Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy qiyalik burchagi.
- Qovushqoqlik.
Aerodinamik xossalari. Bu xossalar donli xomashyodan yengil aralashmalarni g’alvirlar yordamida ajratib bo’lmaganda e’tiborga olinadi. Bunday aralashmalar mahsulotdan havo oqimi ta’sirida ajratiladi. Aerodinamik xossalari turli bo’lganligi natijasida donli xomashyodan yengil aralashmalarning ajralishi yuz beradi.
Tabiiy qiyalik burchagi. Don massasi o’zida turli xil komponentlarni saqlaydi, bu esa donning oquvchanligiga ta’sir ko’rsatadi. Oquvchanligi tufayli xomashyo massasi noriyalar, transportyorlar va boshqa mashinalarda oson harakat qiladi. SHuningdek, xomashyoni bunkerlar, siloslar joylashtirish va o’zi oqizar quvurlar yordamida ulardan chiqarib olishda ushbu xususiyati asqotadi. Saqlash jarayonida oquvchanlik kamayadi. Tabiiy qiyalik burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning gorizontal tekislikka tushib hosil qilgan konus asosining diametri bilan tashkil qiluvchisi orasidagi burchakka aytiladi. Ishqalanish burchagi deb, sochiluvchan aralashmaning qiya yuza bo’ylab harakatga kela boshlagan eng kichik burchagiga aytiladi. Xomashyoning oquvchanligi darajasiga xomashyo massasidagi qattiq jismlarning granulametrik tarkibi va tabiati ta’sir ko’rsatadi. Bular don va aralashmalar yuzasining holati, tavsifi, shakli, o’lchamlari, namligi, aralashmalarning tarkibi va miqdori, shuningdek, sirpanuvchi yuza, materiali va shaklidan iborat. Don massasining namligi ortib borgan sari, uning oquvchanligi kamayadi va aksincha, tabiiy qiyalik burchagi ortib boradi. Qoida bo’yicha, o’zi oqizar quvurlarning minimal og’ish burchagi ishqalanish burchagidan 5-100 ga ko’proq qabo’l qilinadi. Bo’r va tuzning sochiluvchan xossalarining o’zgarishiga ulardagi namlik ta’sir ko’rsatadi. Tuzning namligi 1 % gacha va bo’rning namligi 6 %gacha bo’lganda, yaxshi sochiluvchanlikka ega bo’ladi.
Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling