Зоология ва экология


Don omborxonalarinnig tasnifi


Download 1.35 Mb.
bet5/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

4. Don omborxonalarinnig tasnifi


Elevator sanoatining korxonalari saqlash usuli va mexanizatsiyalashtirish darajasiga ko’ra turlarga bo’linadi: qo’shimcha belgi sifatida saqlash davomiyligi hisoblanadi.

Don uyum holida va idishlarda saqlanadi. YUmshoq idishlarda faqat urug’lik donlar, hamda saqlashga kam miqdorda keltirilgan ba’zi o’simliklarning donlari saqlanadi. Bir qator mamlakatlarda donni tashish uchun qattiq taralar – konteynerlardan foydalaniladi.

Donni uyum holida saqlash ikki turga bo’linadi: yerda va siloslarda. Birinchi usulda uyumning balandligi 5 – 6 m, siloslarda esa don uyumining balandligi 40 m gacha yetadi.

Korxonalarda donni vaqtinchalik va uzoq muddat saqlashga mo’ljallangan omborxonalar bo’lishi mumkin. Vaqtinchalik omborxonalar don ommaviy tarzda keltirilganda va uzoq muddatli saqlashga mo’ljallangan omborxonalar to’lganda kerak bo’ladi.

Mexanizatsiyalashtirish darajasiga qarab omborxonalar mexanizatsiyalashtirilmagan va mexanizatsiyalashtirilgan turlarga bo’linadi. Mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalar gorizontal va qiya polli bo’lishi kerak. Ikkinchi turdagi omborxonalar o’z – o’zidan bo’shatiladigan hisoblanadi. Gorizontal polli omborxonalar pastki konveyerga o’z oqimi bilan faqat qisman bo’shatiladi. Omborxonalarning (elevatorlarga nisbatan) afzalliklariga qurilish tannarxining kichikligi (mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar), mahalliy qurilish materiallaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi, tez qurib bitkazilishi, nisbatan namligi yuqori bo’lgan donni saqlash imkoniyatining mavjudligi kiradi.

Elevatorlar – siloslarga ega bo’lgan eng mukammal va to’liq mexanizatsiyalashtirilgan don omborxonalari bo’lib, donni eng yaxshi saqlanuvchanligini ta’minlaydi.

Elevatorlarning afzalliklariga don bilan amalga oshiriladigan jarayonlarning to’liq mexanizatsiyalashtirilganligi, donning saqlanuvchanligini ta’minlash bo’yicha amalga oshiriladigan ishlarga kam mehnat sarflanishi, qurilish hajmidan yaxshi foydalanish, donning kam yuqotilishi, donnnig tashqi muxitdan yaxshi ajratilganligi, qurilish maydonining kichikligi kiradi.

Mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarni qurishga sarflanadigan harajatlar ishchi va bo’shatish minoralari, birlashtiruvchi ayvonlar, temir yo’l va avtomobillarning kirish joylarini uzaytirish, maydonning kattalashishini hisobga olganda elevatorlarni qurish tannarxiga mos keladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki omborxonalarning xizmat qilish muddati elevatorlarnikidan kam, ulardan foydalanish harajatlari esa katta bo’ladi.

Don omborxonalari yog’och, tosh, temirbeton va metall materiallardan foydalanib qurilishi mumkin. YOg’och omborxonalar bir qator afzalliklarga (issiqlik o’tkazuvchanligining kichikligi, yaxshi gigroskopikligi, ishlov berishning osonligi, qurilishning tezligi va oddiyligi) qaramasdan yong’in xavfining mavjudligi va kam muddat xizmat qilganligi sababli hozirda qurilmaydi.





Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling