Зоология ва экология


Ozuqa va omuxta yemning umumiy tavsiloti


Download 1.35 Mb.
bet230/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Ozuqa va omuxta yemning umumiy tavsiloti.

O’simlik va hayvonlardan olinadigan mahsulotlar, shuningdek mineral moddalar qishloq xo’jalik hayvonlari uchun ozuqa bo’lib hisoblanadi. Chorvachilik amaliyotida ozuqalar ularning kelib chiqishidan, konsistentsiyasidan va ozuqaviyligidan bog’liq holda dagal, sersuv, kuk, kontsentrlangan, mineralli va turli ishlab chiqarish chikindilariga bo’linadi .

Ko’pol yemlarga pichan, poxol, tupon yem, daraxtlardan ishlab chiqariladigan yemlar kiradi;

sersuv yemlarga (kishgi) - silos, ildizmevalar, kartoshka, poliz ekinlari kiradi;

yashil o’tlarga (yozgi sersuv) - utlar, utsimon sabzovot ekinlari;

kontsentrlangan yemga-turli ekin donlari va hamda oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlaridan chiqadigan quruq va quritilgan chikindilar;

mineral yemlarga-osh tuzi, bur, ohak va boshqalar;

turli ishlab chiqarish chikindilariga lavlagidan shakar ishlab chikaruvchi, spirt va pivo ishlab chikaruvchi hamda boshqa xil ishlab chiqarish sanoatining chiqindilari kiradi.

Emdan foydalanishda uning samaradorligini yanada oshirish uchun ular bilan hayvonlarni alohida boqish orqali emas, balki omuxta yem ko’rinishidagi yemlar bilan bokqanda erishish mumkin. Omuxta yem (kombikorm) retseptga mos ravishda 6-12 turdagi turli ozuqa mahsulotlari (komponentlar, indgrediyentlar) ni alalashtirish natijasida olingan mahsulotdir. Omuxta yem ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan ingrediyentlar tozalanadi, qobiqsizlantiriladi va kerak bo’lsa maydalaniladi, so’ngra ular me’yorlanadi va aralashtiriladi. Omuxta yem qishloq xo’jalik hayvonlarining, uy parandalar, moik hayvonlar va baliklarning turi, yoshi va boqilish maqsadidan bog’liq holda ishlab chiqariladi.

Omuxta yemda uy hayvonlari uchun kerak bo’lgan miqdorda barcha ozuqa moddalari mavjud. Ular mineral moddalar (fosfor, kaliy, natriy) ga boy, mikroelementlar (temir, kobalt, mis rux yod va boshqalar) bilan va vitaminlar (A, V, RR va boshqalar) bilan boyitilgan. Ko’pgina turdagi omuxta yem tarkibiga antibiotiklarbiomitsin va boshqalar kiritiladi.

Ratsionga omuxta yem kiritilsa, hayvonlarning, parrandalar va momik hayvonlarning maxsuldorligi sezilarli darajada ortadi, ular yaxshi usudi va rivojlanadi, hayot faoliyati oshadi. Agar hayvon va parrandalarning kunlik ratsioni doimo bir xil bo’lsa, bunda ularning maxsuldorligi tushadi, yosh hayvonlarning o’sishi va rivojlanishida orkaga qolish, hayot- faoliyatining sekinlashuvi kuzatiladi hamda turli kassalliklarga uchrashi ortadi.

Omuxta yem ishlab chiqarishni ko’paytirish orqali qishloq xo’jalik hayvonlarining maxsuldorligini oshirishga erishiladi, ya’ni hayvonlarning vazni ortadi, tovuklarning tuxum kuyishi ko’payadi, sigirlardan olinadigan sutning miqdori va sifati ijobiy o’zgaradi va boshqalar.

Omuxta yemdan to’g’ri foydalanish chorvachilikda mahsulot tannarxini kamayishiga ta’sir ko’rsatadi.

Fizikaviy holati bo’yicha omuxta yemning quyidagi turlari mavjud: sochiluvchan, briketlangan, donador va galet ko’rinishidagi yemlar.

Sochiluvchan omuxta yem yetarlicha bir xilda maydalangan mahsulotdir. Sochiluvchan omuxta yem ishlab chiqarishda ingrediyentlar begona aralashmalardan tozalanadi, qobiqsizlantiriladi, (qobiqli donlar), maydalanadi. SHunday qilib tayyorlangan ingrediyentlar me’yorlagich va aralashtirgichlar orqali o’tkaziladi. Sochiluvchan yemlar maydaligi jihatdan uch xil darajaga ega: mayda, o’rta va yirik.

Briketlangan omuxta yem odatda to’liq ratsionli holda ishlab chiqiladi. Briketlar sakkiz burchak shaklli bo’lib, uzunligi 160-170 mm, kengligi 70-80 mm, qalinligi (balandligi) 30-60 mm. Ularni ishlab chiqarish uchun maydalangan ingrediyentlar bilan maydalangan pichan aralashmasi tayyorlanadi. Olingan okuvchan massa maxsus aralashtirgichga tushadi, va bir vaqtning o’zida undan me’yorlangan va tarkoq melassa ham o’zatiladi. Maydalangan ingrediyent, pichan (somon) va melassa aralashmasidan tashkil topgan massa presslarga tushadi va briketlanadi.

Donador (granulali) omuxta yem ma’lum diametr va balandlikka ega bo’lgan katta bo’lmagan tsilindrlardan iborat bo’lgan granula deb ataluvchi okuvchan massani nomoyon qiladi. Granulalar ishlab chiqarishda ikkita: - quruq va ho’l usul qo’llaniladi. Quruq granulalashda sochiluvchan omuxta yem tarkoq suyuk komponentlar (melassa, tuzli gidrol, balik yog’i va b.) bilan aralashtiriladi yoki sochiluvchan omuxta yemga bug’ bilan ishlov beriladi, so’ngra presslanadi, granulalarga kirqiladi va sovutiladi.

Ho’l granulalashda esa sochiluvchan omuxta yemga issik suv kushiladi va hamir koriladi. Hamir presslanadi, granulalarga qirqiladi, quritiladi va sovutiladi.

Granulali omuxta yem odatda parrandalarni va xovo’z baliklarini boqish uchun ishlatiladi.

Galetlar teshikli to’g’ri burchak shaklidagi lepeshka ko’rinishida bo’ladi. Galet ishlab chiqarish uchun avval sochiluvchan omuxta yem olinadi, so’ngra undan achitkili hamir koriladi, galetlar pishiriladi va ular kuritiladi.

O’zining tarkibi va yem-xashak qiymati bo’yicha omuxta yem ikkita asosiy guruhga bo’linadi: to’liq ratsionli va kontsentratlar.

Tuliqratsionli omuxta yem-bu kontsentrlangan va qo’pol ozuqalarni aralashtirish natijasida olingan yem va u yembopligi jihatdan to’la konli. Ularda barcha ozuqaviy moddalar hayvonlar uchun yetarlicha miqdorda mavjud. Hayvonlar tuliqratsionli yem bilan kunlik ratsionga teng miqdorda boqilsa, ularga boshqa qo’shimcha yemlar berish talab qilinmaydi. Tuliqratsionli omuxta yem briket va granula ko’rinishida ishlab chiqariladi.

Omuxta yem-kontsentratlar-bu kontsentrlangan ozuqalarni qo’shish natijasida olingan yem. Ular ko’pol, sersuv va boshqa maxalliy yemlar bilan boqilganda qo’shimcha sifatida berishga mo’ljallangan.

Omuxta yem-kontsentratlar sochiluvchan briket, granula va galet ko’rinishda bo’ladi. Ular yirik davlat zavodlari bilan bir qatorda jamoa xo’jaliklarida mavjud bo’lgan korxona va tsexlarda ham ishlab chiqariladi.

Hayvonlarning yoshidan va boqilish turidan bog’liq holda omuxta yem assortimenti o’zgaradi.

Omuxta yem ishlab chiqarish uchun shartli ravishda guruhlarga bo’linuvchi turli xil xomashyolar qo’llaniladi. Bu xomyoshyolarning ba’zi turlari mustakil holda ozuqa mahsulotlari sifatida ishlatiladi, omuxta yem ishlab chiqarishda esa ular uning tarkibiga ingrediyentlar ko’rinishida kiritiladi. Omuxta yem zavodlariga kelib tushadigan xomashyolar ko’p hollarda ishlab chiqarishning turli soxalari chiqindilari hisoblanadi.

Omuxta yem ishlab chiqarish uchun quyidagi xomashyolar ishlatiladi.

1. Boshoqli va dukkakli ekinlar donlari, ba’zi ozuqabop utlarning urug’lari: suli arpa, makkajuxori doni va sutasi, bug’doy, javdar, tariq, chumiza, oq juxori, nuxat, xashaki nuxat, yasmiq, boblar, china, nut, xashaki nuxat urug’lari, alkaloidsiz lyupin va boshqalar.

2. Tegirmon va yorma zavodlaridan chiqadigan chikindilar: bug’doy va javdar kepaklari, bug’doy, arpa, suli, makkajuxori, gurunch, tariq, nuxat, javdar, grechixalarga ishlov berganda ajraladigan ozuqa unlari; bug’doy, javdar, nuxat okshoklari; oq va kul rang tegirmon changlari; makkajuxori, bug’doy, sholi kurtaklari; tarkibida 60 % gacha foydali don saklagan donli chikindilar.

3. Moy ishlab chiqarish zavodlarining chikindilari-shrot va kunjara: kungaboqar, paxta chigiti, soya, zigir, yeryong’oq, kanop, kunjut, kariandr, kanakunjut va boshqalar.

4. shakar ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari: lavlagining quritilgan turupi, melassa.

5. Kraxmal-shinni sanoati korxonalarida ishlab chiqarishdan hosil bo’lgan chikindilar: makkajuxorili va bug’doyli quruq ozuqa, kartoshkali quruq mezga.

6. Pivo ko’pchitish sanoati korxonalarida ishlab chiqarishdan hosil bo’lgan chikindilar: kartoshka-donli xomashyodan quritilgan quyqa, quritilgan maysa (solod) nishi va piva drobinasi.

7. gidroliz sanoati mahsulotlari - ozuqabop quruq achitqilar.

8. Hayvonlardan kelib chiqadigan ozuqalar: go’sht uni, go’sht suyagi uni, kon uni, kit, balik unlari va jizza uni.

9. Pichan, somon, pichan uni, vitaminli o’t uni, xvoy daraxtidan ishlab chiqariladigan unlar.

10. Mineral ozuqalar: osh tuzi, bur, suyak uni, ohaq, travertinovaya un, mollyuska chig’anoqlari tabaqasi uni, mikrodozalardagi ba’zi elementlar turlari.

11. Boshqa ozuqa mahsulotlari: quruq qaymog’i olingan sut, kazein, quruq kartoshka, dub yong’og’i, tutli ipak urami g’umbaklari, mochevina va boshqalar.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling