Don omborxonalarining keng tarqalgan bir nechta konstruktsiyalari ishlab chiqilgan. Quruq va bo’z yerlarni o’zlashtirish vaqtlarida sig’imi 3200 t bo’lgan, omborxona qurilgan (10-rasm). Ularni afzalliklariga konstruktsiyasini soddaligi, turli mahalliy materallardan foydalanishi imkoniyati, hamda harakatlanuvchi va statsionar mexanizatsiyadan foydalanishi kirgan.
Omborxonaning asosiy o’lchamlari shunday tanlanganki, bunda standart o’lchamdagi o’rmon materallaridan foydalanish imkoniyati bo’lgan. Omborxona loyihasida g’o’lalarni va taxtalarini standart uzunligi asos qilib olingan (6,5 m). Buylama yo’nalishda omborxona 6,2 m dan to’qqizta va 3,1 m dan ikkita chetgi proletga bo’lingan. Ko’ndalangiga omborxona uchta prletga bo’lingan: o’rtadagisi 11 m va ikkita chetdagisi 4,5 m dan. O’rtadagi porletning keng bo’lishi omborxona ichidagi harkatlanuvchi mexanizm bilan manevrlash imkoniyatini beradi. Bunday omborxonani qurishga harajatlar 1 t sig’im uchun 0,585…0,615 kishi kun va 0,450… 0,600 t materiallarni tashkil qiladi.
SHu bilan bir qatorda «Donloyiha» MITI (markaziy ilmiy - tadqiqot instituti)tomonidan loyihalangan yig’ma temir – beton omborxonalar ham quriladi. Yig’ma temir – beton omborxona qurilishni sanoatlashtirish talablariga yaxshi javob berib, quyidagi afzalliklarga ega: yil mavsumidan qat’iy nazar qurish imkoniyati; qurilish maydonida ishchilar sonini qisqarishi (mehnat (ish kuchi) harajatlarini tejash 30 % ga yetadi); zavod sharoitlarida tayyorlangan yig’ma temir – beton beton elementlaridan qurish sifatining yuqoriligi; qurilish maydoniga tashib keltiriladigan materiallar massasining qisqarishi (35 % gacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |