriy daxalar axoli yashaydigan daxani tashkil kiladi. Maydoni maxsus, yirik ikki uch oylarda bir marotaba foydalaniladigan madaniy - maishiy, ma’muriy kommunal korxonalarning xizmat qilish radius bilan belgilanib, daryo, kanal, suv xavzalari va x.k. bilan chegaralanadi. Bu joyda madaniy xordiq chiqaradigan, dam oladigan istiroxat bog‘i, sport inshootlari joylashtiriladi.
5. Bir necha axoli yashaydigan daxalar aholi yashaydigan xududni tashkil qiladi. Axoli yashaydigan joylarning katta kichikligiga qarab, uning tarkibiy qismidagi ayrim bosqichlari bulmasligi ham mumkin. Masalan: kishloq xo‘jaligidagi kichik aholi yashaydigan joylar loyixasining birligi faqat kichik mavze dahasidangina tashkil topishi mumkin.
1-rasm. Birinchi aholi yashash tuzilmasi.

Download 176.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling