Kuchli bug’doy doni I gruhdan past bo’lmagan, miqdori esa kamida 28% bo’lgan ho’l kleykovinaga ega bo’lishi lozim. Ho’l kleykovinaning sifati elastiklik xususiyatlari bilan baholanadi.
O’rta namunadan 30....50 g massali don o’lchanmasi ajratilib va uning tarkibidagi buzilgan bug’doy, ifloslantiruvci aralashmalardan tozalanadi. Tozalangan o’lchanma labaratoriya tegirmonchasida maydalanadi.
Agar donning namligi 18% dan yuqori bo’lsa, unda o’lchanmani maydalashdan oldin xona haroratida yoki 50oC haroratga ega bo’lgan termostatda 18% namlikka qadar quritiladi. Maydalangan don yaxshilab aralashtiriladiva undan texnikaviy tarozida 25 g yoki undan koproq o’lchab olinadi. Bunday miqdordagi o’lchanmadan kamida 4 g ho’l kleykovina olsa bo’ladi. O’lchanma chinni kosachaga solinib, uning ustidan harorati 18....200C atrofida bo’lgan suv quyiladi.
Xamir qorish uchun o’lchama og’irligiga bog’liq holda unga qo’shiladigan suv miqdori quidagicha bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |