Don omborxonalarining sig’imi iqtisodiy tomondan asoslangan bo’ladi. Sig’im yetarli bo’lmaganida donning bir qismi katta miqdorda keltirilganida maydonlarda xirmon holida saqlanadi. Omborxona hajmidan keragidan ortiq bo’lishi qurilish va foydalanish harajatlarini oshirib yuboradi.
Don ishlab chiqarishning mavsumiyligi, yilning turli mavsumlarida to’planadigan umumiy don miqdorining o’zgarishiga sabab bo’ladi (1, a–rasm). Tayyorlash va iste’mol qilishning integral egri chiziqlari xo’jalik yilidan ko’rilayotgan oyning birinchi kunigacha davrda tayyorlangan va iste’molga jo’natilgan don miqdorining yig’indisini ko’rsatadi. Ordinatalardagi farq keyingi davrga qoldiqni aks ettiradi. Donning eng ko’p miqdori yig’im – terim oxirida va tayyorlov tugallaganida to’planadi. Keyingi oy, oktyabrdan boshlab elevator – omborxona korxonalari tarmoqlariga don kelmaydi va donning miqdori doimiy kamayib boradi.
Alohida tayyorlov korxonalari uchun eng egri chiziqlar shunga o’xshash bo’ladi. Don xo’jaliklardan keltiriladi, sarflanishlar esa donni jo’natish hisobiga amalga oshadi. Tayyorlov davridagi jo’natish jadalligidan maksimal qoldiq, oraliq va ishlab chiqarish korxonalari don omborxonalarining kerakli sig’imi aniqlanadi. Donning kirish egri chizig’i don omborxonasining har bir turi uchun boshqacha tavsifga ega bo’ladi.
Butun yil davomida dondan bir tekisda mahsulot ishlab chiqarilganida donning kirishi egri chizig’i boshqacha ko’rinishga ega bo’ladi, qoldiqlar kam o’zgaradi, don omborxonasining sig’imidan bir tekis foydalaniladi (1, b
– rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |