O’zlashtirish uchun savollar.
1.Yuqori kleykovinali don necha foizdan yuqori boladi?
2.O’rta namunadan necha gramm massali don o’lchanmasi ajratib olinadi?
3.Kleykovina necha hil bo’ladi?
8-Amaliy mashg’ulot Donning shaffofligini aniqlash
Ishdan maqsad: Bug‘doy donining shaffofligni aniqlash uslubini o‘rganish, bug‘doy donining turli konsistensiyalari bilan tanishish.
Asbob va uskunalar: DSZ-2 diafanoskop taxlil taxtasi, tig‘ (skal’pel’).
Asosiy tushunchalar. SHaffof bug‘doy doni uchun shoxsimon ichki tuzilish xarakterli bo‘lib, donni kesganda u yaltirab ko‘rinadi. Kesilgan unsimon don esa bir bo‘lagini yuzasini eslatadi. Bug‘doy, sholi, qisman arpa, javdar va makkajo‘xori uchun don mag‘zi (epdospermi) ning ichki tuzilishi katta ahamiyatga ega. Bug‘doy doni shaffof-to‘la shaffof mag‘izli, unsimon-to‘la unsimon mag‘izli va qisman shaffof-qisman unsimon yoki kisman shaffof mag‘izli bo‘lishi mumkin. Laboratoriya taxlillari vaqtida donning umumiy shaffofligi aniqlanadi. Umumiy shaffoflik deganda to‘la shaffof donlar bilan qisman shaffof donlar yarmisining yig‘indisi tushuniladi. SHaffoflik bug‘doy donining unboplik va nonvoylik sifat ko‘rsatkichlarini baholashda, xamda sholi, arpa, makkajo‘xori, javdar donlarining sifatini baholashda ahamiyati kattadir.
Standart bo‘yicha shaffoflik ikki usulda aniqlanadi:
1. Kasseta va xisoblagichi bo‘lgan DSZ-2 diafanoskopi yordamida;
2. Kesilgan don bo‘yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |