Mineral xomashyolar, mikroelementlar. Karbamid va
karbamid kontsentrati.
Mineral moddalar oziqlanishi uchun juda zarur bo’lib ularning yetishmasligi tufayli hayvon organizmining me’yoriy hayot faoliyati ta’minlab bo’lmaydi.
Agar tabiiy yemlar bilan qishloq xo’jalik hayvonlarining mineral moddalarga bo’lgan talabi qondirilmasa, u holda mineralli ozuqalar qo’llaniladi.
Hozirgi paytda oddiy murakkab mineral aralashmalar keng qo’llaniladi, qaysiki ular hayvon ratsionidagi mineral moddalar miqdorini e’tiborga olgan holda tuziladi.
Mineral ozuqa sifatida osh tuzi, bur travertii uni, molyuska chig’anog’i yormasi va uni, ohak, suyak uni qo’llaniladi. Ba’zan mineral qo’shimchalarga va omuxta yemga kobalt tuzi, yod, marganets, rux tuzlari va boshqalar qo’shiladi. Bu moddalar sezilarsiz miqdorda olinadi. Biroq ularning ahamiyati katta, shu sababli bu mineral elementlar vitaminlar, fermentlar tarkibiga kiradi va hayvon organizmida moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |