2. Omixta-em xom ashyosi turlari.
Omuxta-em, oqsil vitaminli qo’shimchalar, premiks, karbomid kontsentratlari ishlab chiqarishda turli xil xom ashyolar, komponentlar, qo’shilmalar, shuningdek biologik aktiv moddalardan foydalaniladi. Omixta-em ishlab chiqarishi xom ashyolarning quyidagi asosiy turlari mavjud.
Omixta yem fizik xossalari bo’yicha quyidagi turlarga ajraladi: sochiluvchan, briketlangan, donador va galetko’rinishidagi yemlar.
Sochiluvchan omixta yem yetarlicha bir xil maydalangan mahsulotdir. Uni ishlab chiqarishda ingrediyentlar begona aralashmalardan tozalanib, qobiqsizlantiriladi va maydalaniladi. Tayyorlanadigan ingrediyentlar me’yorlagich va aralashtirgichdan o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |