Xom ashyoning strukturali-mexaniq xossalari. Bu xossalar texnologik jarayonning borishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday xossalarga xomashyoning shakli, namligi, mikroyoriqlar borligi, endosperm strukturasi, qobiqdorligi kiradi. Qobiqdorlik maydalashga sarflanadigan energiyani oshiradi. Agar bug’doyni maydalash uchun energiya sarfi 100 % deb qabo’l qilinsa, javdar uchun 135 %, arpaga 175 % va suliga 325 % ga teng bo’ladi.
Hajmiy og’irlik. Hajm birligida sochiluvchan xom ashyo zarrachalarining joylashish zichligini tavsiflaydi. Mashinalar unumdorligi va omborlar sig’imi xomashyoning hajmiy og’irligiga bog’liq.
Bo’shliqligi. Xomashyo ombor yoki siloslarga joylashtirilganda, zich massa hosil qilmaydi.Uning qattiq komponentlari orasida erkin bo’shliqlar qoladi, qaysiki, bu oraliq havo bilan to’lgan Xomashyoning joylashuv zichligi va ular orasidagi bo’shliq massaning umumiy hajmiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Xomashyo massasining joylashuv zichligi va ular orasidagi bo’shliqning mavjudligi saqlashda katta ahamiyatga ega. Qobiqli ekinlar eng katta bo’shliqqa ega. Bu ko’rsatkich sochiluvchan massaning issiqlik o’tkazuvchanligi va sorbtsion xossalarga katta ta’sir ko’rsatadi. Xomashyoni saqlashda buni e’tiborga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |