11. Mavzu. Aholi yashash joylaridagi yashash uylari va ularni joylashtirish shartlari. Reja


-rasm. Aholi yashaydigan xudud tarkibi


Download 176.54 Kb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi176.54 Kb.
#1151259
1   2   3   4
Bog'liq
11. Мавзу4

2-rasm. Aholi yashaydigan xudud tarkibi.
Qishloq xo‘jaligidagi uylar va ularni joylashtirish shartlari. Xozirgi zamon qishloq xo‘jaligi kurilishida uch xil axoli uylari turi ko‘llaniladi: bir oilaga muljallangan tomorqali, ikki oilaga mo‘ljallangan tomorqali birlashtirib kuriladigan uylar va tomorqasiz seksiyali uylar.
Tomorqa uchastkalarida quriladigan uylar - shaxsiy uylar bo‘lib, bir ikki kavatli va bir yoki ikki oilalarga mo‘ljallangan bo‘lib, ikki uch turt xonali va xokazo uylar kiradi. Bu uylarning asosiy kurinishi ko‘chaga qaratib va undan 4-5 m ichkariga joylashtiriladi. Ko‘cha bilan uy orasidagi maydonga gulzorlar, mevali yoki manzarali daraxtlar ekish tavsiya etiladi. Xovli ichkarisiga xo‘jalik imoratlari quriladi. Uy ichidagi xonalarni kuyosh nuri bilan eritilishini hisobga olgan holda joylashtiriladi.
Birlashtirib kuriladigan uylar ikki qavatli bo‘lib, alohida yashaydigan oilalarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bir oila uchun mo‘ljallangan xonalar ham birinchi, ham ikkinchi qavatda joylashib, ulardan foydalanishda kvartira ichida qurilgan zinapoyalardan foydalaniladi. Birinchi qavatda umumiy yashash xonasi, oshxona yuvinadigan xona, xojatxona va x.k. ikkinchi qavatda esa dam olish xonalari joylashgan bo‘ladi. Har bir kvartiraga ham ko‘cha tomonidan, ham hovli tomonidan kiriladi.
Bir kvartira bilan ikkinchi kvartira oralig‘i onasiz devor bilan chegaralanadi. Har bir oila mustaqi shaxsiy yashash joyiga ega bo‘lib, tomorqa uchastkalarida o‘z faoliyatini yuritishga sharoit yaratiladiyuBunday uylarning xajmi katta, ko‘rinishi chiroyli va injenerlik inshootlaridan foydalanish 2 – 3 marotiba tushadi.
Seksiyali uylar. Seksiyali uylar asosan ko‘p qavatli bo‘ladi. Har qaysi seksiyadagi kvartiralar bir zinapoyadan foydalaniladi. Bir uyda 2, 4 va undan ko‘p seksiya bo‘lishi mumkin. Seksiya uylarni joylashtirishda ularning xonalariga tabiiy erugli va kuyosh nuri tushib turishi hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi sharoitda hamma uylarning oldi tomoni ekvatorga parallel joylashtirilishi tavsiya etiladi. Kvartira xonalarining oynalari ikki tomonidan ko‘yilgan bo‘lsa, bunday uylarni hamma tomonga qaratib joylashtirish mumkin.
1 ga seksiyali uylar joylashgan xududdagi yashash maydonning zichligi (qabul qilingan me’yorlar) kv/ ga:
ikki qavatli uylarda 4000
uch qavatli uylarda 5300
turt qavatli uylarda 5700
Aholi uylarini yong‘indan saqlash, tozalik masofalari va releflarni hisobga oldgan holda joylashtiriladi.
Yong‘indan saqlash masofalari. Aholi yashaydigan xududdagi hamma binolar oralig‘idagi yong‘indan saqlash masofasi, ularning yong‘inga chidamliligi bilan aniklanadi. Binolarning yong‘inga chidamliligi, qurilgan material va konstruksiyasining olovda yonshiga bog‘liq bo‘yib, uch guruxga bo‘linadi: yonmaydigan, kiyin yonadigan va yonadigan.
Yonmaydigan materiallar olov va yukori xaroratda tutamayi, alanga olmaydi va yonmaydi. Bularga tabiiy, sun’iy yonmaydigan organik minerl materiallar va quilishda ishlatiladigan metallar kiradi.
Qiyin (yomon) yonadigan materiallar, olov yoki yukori xaroratda tez yonmaydi, tutaydi, fakat olov ta’siri davom etgandagina yonadi. Yong‘in manbasi, yukotilganda, tutashi, yonishi to‘xtaydi. Masalan, yonadigan va yonmaydigan materiallar aralashmasidan ishlangan, yonadigan materiallarni maxsus yonmaydigan aralashmalar bilan ishlangan (loy, gips bilan suvalgan) bo‘lishi mumkin. Yonadigan binolar va inshootlar materiallariga, yonadigan organik moddalar, yog‘ochdan ishlangan eshik, deraza va devollar, qamish bilan yopilgan xo‘jalik binolari va x.k. kiradi. Yong‘indan saqlash masofalari 1 – jadvalda ko‘rsatilgan.

Download 176.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling