Зоология ва экология


Granuladan yormacha olish texnologiyasi


Download 1.35 Mb.
bet217/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

3.11. Granuladan yormacha olish texnologiyasi

YOsh parrandalarni, tovuklarni va baliqlarni bokish uchun yormacha ko`rinishidagi yem ishlab chiqariladi, ularning granulometrik tarkibi turli yoshdagi jonivorlar uchun turlicha va mos standartlarda ko`rsatilgan. Diametri 2 yoki 3 mm li granulalarni ishlab chiqarish iqtisodiy samarasiz, chunki unda press-granulyatorning unumdorligi pasayadi, presslash uchun elektr energiyasi sarfi ortadi va matritsalar tez ishdan chiqadi. Granulalarni maydalagan holda yormachalar olish samarali hisoblanadi. Koidaga binoan maydalagichlarda maydalash yo`li bilan granuladan diametri 10 mm bo`lgan yormacha ishlab chiqariladi va galvirlarda ketma-ket saralanadi. Diametri 4,7 mm bo`lgan granuladan yormacha ishlab chiqarishda press-granulchtorning unumdorligi oshadi, ekspluatatsion chikimlar va elektroenergiyaning sarfi kamayadi. Bundan tashqari teshik diametrlari 2 mm bo`lgan matritsalarning boshlangich bahosi ancha yuqori, ishlab chiqariladigan granula miqdori bilan belgilanadigan chidamliligi esa diametri 4,7 mm bo`lgan matritsaga nisbatan past. Granulalar maxsus konstruktsiyali valli dastgoxlarda maydalanadi va ular sovo`tish kolonkalari ostiga urnatiladi.

Yuqori sifatli yuqori chiqishli yormacha olish uchun granulalashga uzatiladigan sochiluvchan omixta yem ma`lum yiriklikda (teshik diametri 2 mm bo`lgan galvir koldigi 5% dan oshmasligi kerak) bo`lishi kerak. YOrmacha ishlab chiqarishda kesilgan valli (1 sm ga 2...2,8 rifli aylanma tezligi nisbati 1,0...2,5) dastgoxlarni ham qo`llash mumkin.

Maydalangan granulalar elovchi mashinalarda ikkita galvir bilan saralanadi: yuqorigi galvir koldigidan yirik qismlar va bo`tun granulalar olinadi hamda takroriy maydalashga uzatiladi, qo`yi galvir koldigidan - tayyor yormacha, elanmadan - unsimon mahsulot olinadi va yana presslashga uzatiladi.

23-rasmda granuladan yormacha ishlab chiqarishning texnologik sxyemasi keltirilgan. Sochiluvchan yem granulalash uchun bunker 1 dan pitatel va aralashtirgichlar orqali pressning presslovchi qismiga 2 uzatiladi. Tayyor granulalar kolonka 3 da sovo`tiladi, u erdan DG-III maydalagichiga yoki aloxida turuvchi valli dastgoxga uzatiladi. DG-III maydalagichida sekin aylanuvchi valning tez aylanuvchi valga bo`lgan nisbati 1:1,5 ni tashkil qiladi, vallar orasidagi oralik 2 mm ga yaqin valli dastgoxda tez aylanuvchi valning aylanma tezligi 4,5-5,0 m/s

Granuladan yormacha ishlab chiqarish sxyemasining tugallovchi operatsiyasi elovchi mashinada 4 yoki separatorda saralash jarayoni hisoblanadi. VNIIKP tadkikotiga binoan maydalangan granulani teshik diametri 3, 4, 5 mm bo`lgan galvirlarda saralash etarli. Tarkibiga mayda fraktsiyalar kiradigan galvir elanmasi tayyor mahsulotning silos korpusiga junatiladi, koldik esa takroriy maydalashga beriladi. 24 - rasmda granuladan yormacha ishlab chiqarish texnologik sxyemasining variantlari ko`rsatilgan.


24-rasm. Granuladan yormacha ishlab chiqarishning texnologik sxyemasi (a,b,v)

1-bunker; 2-press-granulyator; 3-sovo`tish kolonkasi; 4-maydalagich; 5-elovchi mashina; I-sochiluvchan omixta yem; II-koldik; III-yormacha


Sxyema bo`yicha (24-a rasm) sovo`tish kolonkasidan va maydalagichdan keyin ikkita galvirli elovchi mashina urnatilgan. Yuqori galvir koldigi sovo`tish kolonkasiga uzatiladi, ya`ni press-granulyatordan kelib tushadigan granula okimiga birlashadi.

Yuqorigi galvir elanmasi yoki ikkinchining koldigi asosiy mahsulot - yormachani nomoyon qiladi, qo`yi galvir elanmasi esa takroriy presslashga junatiladi.

Ikkinchi variant ancha keng tarkalgan (24-b rasm). Bu sxyemada elovchi mashinada bitta galvir, uning koldigi sovo`tish kalonkasiga va sungra pressdan kelib tushuvchi yangi partiya granula bilan takroriy maydalashga yunaltiriladi. Galvir elanmasi asosiy mahsulot hisoblanib, mayda fraktsiya bilan birgalikda tayyor mahsulot silosiga kelib tushadi.

Uchinchi variant bo`yicha (24-v rasm) sxyemaga qo`shimcha ravishda aloxida turuvchi maydalagich ulanadi. Bu yormacha chiqishini ko`paytirish uchun qilinadi, chunki saralangandan keyin koldik fraktsiyalarini maydalash uchun birinchi maydalagichga karaganda boshqa xil ko`rsatkichlarga ega bo`lgan, sovo`tish kolonkasidan keyin bo`tun granulalarni qabul qiluvchi maydalagichlarga uzatiladi.

Bunday variant sovo`tish kolonkasi ostida urnatilgan maydalagichni yengillashtiradi va yormachani birinchi hamda ikkinchi variant bo`yicha uzatadi.

Bundan tashqari bunday texnologik usul uz tarkibida ikkitadan ortik pressga ega bo`lgan tsex yoki granulalash liniyasida bir vaqtning uzida bir necha granulalash liniyalarida elovchi mashinalar koldiglarini qo`shimcha maydalashga imkon beradi. Texnologik sxyemaning bu varianti omixta yem zavodlari ishining tajribasiga kura ancha samarali hisoblanadi.


Takrorlash uchun savollar:

  1. Omixta yem zavodlariga xom ashyo qanday joylashtiriladi va saqlanadi?

  2. Omixta yemga gidrotermik ishlov berishning ahamiyati nimadan iborat?

  3. Omixta yem qaysi usullar yordamida ajratiladi?

  4. Komponentlarni maydalash va pustini ajratish jarayonini tushuntiring, uskunalarni tavsiflang.

  5. Qaysi uskunalarda komponentlar dozalanadi va aralashtiriladi?

  6. Omixta yemga suyuk komponentlar qanday va nima maqsadda kiritiladi?

  7. Granulalash liniyasi qanday texnologik operatsiyalardan tashkil topgan?

Tayanch iboralar:

Ekstruderlash, komponentlarni kovurish, ajratish, xavo-galvirli ajratish, jonli kesim koeffitsienti, elash, doimiy magnitlar va magnit kolonkalar, maydalan usullari, tukmoqli drobilka, qobiqli ekinlar, hajmiy dozalash, tarozili dozalash, aralashtirish, aralashtirgichlar, suyuk komponentlar, granula.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling