Зоология ва экология


Kulchanligi, % dan ortiq emas


Download 1.35 Mb.
bet2/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Kulchanligi, % dan ortiq emas

Mahsulotning yiriklik ko’rsatkichi

Kleykovina miqdori, % dan kam emas, sifati

Rangi

Hujjat

Elakdagi qoldiq

Elakdan o’tishi

elak raqami

% dan ortiq emas

elak raqami

kam yoki ko’p emas, %










Novvoychilik bug’doy uni

Oliy nav un

0,55

43

49/52 PA


5

5


-

-


-

-


25, ikkinchi guruhdan past emas

Oq yoki sarg’ish oq tus bilan

Tsh-8-115-2004

Birinchi navli un

0,75

35

33/36 PA


2

2


43

49/52 PA


80% dan kam emas

28, ikkinchi guruhdan past emas

Oq yoki sariq tusli oq

Tsh-8-115-2004

Ikkinchi navli un

1,25

27

27PA-120


2

2


38

41/43 PA


65 % dan

Kam emas


23, ikkinchi guruhdan past emas

Sariq yoki kul rang tusli oq

Tsh-8-115-2004

O’zbekiston navli un

1,15

27

27 PA-120



2

2


38

41/43 PA


60 % dan kam emas

25, ikkinchi guruhdan past emas

Sariq yoki kul rang tusli oq

Tsh-8-115-2004

Jaydari navli un

Tozalashgacha bo’lgan don kulchanligidan 0,07% kam bo’lishi kerak, ammo 2,0% dan ko’p emas

067**

2

38

35 % dan kam emas

20, ikkinchi guruhdan past emas

Sariq yoki kul rang tusli oq, don po’sti sezilarli darajada

GOST 2654785

1.1-jadval davomi



Mahsulotlar__Kulchanligi,_%_dan_ortiq_emas__Mahsulotning_yiriklik_ko’rsatkichi'>Mahsulotlar

Kulchanligi, % dan ortiq emas

Mahsulotning yiriklik ko’rsatkichi

Kleykovina miqdori, % dan kam emas, sifati

Rangi

Hujjat

Elakdagi qoldiq

Elakdan o’tishi

elak raqami

% dan ortiq emas

elak raqami

kam yoki ko’p emas, %










Nonvoychilik javdar uni

Elangan (kepaksiz) javdar uni

0,75

27

2


38

90 % dan

kam emas


-

Sarg’ish oq yoki kul rang tusli oq

GOST 7045-90

Javdar uni

1,45

045**

2


38


60 % dan

kam emas


-

Kul rang-oq yoki kul rang-sarg’ish oq, don po’sti kam miqdorda uchraydi

GOST 7045-90

Javdarli jaydari un

Tozalashgacha bo’lgan don kulchanligidan 0,07% kam, ammo 2,0% dan ko’p emas

067

2


38


30 % dan

kam emas


-

Kul rang, don po’sti parchalari mavjud

GOST 7045-90

1.1-jadval davomi



Mahsulotlar

Kulchanligi, % dan ortiq emas

Mahsulotning yiriklik ko’rsatkichi

Kleykovina miqdori, % dan kam emas, sifati

Rangi

Hujjat

Elakdagi qoldiq

Elakdan o’tishi

elak raqami

% dan ortiq emas

elak raqami

kam yoki ko’p emas, %

Makaron mahsu-lotlari uchun qattiq bug’doy-dan (durum) un

Makaron mahsulotlari uchun un

Oliy navli un (yorma)

0,75

140/36*

3


260/70*

yoki 27



12 % dan

ortiq emas



30, tarangligi yax-shi, yopishqoq emas, kalta uzilmaydi-gan

Sariq tusli sarg’ish oq

GOST 12307-66

Birinchi navli un (yarim yorma)

1,10

190/50*

3


43


40 % dan

ko’p emas



32, tarangligi yax-shi, yopishqoq emas, kalta uzilmay-digan

Och sarg’ish oq

GOST 12307-66

Ikkinchi navli un

1,75

27

2

38

65 %dan kam emas

28, ikkinchi gu-ruhdan past emas

Sariq tusli oq

GOST 16439-70

Novvoychilik uni tortishda yumshoq bug’doy-dan ishlab chiqa-riladigan oliy navli makaron uni (yorma)

0,55

150*

2

43

49/52 PA


10 % dan ortiq emas

25, ikkinchi gu-ruhdan past emas

Sariq tusli oq

Tsh-8-115-2004

1.1-jadval davomi

Mahsulotlar

Kulchanligi, % dan ortiq emas

Mahsulotning yiriklik ko’rsatkichi

Kleykovina miqdori, % dan kam emas, sifati

Rangi

Hujjat

Elakdagi qoldiq

Elakdan o’tishi

elak raqami

% dan ortiq emas

elak raqami

kam yoki ko’p emas, %

Makaron mahsu-lotlari uchun yumshoq shisha-simon bug’doy-dan un

Makaron mahsulotlari uchun un

Oliy navli un (yorma)

0,55

150/40*

3


260/70*

yoki 27



15 % dan

ortiq emas



28, tarangligi yax-shi, yopishqoq emas, kalta uzilmaydi-gan

Sarg’ish tusli oq

GOST 12306-66

o’zgar.1, 2, 3, 4, 5



Birinchi navli un (yarim yorma)

0,75

190/50*

3


43


50 % dan

ko’p emas



30, tarangligi yax-shi, yopishqoq emas, kalta uzilmay-digan

Sarg’ish tusli oq

GOST 12306-66

o’zgar.1, 2, 3, 4, 5



Novvoychilik bug’doy – javdar aralashmasi uni

Jaydari navli javdar-bug’doy novvoychilik uni

Don kulchanli-gidan 0,07 % kam, ammo 2,0% dan ko’p emas

067

2

38

40 % dan kam emas

-

Kulrang-oq, don po’sti uchrab turadi

GOST 12183-66

o’zgar.1, 2, 3, 4, 5



Jaydari navli bug’doy – javdar novvoychilik uni

Don kul-chan-ligidan 0,07% kam, 2,0 % dan ko’p emas

067

2

38

40 % dan kam emas

-

Kulrang – oq don po’sti uchrab turadi

GOST 12183-66

o’zgar.1, 2, 3, 4, 5



1.1-jadval davomi

Mahsulotlar

Kulchanligi, % dan ortiq emas

Mahsulotning yiriklik ko’rsatkichi

Kleykovina miqdo-ri, % dan kam emas, sifati

Rangi

Hujjat

Elakdagi qoldiq

Elakdan o’tishi

elak raqami

% dan ortiq emas

elak raqami

kam yoki ko’p emas, %

YOrma

YUmshoq bug’doydan M markali manka yormasi

0,60

-

-


23

41/43 PA


8 % dan

ortiq emas



-

Asosan shaffof emas, unsimon oq rangli oqshoq

GOST 7022-97

O’zgar.4


MT markali manka yormasi (yumshoq bug’doydan + 20 % gacha qattiq bug’doy)

0,70

-

-


23

41/43 PA
38

36/40


5 % dan

ortiq emas

1 % dan ortiq emas


-

Asosan shaffof emas, unsimon oq rangli oqshoq, tarkibida nimshaffof sarg’ish oq yoki sarg’ish rangli oqshoq uchraydi

GOST 7022-97


Qattiq bug’doydan T markali manka yormasi

0,85

-

-


23

41/43 PA



5 % dan

ortiq emas



-

Qirrali nimshaffof sarg’ish oq yoki sarg’ish rangli oqshoq

GOST 7022-97


Mayda yanchilgan yorma

-

-

-

36/40 PA

1,0 %

-

YUmshoq yanchilgan bug’doy doni rangi

Tsh-100

YAnchilgan bug’doy yormasi

-

2,5**

2

1**

25 % dan ortiq emas

-

Kul rang tusli sariq, don po’sti parchalari mavjud

GOST

18271 -72

o’zgar.4

Izoh. 140/36* - yorma (krupa) uchun og’irlashtirilgan ipak matoli elak, raqamlar suratida elakning yangi raqami, mahrajda eski raqami; (045; 067; 1; 2,5 )** - metal simlaridan tayyorlangan elak matolari (turlar).

YOrma zavodlarida qayta ishlanadigan ekin donining turidan, yormalarning chiqish miqdoridan va o’rnatilgan sifat ko’rsatkichlaridan bog’liq holda 20 dan ortiq turdagi yormalar ishlab chiqariladi.

YOrma zavodlarida grechixa, tariq, sholi, suli, arpa, bug’doy, no’xat, va makkajo’xori donlaridan yormalar ishlab chiqariladi (1.2-jadval).

YOrma ekinlari donlaridan ishlab chiqariladigan yorma mahsulotlarini 5 guruhga bo’lish mumkin.

1 guruh - maydalanmagan butun yormalar;

2 guruh - maydalangan silliqlangan yormalar;

3 guruh - maydalangan silliqlanmagan yormalar;

4 guruh - yormalarni qayta ishlab olingan mahsulotlar (tayyor nonushtalar);

5 guruh - yuqori to’yimlikga ega bo’lgan yormalar.

Tarkibida bor bo’lgan yaxshi sifatli mag’izi, singan yorma miqdori, qobig’i olinmagan doni va boshqa ko’rsatkichlarining miqdoriga qarab yormalar navlarga ajratiladi. YOrmalarning nomerlanishi ularni yirikligi bo’yicha elaklarda saralash usuli bilan aniqlanadi.

YOrmalarning sifat ko’rsatkichlari yormaning turidan bog’liq holda ko’p ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi. Asosiy ko’rsatkich yaxshi sifatli mag’izning miqdori bilan belgilanadi. YOrmaning navi qancha yuqori bo’lsa, unda yaxshi sifatli mag’izning miqdori shuncha ko’p bo’ladi.

Masalan, oliy navli guruch yormasida yaxshi sifatli mag’izning miqdori 99,7% dan kam emas, birinchi navli guruchda – 99,4% dan va ikkinchi va uchinchi navli guruch yormasida – 99,1% dan kam emas. Guruch yormasining sifat ko’rsatkichlari 28A– jadvalda keltirilgan.

Suli, tariq va bug’doy yormalari uchun zararli aralashmalarning (achchiqmiya, vyazel, geliotrop, kampirchapon va boshqalar) miqdori chegaralab qo’yilgan.

Maydalangan yormalar (dursimon, arpa yormasi, makkajo’xori va boshqalar) uchun yiriklik o’lchamlarining tekislanganlik ko’rsatkichi 75...80% o’rnatilgan. Dursimon va arpa yormasi tarkibida silliqlanmagan yormaning miqdori chegaralangan, ya’ni mag’izi sirtida qisman gul qobiqlari qolgan yormalar miqdori.

1.2-jadval



YOrma maxsulotlarining turlari

Ekin turi

YOrmaning nomlanishi va turlari

Navlari va nomerlari

SHoli


Silliqlangan guruch

Oliy Navli, 1 va 2 navli

Maydalangan silliqlangan guruch

Navlarga ajratilmaydi

YOsh bolalar oziq-ovqati ishlab chiqarish uchun silliqlangan guruch

Oliy Navli,1-navli.

Grechixa



Grechixa yormasi (yadritsa)

1-navli, 2-navli,3-navli

Maydalangan grechixa yormasi (prodel)

Navlarga ajratilmaydi

Tez pishadigan grechixa yormasi

1-navli, 2-navli,3-navli

Tez pishar maydalangan grechixa yormasi

Navlarga ajratilmaydi

YOsh bolalar oziq-ovqati ishlab chiqarish uchun tez pishadigan grechixa yormasi

1-navli


Pishirishni talab qilmaydigan grechixa yormasi

Navlarga ajratilmaydi

Tariq

Silliqlangan tariq yormasi

Oliy Navli, 1 va 2 navli

Tez pishadigan silliqlangan tariq yormasi

Oliy Navli, 1 va 2 navli

Suli

Maydalanmagan suli yormasi

Oliy Navli, 1 va 2 navli

Pachoqlangan suli yormasi

Oliy Navli, 1 va 2 navli

Gerkules nomli suli yormasi

Navlarga ajratilmaydi

YOsh bolalar oziq-ovqati uchun suli yormasi

Oliy Navli

Ekstra nomli suli yormasi

№1, №2, №3.

YOsh bolalar oziq-ovqati uchun suli uni

Navlarga ajratilmaydi

Arpa



Dursimon yorma

N1, N2, N3, N4, N5

Arpa yormasi

N1, N2, N3

Tez pishadigan arpa yormasi

N1, N2, N3

Pishirish vaqti qisqartiril­gan dursimon yorma

N1, N2, N3, N4, N5

Pishirishni talab qilmaydi­digan arpa yormasi

Nomerlarga ajratilmaydi

Maka-

juxori


doni

Silliqlangan makkajuxori yormasi

N1, N2, N3, N4, N5

YAlpaytirilgan yorma ishlab ishlab chiqarish uchun yirik makkajuxori yormasi

Navlarga va nomerlarga ajratilmaydi

Makkajuxori qalamchalari ishlab chiqarish uchun mayda yorma

Navlarga va nomerlarga ajratilmaydi

Makkajuxori uni

Navlarga ajratilmaydi

Qattiq

Bug’doy


Bug’doy yormasi

N1, N2, N3, N4,

Artek yormasi




Tez pishadigan bug’doy yormasi

N1, N2, N3

Agar yormaning sifat ko’rsatkichlari belgilangan navning sifat ko’rsatkichlariga mos kelmasa, uning navi pasaytiriladi yoki standartga mos kelmagan mahsulot sifatida chiqindiga chiqariladi.

1. Un va yormaning umumiy tavsifini keltiring.

2. Bug’doy donidan qanday navli unlar ishlab chiqariladi?

3. Javdar donidan qanday navli unlar ishlab chiqariladi?

4. YOrmabop donlardan qanaqa yormalar ishlab chiqariladi?

5. Unlarni navi bo’yicha sifat ko’rsatkichlari qanaqa bo’lishi kerak?

6. YOrmalarni navi bo’yicha sifat ko’rsatkichlari qanaqa bo’lishi kerak?



2-MA’RUZA. DON MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASHNING AXAMIYATI, TARIXI VA RIVOJLANISHI

Reja:

1.1. Fanning maqsadi va vazifalari.

1.2. Don va don mahsulotlari saqlash soxasidagi masalalar.

1.3. Don maxsulotlarini saqlash tarixidan.


Tayanch iboralar: Un – bug‘doy va javdari donini maydalash natijasida xosil

bo‘ladigan mahsulot; Yorma – va bug‘doydan tashqari donlardan xosil bo‘ladigan mahsulot; Omixta-yem – asosan oziq-ovqat sanoatidagi yaroqli chiqindilaridan xosil bo‘ladigan mahsulot, ya’ni xayvon ozuqasi; Ombor – narsalar (don, un, yorma va omixta yem) saqlanadigan joy; Nobud bo‘lish (don)- bu saqlash natijasida mahsulotni kamayishi; Biologik nobud bo‘lish – bu mahsulotni saqlash natijasida o‘z-o‘zidan nobud bo‘lishi; Mexanik nobud bo‘lish – mahsulotni saqlashda tashqaridan mexaniq ta’sir natijasida kamayishi; Unuvchanlik – urug‘ni unib chiqishi. Don massasi - qabul qilingan donni og‘irligi; Don partiyasi - kabul kilingan dondan tashqari kushilgan komponentlarini yigindisi; Komponentlar - bug‘doy (javdari) don tashqari bo‘lgan aralashmalar; Donlararo bo‘shliq - donlar orasidagi to‘ldiruvchi xavo muxiti; Donli aralashmalar - kiymati jixatidan asosiy donga yaqin bo‘lgan boshka madaniy o‘simliklarning urug‘lari: Iflos aralashmalar - mineral va organiq aralashmalar (shuningdek begona o‘t urug‘lari. Qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida e’tirof etilgan so‘ng xalq xo‘jaligining barcha soxalarida tub isloxatlar amalga oshirila boshladi. Respublikamiz don maxsulotlari tizimida ham so‘nggi yillarda katta yutuqlarga erishildi. Jumladan respublikamizda qisqa vaqt ichida don mustaqilligiga erishildi. Hozirgi kunda respublikamiz bo‘yicha yiliga 8 mln. t. ga yaqin don yetishtiriladi.

Don maydonlarining kengayib borishi hamda don yalpi hosilning ortishi don mahulotlari tizimini takomillashtirish va kengaytirishni taqazo etmoqda. Zero, yetishtirilgan mavjud hosilni sifatli saqlash va qayta ishlash, shuningdek iste’molchilarga muntazam ravishda bekamu ko‘st yetkazib berish don mahsulotlari tizimi oldidagi eng asosiy vazifadir. Shu bois respublikamizning ko‘pgina viloyat va tumanlarida ko‘plab zamonaviy omborlar va qayta ishlash korxonalari bunyod etilmoqda.

Ma’lumki don inson hayetida qiyoslab bo‘lmaydigan axamiyatga ega. Inson iste’mol etadigan oziq-ovqat mahsulotlarining taxminan 65-75% i dondan tayyorlanadi. Dondan sanoatda ko‘plab un, yorma va omuxta-yem kabi birlamchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xalqimizning bu mahsulotlarga bo‘lgan talabi benihoyat kattadir. Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hozirgi bozor munosabatlari barqarorlashib borayotgan bir davrda muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Aholini don va don mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirishga faqatgina ko‘plab don yetishtirish orqali erishib bo‘lmaydi. Yetishtirilgan don, yorma va omuxta yemlarni sifatli va beisrof saqlay bilish lozim.

“Don va don masaqlash” fani faqat texnologiya bo‘libgina qolmay, balki texnik-iqtisodiy fan hamdir. Fan don va uning mahsulotlari (un, yorma, omuxta yem) ni saqlashning nazariy asoslarini, mahsulotlarning sifatini oshirishni va ulardan ratsional foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatadi. Shuningdek don mahsulotlarini saqlashdagi barcha turdagi isrofgarchilikka qarshi kurash choralarini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatadi.

Don, un, yorma va omuxta yemni saqlash texnologiyasi fani qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi;

- don, un, yorma va omixta yem kabi mahsulotlarni saqlashning nazariy asoslarini o‘rgatish;

- don va don mahsulotlari (un, yorma, omuxta yem) kimyoviy tarkibi, sifat ko‘rsatkichlari va ularga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgatish;

- don va don mahsulotlarida kechadigan biologik kimyoviy jarayonlarni o‘rgatish;

- mahsulotlarni saqlash usullari, rejim va texnologik asoslari bilan tanishtirish;

- talablarda fan yuzasidan chuqur bilim va ko‘nikma hosil qilish va ularda donni sifatli saqlash yo‘llarini izlab topish uchun ilmiy izlanishlarga jalb etish;

- mahsulotlarni sifatli va beisrof saqlashga erishish uchun sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish.

2. Don va don mahsulotlarini (un, yorma, omuxta yem)saqlash boshqa ko‘pgina tovar mahsulotlari singari murakkab va mas’uliyatli jarayon bo‘lib, katta miqdorda moddiy-texnikaviy baza hamda soha uchun malakali mutaxassislarni talab etadi.

Don tirik organizm bo‘lib, don muassasasida turli tuman hayotiy jarayonlar kechadi. Bu jarayonlarning intensivligi atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq.Mahsulot uyumida kechadigan jarayonlar moddalarning faol almashinuvchi mahsulot uyumining yetarlicha yo‘qolishiga hamda uning sifat ko‘rsatkichlari tushishiga olib keladi.

Don va don mahsulotlari uyumida mikroorganizmlar hamda zarakunanda hasharotlarning faoliyatini saqlashda ayniqsa qiyinchiliklar tug‘diradi. Un va yorma kabi mahsulotlarda mazkur organizmlarning rivojlanishi mahsulotning ko‘plab yo‘qolishiga,sifat ko‘rsatkichlarining pasayishiga, hattoki mahsulotning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.

Mahsulotlar sifatsiz hamda qoniqarsiz sharoitlarda saqlanganda qushlar hamda sichqon-kalamushlar tomonidan ifloslanib ketadi.

Don va don mahsulotlarini saqlash sohasida qo‘yidagi masalalarni hal etish muhim vazifalardan biridir.

Birinchi masala - mahsulotni isrofsiz saqlashga erishish yoki mahsulot kamayishini mumkin qadar qisqartirishga erishish.

Don va don maqsulotlarining tabiiy kamayishini yo‘qolish xususiyatiga ko‘ra 2 guruhga bo‘lish mumkin:biologik va mexanik. Bu kamayishni quyidagicha tasvirlash mumkin( 1-rasm)

Ikkinchi masala – don maxsulotlarini sifatini pasaytirmasdan saqlash. Saqlash amaliyotida don mahsulotlari va urug‘ sifatining pasayishi holatlari saqlash jarayonini noto‘g‘ri tashkil etish va bu mahsulotlarni saqlash davomida yetarlicha nazorat qilmaslik oqibatida kelib chiqadi.

Bu muddatdan o‘tib ketgandan keyin mahsulot sifati va iste’mollik qiymati pasaya boradi. Masalan ko‘pgina un va yormalarda ikkinchi va uchinchi yilda sifatining keskin pasayishini kuzatish mumkin. Urug‘lik donlar esa uchinchi va to‘rtinchi yili unuvchanlik qobiliyatini yo‘qotadi.


Uchinchi masala-saqlash mobaynida don mahsulotlari sifatini oshirish. Don mahsulotlarining sifatli saqlanishi eng avvalo ularni yetishtirish omillariga bog‘liq. Yaxshi agrotexnikada yetishtirilgan, to‘la pishgan to‘liq donlar sifatli saqlanadi. Bundan tashqari don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash uchun ularga saqlashga joylashtirishdan oldin ishlov beriladi. Buning uchun don barcha turdagi aralashmalardan tozalanadi. Don va don mahsulotlari namligi davlat standartida belgilangan ko‘rsatkichga keltiriladi.

Don va don mahsulotlarini saqlashda belgilangan aniq rejimlarni tadbiq etish hamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ham mahsulotlarning sifatini saqlanishi garovidir.

To‘rtinchi masala mumkin qadar oz mehnat va moddiy mablag‘lar sarflab yuqori natijalarga erishish, ya’ni mahsulot isrofini kamaytirish, hamda sifatini oshirishga erishish.

Ko‘pgina amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki ishlab chiqarish samaradorligini quyidagi usullar bilan oshirish mumkin:

- mahsulot saqlanadigan inshootlarni tubdan yaxshilash va takomillashtirish;

- saqlashga joylashtirishdan oldin mahsulot sifatini izchil nazorat qilish va ularga ishlov berish;

- soxa mutaxassislarining malakalarini muntazam oshirib borish;

- zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;

- ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish va mahsulotdan ratsional foydalanish.

Don mahsulotlarining noto‘g‘ri realizatsiya qilinishi ishlab chiqarishda ko‘pgina isroflarga olib kelishi mumkin. Masalan, pivo ishlab chiqarish sanoatida pivobop bo‘lmagan arpa navlarining ishlatilishi pivo chiqishi va uning sifatini tushirib yuboradi. Kraxmal patola ishlab chiqarishda makkajo‘xorining kremniyli navlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Chunki bu navlardan kraxmal chiqishi juda past. Omuxta yem ishlab chiqarishda sariq makkajo‘xori o‘rniga oq makkajo‘xorining ishlatilishi yemning vitaminli tarkibi hamda ozuqaviylik qiymatini o‘zgartib yuboradi.

Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash maqsadida Respublikamiz don mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida qo‘yidagi texnologik tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan.

1.Don uyumini barcha turdagi aralashmalardan tozalash. Don qanchalik toza bo‘lsa uning saqlanishi ham, ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Tozalik don sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Donni tozalash uchun don korxonalarida turli hajmli va ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan don tozalovchi uskunalardan foydalaniladi.

Donni quritish. Don quritishda namlik shunda ko‘rsatgichga olib kelinadiki, bu namlikda don uzoq va sifatli saqlanishi lozim. Kuritish uchun korxonalar maxsus quritish uskunalari bilan ta’minlanadi.

Sovutish rejimlarini qo‘llash. Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishi ko‘p jihatdan havo rejimiga bog‘liq. Mahsulot saqlanadigan inshootlar tabiiy shamollatilishi, ventilyatsiya yordamida sovutilishi mumkin.

Mahsulotlarni zararli mikroorganizm va zararkunanda hasharot hamda kemiruvchilardan himoyalash. Bu jarayon ancha murakkab hisoblanadi. Mahsulotlarni bu ta’sirlardan himoyalash uchun inshootlar dezinfeksiya qilinadi,kimyoviy preparatlar qo‘llaniladi.

Yuqoridagi barcha masalalarni hal etish sohasida faoliyat



ko‘rsatayotgan kadrlarning malakasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Shuning uchun bo‘lgusi mutaxassis don, un, yorma va omuxta yem saqlash yuzasidan chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lishi lozim.
Nazorat savollar

  1. Don mahsulotlarini saqlash tarixiga izox bering;

  2. Don mahsulotlariga nimalar kiradi;

  3. Don va don mahsulotlarini nobud bulishi yo‘llariga izox bering;

  4. Biologik nobud bo‘lish deganda nima tushunasiz;

  5. Mexanik nobud bo‘lish deganda nima tushunasiz.

  6. Don va don mahsulotlarining tabiy kamayishi deganda nima tushunasiz?

  7. Don va don mahsulotlarining sifatli saqlanishini ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladi?

  8. Don va don mahsulotlarining saqlash texnologiyasi fani qanday vazifalarni bajaradi?

  9. Don va don mahsulotlarini saqlash qanday masalani amalga oshiradi?

  10. Ishlab chiqarish samaradorligini qanday usullar bilan amalga oshirish mumkin?

  11. Don massasiga tushuncha bering?

  12. Don partiyasiga izox bering?

  13. Donli aralashmalarga tushuncha bering?

  14. Iflos aralashmalarga tushuncha bering?

  15. Donni kabul kilishda kanday moslamalar bilan foydalanamiz?

  16. Don va urug‘larning umumiy xususiyatlariga tushuncha bering?

  17. Donlarning sifat ko‘rsatgichlariga nimalar kiradi?

  18. Donning g‘ovakligi deganda nima tushunasiz?

  19. Don massasi tarkibiga qanday komponetlar kiradi?

  20. Komponentlarning fizik va fiziologik xossalarini farqi qanday?


3 MA’RUZA ELEVATOR VA OMBORXONALARI TURLARI
Reja:

  1. Don va don mahsulotlarini saqlash korxonalarining tarixi

  2. Elevator sanoatining strukturasi

  3. Donni saqlash korxonalaridagi texnologik jarayonlar

  4. Don omborxonalarinnig tasnifi

  5. Don omborxonalariga qo’yiladigan talablar

  6. Don omborxonalarining sig’imi va ulardan foydalanish

  7. Don omborxonalarining tasnifi va asosiy ko’rsatkichlari

  8. Omborxonalar konstruktsiyalarining asosiy elementlari

  9. Don omborxonalarining konstruktsiyalari

  10. Vaqtinchalik don omborxonalari

  11. Omborxonalarni mexanizatsiyalashtirish vositalari

  12. Tayyorlov elevatorlari

  13. Uzatish va bazaviy elevatorlar

  14. Ishlab chiqarish elevatorlari

  15. Port elevatori

  16. Realizatsion bazalar

  17. Don mahsulotlari kombinatlari


Tayanch iboralar: Don ishlab chiqarish, don zahirasi, donni qabul qilish, donni saqlashga tayyorlash, donni yo’qotishsiz saqlash, elevator, omborxona, don sifatini yaxshilash, elevator sanoatining strukturasi, don ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, ishlab chiqarish korxonalari, un tortish korxonasi, yorma ishlab chiqarish korxonasi, omixta yem ishlab chiqarish korxonasi, texnologik jarayonlar.

Gorizontal yoki qiya polli inshoot, mahalliy materiallar, tekis polli zamonaviy omborxonalar, tomnnig karkasi, vaqtinchalik omborxonalar, mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalar, mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar, donni faol shamollatish qurilmalari, devorlar, darvozalar, derazalar, pollar, kurakli konveyer, shnek, o’zioqar quvur.

Tayyorlov elevatorlari, ishlab-chikarish elevatorlari, oshirib beruvchi elevator, bazis elevatori, port elevatorlari, don mahsulotlari kombinatlari, Qabul qilish moslamalari, yuklab yuborish moslamalari.

Don ishlab chiqarishning mavsumiyligi va yil davomida iste’mol qilish uchun yetarli zahiralarning kerakliligi katta don miqdorini saqlashni talab qiladi. Don zahira sifatida hamda qishloq xo’jaligini urug’lik materiali bilan ta’minlash uchun saqlanadi.

Donni qabul qilish, saqlashga tayyorlash va donni yo’qotishsiz to’liq saqlanishini ta’minlash – elevator – omborxona sanoatining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Elevator sanoati quyidagi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan:



  • o’z vaqtida xo’jaliklardan donni qabul qilish va saqlash vaqtida uning sifatini yaxshilash;

  • sanoat hamda savdoni don va uni qayta ishlash mahsulotlari bilan ta’minlash;

  • zahiralarni yaratish va saqlash.

Don ham istalgan mahsulot singari omborxonada ishlov bermasdan va tashishsiz iste’molga tayyor bo’lmaydi. SHu sababli omborxonalarning ishlab chiqarish funktsiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Donni saqlash xonasi – don omborxonasi deb ataladi.

Saqlanadigan don massasi, maqsadi, texnik ta’minlanganligiga qarab don omborxonalari: oddiy – bostirma va omborlar; mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar; elevatorlar – donni tozalash, quritish va ko’chirish uchun mashina va apparatlar bilan jihozlangan, don maxsus vertikal sig’imlarda saqlanadigan inshootlarga bo’linadi.


Don va don mahsulotlarini saqlash korxonalarining tarixi
Inson qadim zamonlardanoq don mahsulotlarini saqlaydi. Hattoki ko’chmanchi xalqlar yovvoyi o’simliklarning terib olgan mevalari va urug’larini bir joydan ikkinchi joyga tashib yurmaslik uchun yer osti omborlariga saqlashgan. Inson turg’un hayot tarziga o’ta boshlagandan keyin va ortiqcha ovqat paydo bo’lgandan so’ng undan don mahsulotlarini saqlash zaruriyati paydo bo’ldi va orta bordi. Tirikchilik uchun meva–cheva yig’ishdan o’simlik va yerlarga ishlov berishga o’tgandan so’ng, ayniqsa, uy hayvonlaridan ot–ulov sifatida foydalanilganda dalachilikni rivojlanishiga keng imkon yaratildi, shu bilan birgalikda oziq–ovqat jamg’armalari ko’paydi, ularni dushman qabilalarining hujumlaridan va hokazolardan asrash kerak edi. SHuning uchun don va boshqa oziq–ovqat mahsulotlarini saqlash to’g’risida g’amxo’rlik qilish hattoki ibtidoiy– jamoa tuzumida insoniyat e’tiborida edi. O’sha payitlarda donni ichki qismi loy bilan shuvalgan chuqurliklardan yoki katta idishlarda– xumlarda saqlashgan, ular 10–15 tadan qilib saqlanadigan bir joyda saqlangan idishlarni don maydalagichlarning yonidan ham topishgan, ularda don yanchilgan va unga aylantirilgan.

Dehqonchilikdagi irrigatsiya madaniyati va donni saqlash to’g’risidagi ko’p sonli ma’lumotlar O’rta Osiyoning qadimgi xalqlaridan, ayniqsa, quldorlik hamda feodalizm davrida yashagan xorazmliklardan ham bizgacha yetib kelgan.

Qabilalar o’rtasidagi cheksiz dushmanliklar oqibatida Xorazm aholisi katta oila bo’lib qo’rg’onda yashadi. Har bir qo’rg’on markazida minora bo’lib, u mahsulotlar omborxonasi vazifasini o’tagan. Xuddi shunday qazilmalardan biri arxeologik ekspeditsiya tomonidan topilgan Teshik–Qala hisoblanadi. G’isht bilan terilgan 11 ta xonaning biridan ikkita un massasi qoldiqlari mavjud loydan qilingan xampa topildi. Boshqasidan singan xumlarning uyumlari, yerdan esa tariq va boshqa o’simliklarning ko’p miqdordagi doni topildi.

Feodal jamiyatida feodallarning qo’rg’onlarida xo’jalik binolari orasida donni saqlash uchun yerto’lalar, omborlar mavjud bo’lgan. Qaram dehqonlarning ozgina g’alla zahiralari chuqurliklarda va turar joyining bir qismini tashkil qiluvchi dahlizlarda saqlangan.

Xo’jaliklarda bosh tarmoq bo’lib g’alla ekish, asosiy oziqa esa g’alla va turli xil donlar (yormalar) hisoblangan. Javdar, bug’doy, tariq va arpa asosiy g’alla ekinlari hisoblangan. Donlar qo’lbola tegirmonlarda yanchilgan.

Feodalizm davrining oxirida donni sodda don saqlagichlarda saqlash bilan birga o’z davrida yirik hisoblangan don saqlagichlar–turli xil qurilish materiallaridan yasalgan yaxshi jihozlangan yerto’lalar, omborxonalar ham paydo bo’ldi. Donni buzilish sabablari to’g’risidagi tasavvurlar kengaydi. Donni saqlash paytida uni mustahkamligini oshirish uchun quritish, sovitish, tozalash va donni tuzatish usullari qo’llanildi.

Feodal jamiyat zamirida kapitalizmning dastlabki rivojlanishi donni saqlash usullari va texnikasida ma’lum o’zgarishlar kiritdi. Biroq, yangi tipdagi don saqlagichlarini yaratish bo’yicha alohida loyihalar va donni saqlashning yangi texnologik usullari o’sha paytda ommaviy ravishda qo’llanilmadi va faqatgina bozor bilan bog’liq bo’lgan va kapitalistik ish yuritishga moslashgan ayrim yirik xo’jaliklarda qo’llanildi. Faqatgina keyinchalik ishlab chiqarish kuchlarining, sanoat, qishloq xo’jaligi va jahon g’alla savdosining rivojlanishi qurilish texnikasining yutuqlarini, yangi mashina va mexanizmlarni katta miqdordagi don massasini saqlash uchun foydalanishga olib keladi. Bu paytga kelib don saqlagichlarning yangi xili –elevator paydo bo’ldi.

XIX asrning o’rtalarida AQSH da silos tipidagi elevatorlar jadal ravishda qurila boshlandi. 1839 yilda CHikagoda birinchi mexanizatsiyalashgan don ombori, 1845 yilda Dulutda birinchi elevator qurildi. Frantsiya, Germaniya, Angliya va yevropaning boshqa davlatlarida ham elevatorlar qurila boshlandi.

Elevatorlarning qo’llanilishi don massalarini saqlashning yangi sharoitlarini don buzilishini o’z vaqtida oldini olishni tadqiqot qilishni talab qilar edi. Ushbu masala faqatgina zamonaviy ilmiy asosda ijobiy hal etilishi mumkin edi. Donni saqlash muammosini o’rganishga yirik olimlar jalb etilgan edi.

Eksport uchun katta partiyalarda yuqori sifatli don tayyorlash kerakligini tushungan birja va qishloq xo’jalik jamoalari ham elevatorlarni qurishni boshlashdi. Bu davlat xazinasi manfaatlariga mos tushardi. SHundan kelib chiqgan holda 1911 yildan boshlab elevatorlarni qurish va ular ishini boshqarish davlat bankiga yuuklatilgan edi. Davlat banki huzurida tashkil etilgan don saqlash omborlari bo’limi nafaqat elevatorlarni jihozlash va ularni ishlatish bilan shug’ullandi, balki yana don sifatini oshirish bo’yicha tadbirlarni, ular bilan muomala qilish qoidalarini, mahsulot klassifkatsiyasini ishlab chiqdi. Biroq, birinchi jahon urishi bu ishga xalaqit berdi.



  1. yilgacha Rossiyada 150 taga yaqin elevator va mexanizatsiyalashgan omborlar, jamoatchilik foydalanishi uchun 800 ta mexanizatsiyalashmagan omborlar va 4000 dan ortiq xususiy omborlar mavjud edi.

1917-18 yillarda g’alla fondini tashkil qilish va donni saqlash muammolarini o’rganishga yangicha talablar qo’yildi.

  1. yil 18 fevraldan boshlab barcha yirik don saqlash omborxonalari milliylashtirildi va xalq komissariati tasarufiga berildi, u yerda don omborlari bo’limi tashkil qilingan edi.

Fuqarolar urishi va chet el interventsiyasi davrida elevatorlarning va omborxonalarning ko’pgina qismi buzilgandi. 1921 yildan boshlab elevator–ombor xo’jaliklarini qayta tiklash ishlari boshlandi, bunda markazlashgan g’alla fondining o’sishi nafaqat eskilarini tamirlash, balki yangi elevatorlarni va don omborlarini qurishni ham talab qilardi.

Don mahsulotlarini saqlash usullarini takomillashtirish muammolari bilan don kimyosining Xalqaro jamiyati (JCC) shug’ullandi. Bu jamiyat to’qqizinchi s’ezdining yalpi majlisida (Vena 1980) «Donni saqlash paytidagi yo’qotishlar bilan kurash – butun dunyo va xalqlarning vazifasidir» ma’ruzasi yangradi.

Donni saqlashning alohida muammolari bo’yicha ko’pgina xalqaro simpoziumlar bo’lib o’tdi; Kanadada (1971), Frantsiya (Parij, 1973)– ataylab ho’l donni saqlash muammolariga bag’ishlandi, Italiyada (Rim, 1980)–saqlanadigan don zahiralarini azot qo’llab zararkunandalardan himoya qilish muammolariga bag’ishlangan.

Hozirgi vaqtda mahalliy sharoitlarni inobatga olib donni saqlash muammolari bo’yicha tadqiqot o’tkazilmaydigan biron–bir davlatni topish qiyin. Oziq–ovqat va qishloq xo’jaligi bo’yicha Butunjahon tashkiloti (FAO) donni saqlash bo’yicha shug’ullanuvchi mutaxassislar malakasini oshirish uchun yer sharining turli rayonlarida har yili seminarlar o’tkazmoqda.

20-asrning 20 yillariga qadar O’zbekistonda yetishtiriladigan g’alla asosan mahalliy ehtiyojlar uchun sarflanar, tovar donining salmog’i uncha katta emas edi. Aholi o’zi yetishtirgan va o’z ehtiyojiga sarflaydigan g’allani chuqur, quduq, o’ra va xumlarda, maxsus omborlarda saqlagan. Donning katta zaxiralarini saqlash uchun omborxonalar bino qilingan. 1906 - 1909 yillarda Toshkentda 1 – un zavodi qoshida sig’imi 3000 tonna bo’lgan elevator qurilgan. 1927 yil Toshkentda temir – betondan qurilgan birinchi elevator 2–don mahsulotlari kombinati ishga tushirildi. Keyinchalik Xaqqulobod, Asaka, SHahrixon, Qarshi, Namangan, Samarqand, Koson, Qamashi, G’uzorda g’alla omborlari, G’allaorol va Zarbdorda elevatorlar qurildi. O’zbekiston o’zining g’alla mustaqilligi dasturini amalga oshirishi munosabati bilan respublikada don mahsulotlarining miqdori va sifati sezilarli darajada oshdi. 1997 yilda respublikada 3788,1 ming tonna don yetishtirilgan bo’lsa, 2002 yilda 5366,8 ming tonna don yetishtirildi. YAngi qurilayotgan va qayta jihozlanayotgan elevatorlar avtomatik dispetcherlik boshqaruvi sistemalari, g’alla haroratini avtomatik holda masofadan turib o’lchaydigan qurilmalar bilan jihozlangan. Barcha viloyatlarda joylashgan elevatorlar soni 45 taga yetdi, ularning umumiy sig’imi 4,5 mln. tonna bo’lib, g’allaning 65 foizi elevatorlarda saqlanadi.

O’zbekistonda zavod tipidagi un tortish korxonalari 19-asrning oxirlarida paydo bo’ldi. Asrlar davomida aholi kichik suv tegirmonlaridan foydalanib kelgan. 1870 yilda hozirgi O’zbekiston hududida kepakli jaydari un tortiladigan, unumdorligi bir sutkada bir necha tsentner bo’lgan 5 mingdan ortiq tegirmon bo’lgan. 1956 yilda «O’zdontayyorlov» negizida Respublika don mahsulotlari vazirligi tuzildi. 1992 yildan «O’zdonmahsulot» kontserni, 1994 yildan davlataktsionerlik korporatsiyasiga aylantirildi. Farg’ona, Quva, YAngiyo’l un kombinatlari, Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy shaharlarida sutkasiga 240 tonna quvvatga ega bo’lgan uch navli un tortadigan zavodlar qurildi. Keyingi yillarda un sanoati tez sur’atlarda o’sdi. Sutkasiga 120 dan 500 tonnagacha bo’lgan don tortadigan 23 ta yangi korxona qurildi. Jizzax, Ohangaron, Qo’qon, Qarshi, Asaka, Jomboy, Taxiatosh shaharlarida yangi korxonalar ishga tushirilishi bilan korxonalarning umumiy quvvati sutkasiga 6330 tonnaga yetdi yoki bir yilda 1,5 mln.tonna un ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo’ldi. Mustaqillik yillarida Oqoltin, Do’stlik, Oqtosh, YAkkabog’ don mahsulotlari kombinatlari qurildi. Qishloq joylarida ko’pgina jamoa, shirkat xo’jaliklarida kichik tegirmonlar qurish avj oldi. Ilgari un sanoati korxonalari uchun g’alla va unning muayyan qismi chetdan olinar edi. G’alla mustaqilligini ta’minlash dasturi amalga oshirilishi bilan endi ular mahalliy don mahsulotlari bilan ta’minlanmoqda. «O’zdonmahsulot» korporatsiyasi tarkibida 9 navli unli, manniy yormasi ishlab chiqaradigan 52 ta zavod bor. Ularning 17 tasi zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling