Зоология ва экология


Donni saqlash korxonalaridagi texnologik jarayonlar


Download 1.35 Mb.
bet4/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

Donni saqlash korxonalaridagi texnologik jarayonlar


Har bir korxonadan donni qabul qilish, ishlov berish, saqlash, ichki ko’chirish va jo’natish amalga oshiriladi.

Bajaradigan vazifasiga qarab korxonalar donni avtomobil, temir yo’l va suv transportidan qabul qiladi.

Avtomobil transportidan don tayyorlov maqsadida qabul qilinadi, temir yo’l va suv transportidan boshqa elevator – omborxona korxonalaridan qabul qilish amalga oshiriladi.

Saqlash jarayonida donning sifati yaxshilanadi, uni saqlashdagi chidamliligi oshiriladi. Ishlov berish jarayonida donning sifati belgilangan (konditsion) ko’rsatkichlargacha yetkaziladi.

Donga ishlov berishning quyidagi turlari mavjud: tozalash, quritish, zararsizlantirish, sovutish va turkumlar tayyorlash.

Don tozalash mashinalarida tozalashda (separatorlar, poxol tozalagichlar, triyerlar) dondan begona aralashmalar, begona o’simliklarning urug’lari ajratiladi. Urug’lik donlar tozalanadi va saralanadi. Tayyorlov korxonalarida quritishga yuborilayotgan don dastlab tozalanadi. Quruq va o’rtacha quruqlikdagi donni tozalash asocan saqlash jarayonida amalga oshiriladi.

Don quritgichlarda turli usullar yordamida quritiladi: gazlash, don quritgichdan o’tkazish, sovutish bilan zararsizlantiriladi.

Yirik don turkumlari dondan halq xo’jaligida u yoki bu vazifasiga qarab samarali foydalanish maqsadida tayyorlanadi. Ishlab chiqarish elevatorlarida yanchish turkumlarini yaratishda bir qator belgilariga qarab ma’lum nisbatda turli turkumlar aralashtiriladi. Ishlov berishning ba’zi turlari (tozalash, quritish) donni qabul qilishda don oqimida amalga oshiriladi. Oqimda ishlov berish don sifatini yaxshilashning eng samarali usuli bo’lib, bu eng arzon va kam mehnat talab qiladi. Bunday ishlov berish usuli don saqlanishini eng yaxshi ta’minlaydi. Donni saqlash – elevatorlar va omborxonalarning asosiy jarayonlaridan hisoblanadi. Saqlashda donning to’liq sifati va miqdori ta’minlanadi. Donni saqlash jarayonida don shamollatish, sovutish va yirik bir jinsli turkumlarni yaratish uchun kuchiriladi.

Don boshqa omborxonalarga yuborish hamda eksport qilish uchun temir yo’l va suv transportiga yuklanadi. Ba’zi hollarda don qabul qilish va ishlab chiqarish korxonalarida donni qayta ishlash korxonalariga avtomobil transportida jo’natiladi.

Elevatorlarda barcha jarayonlar miqdoriy va sifat nazoratidan o’tkaziladi. Miqdoriy nazorat – o’lchash – donni qabul qilish, jo’natish va ichki jarayonlarda amalga oshiriladi. Donni saqlanuvchanligini ta’minlash va sifatini yaxshilash uchun barcha texnologik jarayonlarni amalga oshirishda donning sifati nazorat qilinadi. Sifat nazorati don mahsulotlarini miqdoriy hisobga olish uchun ham kerak bo’ladi.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling