Зоология ва экология


-rasm. Don omborxonalarining tasnifi


Download 1.35 Mb.
bet11/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

13.1.-rasm. Don omborxonalarining tasnifi

Don omborxonalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqilgan bo’lib, ularda qurilish va loyihalashning ko’p yillik tajribasi umumlashtirilgan. Tekis polli zamonaviy omborxonalarning sig’imi 3200 va 5500 t, qiya polli omborxonalarniki 7500 t.

Omborxonalarga qo’yiladigan asosiy talablardan biri – qurilish vaqtida va foydalanishdagi kamxarajatli hisoblanadi. Omborxonalarning eng ko’p tarqalgan shakli to’rtburchak shaklidagilaridir. U devor uchun mahalliy materiallardan (g’isht, beton yoki shlakobloklar, chig’anoq – tosh, yig’ma temir – beton), tomnnig karkasi uchun esa yog’och, yig’ma temirbeton yoki po’lat konstruktsiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Tomning karkasi odatda yog’ochdan yoki yig’ma temir – betondan quriladi.

Omborxonalarning asosiy o’lchamlari donning saqlanuvchanligini ta’minlash uchun qurilish me’yorlari va foydalanish sharoitlari talablarining bajarilishi hisoblashlaridan topiladi. O’tga chidamsiz omborxonalarning maydoni 1200 m2 bilan cheklangan, o’tga chidamli omborxonalar (cheklanmagan) me’yorlanmagan. Birinchi omborxonalar 20 m uzunlik bilan quriladi. Bu foydasiz bo’lib, maydoni, temir yo’llar va avtomobil yo’llari ortishi bilan birga birlashtiruvchi ayvonlarga ham extiyoj tug’iladi. Ajralishlarni brandmauerlar bilan almashtirish maqsadga muvofiq bo’lib, ularning qalinligi 250 mm dan kam emas (g’isht), yon tomonlardan 500 mm ga kirib turadi va tomdan 700 mm baland. Brandmauerlardagi tuynuklar quyidagicha himoyalanadi: o’tish joylari o’tga chidamli eshiklar bilan konveyerlar oson eriydigan osmalardagi gilotinlar bilan jihozlanadi. Brandmauerlardan foydalanish qurilish maydonini tejashga imkon beradi.

Omborxonalar mexanizatsiyalashtirilgan minorali yuqoriga va pastga konveyerlar bilan bog’lanadi. Omborxonalarning maydonda joylashuvi chiziqli – temir yo’l va avtomobil yo’llariga parallel va yon tomonda joylashgan bo’lishi mumkin. Keyinga ixchamroq bo’ladi, lekin donnnig ichki ko’chishining o’rtacha me’yori buziladi, ya’ni foydalanish harajatlari buziladi va alohida omborxonalarni bog’lashni murakkablashtiradi. Ko’pincha qo’llaniladigan omborxonalarnnig chiziqli (qatorli) joylashuvi alohida omborxonalarning bog’lanishini va donning harakatlanish sxemasini soddalashtiradi.

Parallel joylashgan omborxonalar reversiv konveyerlar bilan birlashtirilib, bu donni istalgan omborxonadan tozalashga, quritishga yoki mexanizatsiyalashgan minora orqali yuklash – jo’natish imkoniyatini beradi.

Omborxonalarga avtomobillarning qulay kelishi ta’minlanadi. Temir yo’l o’qidan omborxona devorigacha masofa 3,1 m dan oshmasligi kerak, ammo bu masofa ko’pincha harakatlanuvchi mexanizatsiyadan foydalanish uchun 6 m gacha oshiriladi.

Omborxonalardan qo’shni inshootlargacha bo’lgan masofa yong’in xavfsizligi me’yorlari talablari asosida tanlanadi. Maydonda yer osti suvlarining eng yuqori sathi qumsimon grunt uchun 1,5 m dan kam bo’lmasligi kerak. Qiya polli omborxonalar yer osti qismi atmosfera yog’inlari bosmaydigan tarzda joylashtiriladi.

Omborxonalardan foydalanishda uyumning balandligi donning sifatiga qarab, lekin hisoblashdagidan yuqori bo’lmagan holda (devorlar yonida 2,5 m va o’rtasida 5 m) qabul qilinadi. Brandmauer oldidagi don uyumining balandligi 2,5 m dan ortiq bo’lmasligi kerak. Buning uchun devorlarda uyumning balandligi qizil chiziq bilan belgilab qo’yiladi.

Omborxonaning loyihalash (pasport) sig’imini quyidagi formuladan aniqlash mumkin:

  A a  B b 

En  ABh   2  2 H h

 

bu yerda



En – omborxonaning loyihadagi sig’imi, t;

A – omborxonaning ichki uzunligi, m; B – omborxona ichki kengligi, i;

h – donni devorlar yaqinidagi uyumi balandligi, m; a – don uyumining yuzadagi uzunligi, m; b – don uyumining yuzadagi kengligi, m;

H – don uyumining omborxona o’rtasidagi balandligi, m  - donning naturasi, t/m3.

Donning yuzadagi uyumi balandligi a va b ni quyidagi formulalardan hisoblash mumkin:

a = A – 2 (H – h) ctg ; b = B – 2 (H – h) ctg

bu yerda

- tabiiy qiyalik burchagi, grad;  = 25.

Omborxonaga sifati turlicha bo’lgan don joylashtirilganida formula bo’yicha aniqlangan pasport sig’imi 10…20 % ga kamaytiriladi.

Turli o’simlik donlari va don mahsulotlarini joylashtirish uchun omborxona sig’imini aniqlashda naturaning quyidagi qiymatlaridan foydalaniladi (t/m3):



Bug’doy…… 0,68…0,82



Javdar……. 0,58…0,78

Makkajo’xori:



Arpa ……… 0,48…0,72

so’tada…. 0,45…0,65



Suli……….….. 0,45…0,67

don holida 0,70…0,80



SHoli……… 0,56…0,65

Grechixa ….. 0,46…0,58



Tariq……… 0,70…0,83

Kungaboqar …. 0,30…0,45



Zig’ir urug’i…. 0,60…0,73

Don chiqindilari…… 0,50…0,85

CHang ajratgichlardan chiqqan chang…0,30…0,73




Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling