Зоология ва экология


Download 1.35 Mb.
bet227/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Aerodinamik xossalari. Bu xossalar donli xomashyodan yengil aralashmalarni g’alvirlar yordamida ajratib bo’lmaganda e’tiborga olinadi. Bunday aralashmalar mahsulotdan havo oqimi ta’sirida ajratiladi. Aerodinamik xossalari turli bo’lganligi natijasida donli xomashyodan yengil aralashmalarning ajralishi yuz beradi.

Tabiiy qiyalik burchagi. Don massasi o’zida turli xil komponentlarni saqlaydi, bu esa donning oquvchanligiga ta’sir ko’rsatadi. Oquvchanligi tufayli xomashyo massasi noriyalar, transportyorlar va boshqa mashinalarda oson harakat qiladi. SHuningdek, xomashyoni bunkerlar, siloslar joylashtirish va o’zi oqizar quvurlar yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyati asqotadi. Saqlash jarayonida oquvchanlik kamayadi.

Tabiiy qiyalik burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning gorizontal tekislikka tushib hosil qilgan konus asosining diametri bilan tashkil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. Ishqalanish burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning qiya yuza bo’ylab harakatga kela boshlagan eng kichik burchagiga aytiladi.

Xomashyoning oquvchanligi darajasiga xomashyo massasidagi qattiq jismlarning granulametrik tarkibi va tabiati ta’sir ko’rsatadi. Bular don va aralashmalar yuzasining holati, tavsifi, shakli, o’lchamlari, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek, sirpanuvchi yuza, materiali va shaklidan iborat.

Don massasining namligi ortib borgan sari, uning oquvchanligi kamayadi va aksincha, tabiiy qiyalik burchagi ortib boradi. Qoida bo’yicha, o’zi oqizar quvurlarning minimal og’ish burchagi ishqalanish burchagidan 5-100 ga ko’proq qabo’l qilinadi.

Bo’r va tuzning sochiluvchan xossalarining o’zgarishiga ulardagi namlik ta’sir ko’rsatadi. Tuzning namligi 1 % gacha va bo’rning namligi 6 %gacha bo’lganda, yaxshi sochiluvchanlikka ega bo’ladi.

Qovushqoqlik. Suyuq komponentlarning (melassa, yog’, fosfatid konsentrati) texnologik xossalari, asosan, qovushqoqligi bilan belgilanadi. Omixta yem sochiluvchan massasi bilan suyuq komponentni bir tekisda aralashtirish aynan qovushqoqlikka bog’liq: qovushqoqlik qanchalik past bo’lsa, aralashtirish shunchalik yaxshi kechadi. Melassa, yog’, fosfatid konsentrati omixta yem tayyorlashning texnologik jarayoniga kiritilganida isitiladi, chunki isitishda ularning qovushqoqligi kamayadi.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling