Зоология ва экология


Omixta yem ishlab chiqarishdagi xom ashyo turlari


Download 1.35 Mb.
bet224/327
Sana05.01.2022
Hajmi1.35 Mb.
#220013
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   327
Bog'liq
Don majmua d6709877d1ed221a1ea27d797ae2b8d1

3. Omixta yem ishlab chiqarishdagi xom ashyo turlari.

Omixta yem ishlab chiqarish uchun shartli ravishda guruhlarga bo’linuvchi turli xil xom ashyolar qo’llaniladi. Bu xomashyolarning ba’zi turlari mustaqqil xolda ozuqa mahsulotlari sifatida ishlatiladi, omixta yem ishlab chiqarishda uning tarkibiga ingradiyentlar ko’rinishida kiritiladi. Korxonaga kelib tushadigan xomashyo ko’p xollarda ishlab chiqarish chiqindilari hisoblanadi.

Omixta yem ishlab chiqarish uchun quyidagi xomashyolar ishlatiladi:

1. Boshoqli va dukkakli ekinlar donlari, ba’zi ozuqabop o’tlarning urug’lari: suli, arpa, makkajo’xori doni va so’tasi, bug’doy, javdar, tariq, chumiza, oq jo’xori, no’xat, xashaki no’xot, yasmiq, boblar, china, nut, xashaki no’xot urug’lari, alkaloidsiz lyupin va boshqalar.

2. Tegirmon va yorma zavodlaridan chiqadigan chiqindilar: bug’doy va javdar kepaklari, bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori, guruch, tariq, no’xat, javdar, grechixalarga ishlov berganda ajraladigan ozuqa unlari; bug’doy, javdar, no’xat oqshoqlari; oq va kulrang tegirmon changlari; makkajo’xori, bug’doy, sholi kurtaklari; tarkibida 60% gacha foydali don saqlagan donli chiqindilar.

3. Moy ishlab chiqarish zavodlarining chiqindilari-shrot va kunjara: kungaboqar paxta chigiti, soya, zig’ir, yeryong’oq, kanop, kunjut, kariadr, kanakunjut va boshqalar.

4. SHakar ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari: lavlagining quritilgan turipi, melassa.

5. Kraxmal-shinni ishlab chiщarishdan hosil bo’lgan chiqindilar: makkajo’xorili va bug’doyli quruq ozuqa, kartoshkali quruq mezga.

6. Pivo ko’pchitish korxonalarida hosil bo’lgan chiqindilar: kartoshka-donli xomashyodan quritilgan kuyka, quritilgan mayza (solod) nishi va pivo drobinasi.

Gidroliz sanoati mahsulotlari-ozuqabop quruq achitqilar.

Hayvonlardan kelib chiqadigan ozuqalar: go’sht uni, go’sht suyagi uni, qon uni, kit, baliq unlari va jizza uni.

Pichan, somon, pichan uni, vitaminli o’t uni, xvoy daraxtidan ishlab chiqariladigan unlar.

Mineral ozuqalar: osh tuzi, bo’r, suyak uni, ohak, travertinovaya uni, malyuska chig’anoqlari tabaqasi uni, mikrodozalardagi ba’zi elementlari turlari.

Boshqa ozuqa mahsulotlari: quruq qaymog’i olingan sut, kaznin, quruq kartoshka, dub yong’og’i, tutli ipak o’rami g’umbaklari, mochevina va boshqalar.

Omuxta yemning xossalari uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan belgilanadi. Asosiy sifat ko’rsatkich bo’lib, komponentlarning biologik ta’siri -uning ozuqaviyligi hisoblanadi. Biroq omuxta yem zavodlarining loyihalovchilari, jixoz konstruktorlari, ishchilari xom ashyoning fizik-kimyoviy xossalarini ham e’tiborga olishlari kerak. Texnologik transport, jixozlar qayta ishlanadigan to’liq xom ashyoni kerakli miqdorda tayyorlashni ta’minlashi lozim. Texnik jarayonning sozligi esa yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. Xom ashyo va mahsulotning sifati saqlash jarayonida pasaymasligi kerak. Bunga xom ashyo va tayyor mahsulotning texnologik xossalari hisobga olingan holda erishildi.

Barcha turdagi xom ashyolar xilma-xil fizik-kimyoviy va strukturali-mexaniq xossalarga ega. Biroq xom ashyoni ikki guruhga ajratish mumkin: sochiluvchan va suyuq komponentlar. Omuxta-em ishlab chiqarish uchun taklif qilinayotgan har bir yangi komponent joriy texnologiya talablariga mos kelishi yoki sun’iy tarzda unga olib kelishi darkor. Masalan, quritish, granulalash orqali. Zaruriyat tug’ilganda uni qabo’l qilish uchun mahsus texnologiya yoki texnologik liniya ishlab chiqiladi.

2.Sochiluvchan xom ashyoning texnologik xossalarini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlar, bu zarrachalar kattaligi, strukturali-mexaniq xususiyatlar, hajmiy og’irlik, bo’shliligi, aerodinamik xossalari, tabiiy og’ish burchagi, qovushqoqlik va h.k.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling