Зоология ва экология
Download 1.35 Mb.
|
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1
O’z-o’zidan saralanish. Tayyor omixta yem o’lchami, shakli va zichligi turlicha bo’lgan zarrachalar aralashmasi ko’rinishida bo’ladi. Omixta yem harakati jarayonida, ayniqsa, erkin tushishida (silosida) zarrachalarning bir-biriga nisbatan o’zaro joylashuvi sodir bo’ladi. Bu o’z-o’zidan saralanish jarayonidir. O’z-o’zidan saralanishda nisbatan kichik zarrachalar pastga tushishi natijasida omixta yem sifati buzilishi mumkin. Ma’lum darajada suyuq komponentlarning kiritilishi sochiluvchan aralashmaning o’z-o’zidan saralanish jarayoniga to’sqinlik qiladi.
Donlarning texnologik xususiyatlari ko’p jihatdan uning tuzilishi, kimyoviy tarkibi, shuningdek kimyoviy moddalarning donga va uning anatomik qismlariga tarqalganlik darajasi bilan belgilanadi. Donning anatomik qismlari xossalari un va yorma zavodlaridagi texnologik jarayonlarga xal qiluvchi ta’sir etadi. Masalan, donlarda gul qobiqning bo’lishi texnologik jarayonlarga texnologik gul qobiqdan ajratish jarayonini kirishga sabab bo’ladi. Juda chuqur kirib borgan don chizig’i bug’doydan yuqori navli un olishni qiyinlashtiradi. Don o’zining tuzilishi va xususiyatlariga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladigan uchta asosiy qismdan iborat: endosperm, murtak va tashqi qobiqdan iborat. Ba’zi donlar gul qlbiqqa o’ralgan bo’ladi. Bu qobiq donga mustahkam yopishgan (arpa) yoki biroz bo’shroq o’ralgan (sholi) bo’lishi mumkin. Un va yorma ishlab chiqarishda donlarning tashqi qobig’i va murtagi ajratib tashlanadi va ular alohida mahsulot sifatida omuxta yem ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Donning rivojlanishi va shakllanishi jarayonida uning tashqi qobig’i va endospermi deyarli butun umrini tugallaydi. Aleyron qatlam va murtak esa o’zining hayotiy funktsiyasini saqlab qoladi. Bu esa donlarga gidrotermik ishlov berilganda ularda ichki namlik, mineral moddalar va boshqa biologik faol moddalar almashinuvini ta’minlaydi. Kraxmal qumaloqlarning o’zaro joylashishi (yassi kesimida), ularning shakli, o’lchami turli o’lchamdagi qumaloqlarning o’zaro nisbati endospermning o’ziga xos har xil ko’rinishini (mozaykasini) belgilaydi. Donning shishasimonligi va texnologik xususiyatlari mana shularga bog’liqdir. Donning shishasimonligi muhim ahamiyatga egadir. SHishasimon endospermda kraxmal donachalari oqsilli matritsaga botgan bo’ladi. Unsimon endospermda esa kraxmal donachalari erkin joylashgan bo’lib, bir-biriga bog’lanmagan bo’ladi, bu esa donni yanchishda endospermning yengil parchalanishini ta’minlaydi. Bug’doy endospermi markaziy qismi mikrostrukturasini analiz qilish shuni ko’rsatadiki, uning har xil ko’rinishi (mozaykaligi) bug’doy turiga, xatto naviga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, bir turga kiruvchi Saratov 29 bug’doyida kraxmal zonalari o’rab turuvchi juda ko’p mayda kraxmal donachalarining bo’lishi harakterlidir. Ikkinchi turga kiruvchi Malturum 553 bug’doyida juda ko’p yirik kraxmal donachalari mavjud bo’lib, ularning orasida biroz maydalari uchrab turadi. To’rtinchi turga kiruvchi Bezostaya 1 bug’doyida asosan, o’rtacha kraxmallar bo’lib, yirik va mayda kraxmal donachalari bo’lmaydi. Uchinchi turga kiruvchi Saratov 210 bug’doyining harakterli xossasi shuki, ularda deyarli bir xil o’lchamdagi yirik kraxmal donachalari bo’ladi, mayda kraxmal bo’lmaydi. SHishasimon endosperm unsimon endospermdan oqsilli qatlamining mavjudligi bilan ajralib turadi. Don endospermidagi mavjud oqsilni ikki kategoriyaga bo’lish mumkin. Oraliq oqsil (tsvikelprotein). Bu oqsillar kraxmal donachalar aro bo’shliqni to’ldirib turadi. Birikkan oqsil (xaftprotein). Bu oqsil yupqa qatlamli bo’lib kraxmal donachasining qoplab turadi. Birikkan va oraliq oqsillar orasida lipidli qatlam mavjud bo’ladi. Anatomik qismlarining mustahkamliligiga asoslangan holda maydalangan unni fraktsiyalarga ajratish orqali deyarli sof oraliq oqsil olish mumkin. Birikkan va oraliq oqsillarning miqdoriga ko’ra shishasimon va unsimon endospermlar bir-biridan keskin farq qiladi: shishasimon endospermda unsimon endospermga qaraganda birikkan oqsillar ko’p bo’ladi. SHuningdek don rivojlangan kapillyar to’rlarga ega bo’lib, shu kapillyarlar orqali namlik don ichiga singadi, yoki aksincha, quritishda tashqariga chiqib ketadi. Donni qayta ishlash samaradorligi ko’p jihatdan unning anatomik qismlari nisbiy tarkibiga bog’liq. Dondan un, yorma va boshqa mahsulotlarning chiqishi ham ularning nisbatiga muvofiq bo’ladi. Masalan, endosperm kraxmali bug’doyning turli partiyalarida 8% ga, javdarda 7 % atrofida o’zgarib to’ribdi va h.k. YUqoridagilarga bog’liq xolda uning chiqishi ham turlicha bo’ladi. Bug’doyda unning chiqishini o’rtacha quyidagicha belgilash mumkin: kraxmalli endosperm 82,5, meva va urug’ po’sti 7 %, aleyron qatlam 8 %, murtak 2,5 %. 3.Turli o’simlik donlari muhim ozuqaviylik qiymatiga ega bo’lgan oqsil, kraxmal, linid va boshqa kimyoviy birikmalarga egadir. (28-jadval). 28-jadval Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling